➢
Account- tarmoqdagi raqamingiz Sizga ma’lumotlar va fayllar
bilan ishlashga imkon
beradi.
➢
Address- internet faylidagi yoki joylardagi Sizni aniqlab beradigan simvollar ketma-
ketligi. Masalan: inform@net.uz
➢
AFS-hisoblash tarmog‘ining boshqa kompyuterlaridagi fayllarni o‘z faylidek ishlatishga
imkon beradigan protokollar majmuasi.
➢
Alta Vista-internetdagi eng ko‘p ishlatiladigan va ommabop ma’lumot qidiruv sistemasi.
➢
Aport-ma’lumot qidiruv sistemasi.
➢
ARJ- arxivator tomonidan hosil qilingan arxiv fayl.
➢
Archie- fayllarning joylashishini aniqlab beradigan qidiruv sistemasi.
Bu dastur
tarmoqdagi fayllar orasidagi ma’lum ko‘rinishdagilarini tanlab, ma’lumotlar bazasini
tuzish va uni ma’lum bir ma’noda qayta ishlashga imkon yaratishi mumkin... va hakazo.
➢
banner-xizmat yoki mahsulotni reklama qiluvchi matnli yoki tasvirli giperko‘rsatma.
➢
baud- ma’lumotlar uzatish jarayonidagi muhit xususiyatlarining
sekundiga qancha
o‘zgarishini ko‘rsatib beruvchi kattalik bo‘lib, axborot uzatilish tezligini aniqlab beradi.
Masalan: 2400 bodli modem telefon liniyasi bo‘ylab sekundiga 2400 marta yuborilayotgan
signalni bildiradi. Bitlarda o‘lchangan ma’lumot uzatish tezligi bodlarda o‘lchanganidan
birmuncha farq qilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: