4 Ma'ruza Markaziy nerv tizimi


Download 166.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana27.12.2022
Hajmi166.32 Kb.
#1068234
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
асаб

Oraliq miya 
Oraliq miya miya sopining bir qismi bo’lib, ko’ruv do’mbog’i yoki talamus, 
epitalamus (do’mboq usti) va gipotalamus (do’mboq osti) lardan iborat. Katta 
yarimsharlarga boradigan barcha afferent yo’llar (hidlov yo’lidan tashqari) talamus 
orqali o’tadi, shuning uchun uni miya kollektori ham deyiladi. Talamusda 40 ga 
yaqin nerv yadrolari bo’lib, ular funksional jihatdan spetsifik, nospetsifik, assotsiativ 
va motor yadrolarga bo’linadi. Spetsifik yoki proeksion yadrolar miya po’stlog’idagi 
muayyan sohalar bilan sinaptik bog’langan, ulardan qaysi biri buzilsa, tegishli 
efferent sezgining tamoman yo’qolishiga olib keladi. Ya'ni bu yadrolar periferik 
retseptorlardan boradigan impulslarni miya po’stlog’iga o’tkazadigan oraliq (bekat) 
stansiyalardir. Ularga faqat bir xil turdagi retseptorlardan impulslar keladi. Spetsifik 
yadrolarda esktroretseptorlardan va harakat apparatidan tashqari yana ichki 
organlardan keladigan efferent yo’llarning proeksiyalari bor, bu elektrofiziologik 
tekshirishlar tufayli aniqlandi. Bu holat talamusning visseral funksiyalarni idora 
qilishda ham qatnashishini ko’rsatadi. 
Nospetsifik yadrolar miya sopi retikulyar formatsiyasi bilan bog’liq, ya'ni 
undan keladigan yo’l shu yadrolar orqali o’tib po’stloqda keng tarqalgan bo’ladi 
(muayyan nuqtalarda emas) va po’stloqning elektr faolligi va qo’zg’aluvchanligini 
boshqarishda qatnashadi. 
Assotsiativ yadrolar spetsifik yadrolarga o’xshab bir turdagi retseptorlardan 
impulslar olib qolmasdan, balki bir yo’la bir nechta sezgi organlaridan impulslar 
oladi, ularning funksiyasi to’liq o’rganilmagan.
Motor yadrolarga miyacha va bazal tugunlardan tolalar keladi va chiqadigan 
tolalar po’stloqdagi oliy harakat markazlarigacha boradi. Ular harakatni boshqarib 
boradi. Epitalamus aytilganidek, do’mboq ustki qismi bo’lib, unga qadoqsimon tana 
(mozolistoe telo) tagidagi gumbaz va ichki sekretsiya bezi - epifiz kiradi. 


Gipotalamus filogenistik jihatdan oraliq miyaning eng qadimgi qismi 
hisoblanadi va u organizm ichki muhitini bir xil saqlashda hamda endokrin, 
vegetativ va somatik tizimlar funksiyasining integratsiyasida (birlashishida) muhim 
rol o’ynaydi. Uning kulrang moddasida ko’pgina hayotiy markazlarga daxldor 5 
guruh yadrolar bor (preoptik, oldingi, o’rta, tashqi va keyingi yadrolar). Gipotalamus 
bosh miyaning turli qismlari bilan murakkab aloqaga ega va funksional jihatdan juda 
muhim markazlarga ega. 
Gipotalamusning keyingi va lateral qismlari elektr toki bilan qitiqlanilsa 
aynan simpatik nerv qitiqlanganidek effekt kuzatiladi, ya'ni ko’z qorachig’i 
kengayadi, qon bosimi oshadi, yurak urishi chastotasi oshadi, ichaklar peristaltikasi 
to’xtaydi va hokazo. Shuning uchun ham gipotalamusning bu sohasi ergotrop, ya'ni 
oliy simpatik markazlar joylashgan bo’lim deb hisoblangan. Uning oldingi va 
preoptik qismlari qitiqlanganida parasimpatik effekt kuzatilgan va uni trofotrop soha 
deb yuritishgan. Lekin keyingi tekshirishlar gipotalamusda bunday oliy simpatik va 
parasimpatik markazlarni aynan ajratish mumkin emasligini, ya'ni uning oldingi va 
keyingi qismidagi markazlar qitiqlansa ham bir xil effekt olinishini (qon 
tomirlarining torayishi va boshqalar) ko’rsatdi. Qon aylanishining bulbar (uzunchoq 
miyadagi markazlar bilan) boshqarilishida aortada qon bosimining oshishi o’z-
o’zidan bulbar mexanizmi ishga solib, tomirlar kengayib, yurak sekin urib qon 
bosimini pasayishi kuzatilsa, gipotalamus orqali gemodinamikada bo’ladigan 
o’zgarishlar organizm yoki organlar holatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, muskul ishi 
payti muskullarda, ovqat hazm qilinishida esa oshqozon-ichaklarda bosim oshadi va 
hokoao. Bundan tashqari u nafaqat qon aylanishini, balki ichki a'zolar faoliyatini 
ham organizm faolligiga moslashtirib turadi. 
Laboratoriya sharoitida olib borilgan tekshirishlar gipotalamusning tana 
haroratini bir xil saqlashda faol qatnashishini ko’rsatadi. Masalan, gipotalamusdagi 
keyingi qism alohida olib qitiqlansa moddalar almashinuvi kuchayib, yurak urishi 
tezlashadi, muskullarda qaltirash paydo bo’ladi va natijada tana harorati ko’tariladi. 
Agar bu markazlar buzib tashlansa tananing tegishli issiqlik ajratib turish holati 
to’xtaydi va harorat pasayib ketadi. Agar mushuklarda bosh miyaning o’rta miyadan 
yuqori qismi kesib tashlansa, ular sovuq qonli hayvon singari tana haroratini muhit 
haroratiga qarab o’zgartiradi. 
Gipotalamusdagi oldingi qism yadrolari ham termoregulyasiyada faol 
qatnashadi, ular tanadan issiqlik ajralishini integratsiya qiladi. Ular alohida olib 
qitiqlanilsa, teridagi qon tomirlari kengayadi, ter suyuqligi ajralishi va nafas olish 
tezlashadi. Bu markazlar umuman buzib tashlanganida esa tana harorati oshib ketadi 
(gipertermiya). Gipotalamusning bu qismida maxsus issiqlik neyronlari topilgan, 
ular qon haroratiga ko’ra umumiy tana issiqligini bir xil saqlaydi. 



Download 166.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling