4 Ma'ruza Markaziy nerv tizimi
Limbik tizilma (gumbaz) bazal yadrolar va
Download 166.32 Kb. Pdf ko'rish
|
асаб
Limbik tizilma (gumbaz) bazal yadrolar va
yarimsharlar fiziologiyasi. Limbik tizilmaga (lotincha limbus - kayma, jiyak, hoshiya) eng eski po’stloq - paleokorteks va eski po’stloq - arxeokortekslar (asosiy qismini gippokamp tashkil qiladi) kiradi. Po’stloq osti (paleokorteks va arxeokortekslar birgalikda allokorteks deb yuritiladi) yadrolaridan bu tizilmaga yana murtak yoki bodomsimon kompleks hamda miya devori yadrolari kiradi. Bu tizilmaga kiradigan barcha markazlar bosh miyaning turli qismlari bilan ikki tomonlama va o’zaro mustahkam aloqaga ega. Uning murakkab tuzilishi yangi po’stloq bilan miya sopi orasida funksiyalar integratsiyasida qatnashishini taqozo qiladi. Ko’p yillar davomida allokorteks faqat hid bilish bilan bog’liq degan tushuncha hukm surgan (hidlov miyasi). Lekin amerikalik nevropatolog D.Papes (1937) uning tug’ma hissiy holatlar va hissiy holatlarning yuzaga kelishida ishtirok qilishini isbotladi. P.Mak-Lin (amerikalik olim, 1952) esa limbik tizilmaning gomeostazni bir xil saqlashdagi ahamiyatini ochdi. Shundan keyin limbik tizilma yadrolari kuchsiz elektr toki bilan qitiqlanganida yurak harakati ritmikasi, nafas olish, tomirlar tonusi o’zgarishini ko’rsatdi. Yana so’lak ajralishi, yutinish, siydik pufagi faoliyatining ham bu yadrolar faoliyatiga bog’liqligi isbotlandi. Murtak yoki bodomsimon kompleks uzoq vaqt (60 minut) qitiqlansa, maymun qonida kortikosteroidlarni ko’paytirar ekan. Hissiyot ham bu tizilmaga bog’liq bo’lib, undagi yadrolarning qitiqlanishi jahldorlikni, tajovuzkorlikni yumshatar ekan. Bunday maymunlarda giperorganizm kuchayadi (og’izga nima to’g’ri kelsa olish). Bu tizilmaning chekka qismlari olib tashlansa giperseksualnost kuchayishi, gippokamp esa xotiraning pasayib yaqin oradagi voqyealarni esdan chiqarish hollari kuzatiladi. Hayvonlarda gippokamp olib tashlanishi shartli reflekslar hosil bo’lishini kuchsizlantiradi, ichki tormozlanishni susaytirib yuboradi. Bazal yadrolarga oldingi miya oq moddasiga botib kirgan duksimon yadro va yasmiqsimon yadrolar kiradi. Bu yadrolar filogenistik va funksional jihatdan ikkiga bo’linadi (polistriatum va neostriatum). Polistriatum oq shardan, neostriatum esa duksimon yadro va striatumdan iborat. Bazal yadrolar harakatlarning boshqarilishida va sensomotor koordinatsiyada qatnashadi. Shuning uchun bu yadrolar ishdan chiqsa Parkinson kasalligi yuzaga keladi (qo’l, oyoq qaltirashi, erkin harakat qilmaslik, erkin gapira olmaslik). Download 166.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling