4 Ma'ruza Markaziy nerv tizimi


Download 166.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana27.12.2022
Hajmi166.32 Kb.
#1068234
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
асаб



4 - Ma'ruza 
Markaziy nerv tizimi 
Orqa miya. 
Uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigi. 
O‘rta miya funksiyalari..
Miyachaning funksiyalari.
Oraliq miya funksiyalari.
Bazal gangliyalari.
Bosh miyaning tuzilishi va funksiyalari.
Orqa miya MNS ning filogenestik eng qadimgi bo’limi hisoblanadi. Orqa 
miyadan ikki xil, ya'ni ventral (oldingi, harakatlantiruvchi) va dorsal (keyingi 
sezuvchi) ildizlar chiqadi. Lansetnikda u primitiv holda butun tana bo’ylab ketgan 
nayni eslatadi. Lekin lansetnikda orqa miyada differensiallashmagan sezuvchi nerv 
hujayralari ochilib joylangan. Faqat yumaloq og’izlilarga kelib orqa miya kulrang 
va oq moddalarga bo’linadi. Qismlarga bo’linmaydi. Baliqlarga kelib esa kulrang va 
oq moddalar aniq chegaralanadi. Nerv tolalari mielin po’sti bilan qoplanadi. Orqa 
miyaning differensiallanishi hayvonot dunyosining taraqqiy qilishi bilan davom 
etadi. Sut emizuvchilarda uning bo’yi, yo’g’onligi, nerv tolalari soni, funksiyasi
umurtqa pog’onasining soni, dum va oyoq-qo’llarning bor-yo’qligi bilan 
belgilanadi. 
Odamda orqa miya quyidagi sigmentlardan iborat: 8 ta bo’yin - S (I-VIII), 12 
ta ko’krak - Th (I-VII), 5 ta bel - L (I-V), 5 ta dumg’aza - S (I-V), 1-3 ta dum - So 
(I-III). Bu sigmentlarga tana ko’ndalang-targ’il muskullariga boradigan va keladigan 
nerv tolalari (sezuvchi, harakat qiluvchi) (bosh qismni innervatsiya qiladiganlaridan 
tashqari), barcha simpatik nerv markazlari, qisman parasimpatik nerv markazlari 
joylashgan. Bella Majandi tajribasi (shotlandiyalik fiziolog Charlz Bell (1811), 
fransuz fiziologi Fransua Majandi (1822) bu ixtironi mustaqil ravishda amalga 
oshirgan. 
Har xil hayvonlarda ventral va dorsal shoxlardan chiqadigan va kiradigan nerv 
tolalarning soni farq qiladi, mushuklarning bel sigmentlarida 12 mingta sezuvchi 
(dorsal) va 6 mingta harakatga keltiruvchi (ventral) nerv tolalari mavjud (sababi 
umumiy oxirgi yo’l - Ch. Sherrington bo’yicha). Orqa miya funksiyasini o’rganishda 
ikki usul mavjud: uni bosh miyadan ajratib kesish va elektrofiziologik tekshirish 
usullari (mikro va makroelektrodlar yordamida). Orqa miya sezuvchi nerv 
hujayralari asosan undan yuqorida joylashgan, qisman (skelet muskullariniki) spinal 
gangliyalarda ham mavjud. Sezuvchi nerv tolalari uch xil bo’ladi: A, V, va S. A tola 
diametri - 8-22 mkm, tezlik - 12-20 m/sek, harorat, bosim og’riqni sezadi; V tola 
o’rtacha yo’g’onlikka ega, tezlik - 3-14 m/sek, og’riqni sezadi; S tola, yo’g’onligi 2 


mkm, tezlik 2 m/sek, og’riq, xemo va bosimni sezadi. A, V tolalar mielinli, S tola 
mielinsiz. 
Odam orqa miyasida jami 13 mln nerv hujayrasi bor, shulardan 3 % 
motoneyron yoki haroratga keltiruvchi, 97 % esa oraliq yoki interneyronlardir. 
Orqa miya reflektor funksiyasini batafsil o’rgangan Nobel mukofoti laureati 
Ch. Sherringtondir (1859-1952). Reflekslarni amalga oshirish orqa miya kulrang 
qismining ishidir. Orqa miyada barcha harakat reflekslarining markazlari (bosh 
muskullaridan 
tashqari), 
siydik-tanosil 
organlari 
faoliyati 
markazi, 
termoregulyasiya, moddalar almashinuvi, qon tomirlari reflekslarining markazlari, 
diafragma pardasi faoliyat markazlari va boshqalar mavjud. Orqa miya orqali sodir 
bo’ladigan reflekslar kuchi uning bosh miya bilan bog’liqlik darajasi bilan 
o’lchanadi. Detserebratsiya (bosh miyaning olib tashlanishi) ko’pgina reflekslarni 
kuchsizlantirib hatti-harakatlarni noaniq qilib qo’ydi. Yana shu narsa muhimki, orqa 
miya reflekslarining bunday o’zgarishi organizm evolyusion taraqqiyot darajasiga 
bog’liq, masalan, orqa miyasiz baqa harakat qilib yuradi, suvda suzadi, lekin spinal 
it mustaqil harakat qila olmaydi. Orqa miya reflekslari ikki xil reflektor yoy orqali, 
ya'ni monosimpatik (bir sinapsli) va polisinaptik (ko’p sinapsli) bo’lishi mumkin. 
Monosimpatik reflekslarga - tizza refleksi kiradi. Cho’zilish refleksi, yig’ib olish 
reflekslari, antogonist reflekslar tufayli organizm ma'lum qaddi-qomatga ega 
bo’ladi. 
Orqa miyaning o’tkazuvchanlik funksiyasi undagi nerv tolalaridan iborat oq 
moddalar ishidir. O’tkazuvchi yo’l bir xil vazifani bajaruvchi (afferent va efferent) 
nerv majmuasidir. Bu tolalar funksional xususiyatiga ko’ra assotsiativ, komissural 
va proeksion tolalarga bo’linadi. Assotsiativ tolalar orqa miya turli qismlarini bir 
tomonlama bog’laydi, komissural tolalar bir xil funksiya bajaruvchi lekin orqa 
miyaning turli qismlarida joylashgan bo’limlarni bog’laydi, proeksion tolalar esa 
orqa miyani bosh miya qismlari bilan bog’laydi. Bu tolalar tepaga ko’tariluvchi 
(afferent) va pastga tushuvchi (efferent) bog’lamlarga bo’linadi. 
Tepaga ko’tariluvchi ekstro, intero, proprioretseptiv tolalardan iborat bo’lib, 
ularga ingichka (Gol) bog’lam, ponasimon (Burdak) bog’lam, lateral va ventral 
spinotalamik trakt (yo’l), dorsal va ventral, spino-miyacha trakti (yo’li) kiradi. 
Ingichka va ponasimon bog’lamlar tananing kaudal (pastki) va ko’krak 
qismlaridan impulslarni uzunchoq miyadagi Gol va Burdak markazlariga olib boradi 
va o’sha yerdan ikkinchi neyron boshlanadi. Undan davom etgan tola chalkashib 
(prekritivatsiya) talamusgacha chiqadi. Bu yerdan uchinchi neyron boshlanadi va 
miya po’stlog’ining to’rtinchi qavatigacha chiqadi. Lateral spinotalamik yo’ldan 
og’riq va haroratni sezuvchi tolalar chiqsa, ventral, spinotalamik yo’ldan taktil sezgi 
tolalari chiqadi. 


Pastga tushuvchi tolalar bog’lami MNS ning yuqori qismi bilan orqa miya 
qismlarini bir-biriga bog’lab turadi, ularga asosan piramidali, rubrospinal, 
vestibulospinal va retikulospinal bog’lamlar kiradi. Piramidali bog’lamdan ixtiyoriy 
harakatlarni bajarish uchun impulslar o’tadi. Rubrospinal tolalar muskullar tonusini 
yaxshilab turadi, muskul faoliyatini ixtiyorsiz boshqarib turadi. Vestibulospinal 
yo’ldan tana muskullari tonusini va tana vaziyatini saqlovchi impulslar o’tib turadi. 

Download 166.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling