4 Ma'ruza Markaziy nerv tizimi


Ta'm sezuvchi va yutinish reflekslari


Download 166.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana27.12.2022
Hajmi166.32 Kb.
#1068234
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
асаб

Ta'm sezuvchi va yutinish reflekslari. Keyingi miya yadrolari tomonidan 
amalga oshiriladigan ikkinchi gruppa harakat reflekslari bu ovqatni og’izga qabul 
qilish, chaynash reflekslaridir. Ular bir-birini bilan juda bog’liq, birining boshlanishi 
ikkinchisini chaqiradi (uchlamchi, til-tomoq, qo’shimcha til osti nervlarining 
harakat markazlari ishtirok qiladi). Bu reflekslarning (yutinish) yuzaga kelishi og’iz 
shilliq qavati hamda til asosidagi retseptorlarning qitiqlanishidan boshlanadi, biri 
ikkinchisini chaqiradi (bir necha marta tez-tez yutinish mumkin emas, chunki til 
asosini so’lak qitiqlashi kerak). 
Yutinish reflekslarining yuzaga kelishida me'da sezish reflekslari ham juda 
muhim. Uning mexanizmi juda murakkab. 
Eshitish reflekslari. Keyingi miyada yana eshitishni amalga oshiruvchi 
markazlar (Kaxlear markazlar) joylashgan. Eshitish retseptorlari ichki quloq 
chig’anog’ining Kortiev organida joylashgan va eshitish organlarida tovush qabul 
qilish sistemasi tebranishi bilan ishga tushadi. 


 
Miya sopi retikulyar formatsiyasining funksiyalari. 
U uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi hamda o’rta miyani qoplagan. Unda juda 
ko’p murakkab tuzilishli neyronlar, ularning yuqoriga va pastga tushadigan 
aksonlari, orqa miya, miya oldingi bo’laklari hamda miyachadan keladigan 
impulslarni qabul qiladigan dendritlar bor. U o’z ta'sirini bosh miya yuqori 
qismlariga, orqa miyaga yuboradi. Retikulyar formatsiyaning nafas olish va tomir 
harakatidagi ahamiyati o’tgan asrda o’rganilgan bo’lsa, umumiy harakat 
funksiyasiga va miya yarimsharlari funksiyasiga ta'siri yaqin yillardan beri 
o’rganilmoqda. 
Nafas olish markazi. 4 - miya qorinchasining dum qismida (uzunchoq miya) 
joylashgan nafas olish markaz tarkibida miya stvoli RF elementlari ham bor. Uning 
buzilishi nafas olishni to’xtab qolishiga olib keladi. N.A.Maslovkiy (1885) 
tekshirishlaridan keyin bu markaz ikki qismdan, ya'ni ekspirator (nafas chiqarish), 
inspirator (nafas olish) qismlaridan iboratligi ma'lum bo’ladi. Bularning qay biri 
qitiqlansa (ma'lum elektrod bilan) nafas olish o’sha vaziyatda (nafas olish yoki 
chiqarishda) to’xtab qoladi. Nafas olishga ta'sir qiluvchi motoneyronlar o’z 
impulslarini qaerga yuborishiga qarab ikkiga bo’linadi. Ya'ni diafragma muskuli va 
qobirg’alararo tashqi muskullar impuls olib qisqarganda nafas olish, qabirg’alararo 
tashqi muskullar esa nafas chiqarishni yuzaga keltiradi. Eslatilgan markazlarning 
ritmik holda ishlab turishi ulardagi nerv hujayralari membranasining birin-ketin 
depolyarizatsiyalanishidir. Nafas chiqarishda ekspirator hujayra membranasi 
depolyarizatsiyalanadi. Nafas olishda esa inspirator hujayralar membranasi 
depolyarizatsiyalanadi. 
Nafas olish markazlarining qitiqlanishi qon tarkibida SO
2
konsentratsiyasiga 
bog’liq, u ko’paysa nafas olish tezlashadi. Agar qonda SO
2
miqdori kamayib ketsa 
nafas olish tezlashmas ekan, demak asosiy tezlatish SO
2
tomonidan bajariladi. 
Shuning uchun ham nafas olish uchun ishlatiladigan kislorodga qisman SO

qo’shiladi. 
Nafas olish va chiqarish markazlariga eng faol ta'sir ko’rsatuvchi impulslar 
nafas yo’llarida joylashgan (o’pka, traxeya, bronxlar va hokazo) retseptorlardan 
olinadi. Yana unga qon tomirlar tonusini oshishi va yurak ishining kuchayishi ham 
ta'sir qilib nafas olishni tezlatadi. Agar bu faoliyat sekinlashsa nafas olish harakatlari 
ham pasayadi. Nafas olishga yana ko’pgina nospetsifik omillar ta'sir qiladi (sovuq 
suvda nafas chiqarish tormozlanadi), yutinish payti nafas olish tormozlanadi, u 
biologik ahamiyatga ega. Hissiyot (yig’lash, kulish) nafas olishga kuchli ta'sir qiladi. 
Orqa miyada ham nafas olish markazlari bor, lekin ular faqat o’zlariga yuqoridan 
tushgan impulslarni realizatsiya qiladi, o’zlari nafas olishni avtomatik holda 
boshqara olmaydi. 



Download 166.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling