4 Ma'ruza Markaziy nerv tizimi


Qon tomirlari tonusi markazi


Download 166.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana27.12.2022
Hajmi166.32 Kb.
#1068234
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
асаб

Qon tomirlari tonusi markazi. Retikulyar formatsiyaning ikkinchi muhim 
funksiyasi bu yurak qon tomirlar sistemasidir. Orqa miya uzunchoq miya orasidan 
kesilsa qon tomirlari kengayib, qon bosimi tushib, yurak faoliyati kuchsizlanadi 
(kollaps). Kesish chizig’i uzunchoq miyadan yuqorida o’tkazilsa, bunday hol 
kuzatilmaydi. Mikroelektrodlar bilar bir xil markazlar (IV qorincha tubida) 
qitiqlansa qon tomiri torayib, qon bosimi oshadi (toraytiruvchi markaz). Qon 
tomirlari tonusini idora qiluvchi markazlar ham qon ximiyaviy tarkibiga juda sezgir 
(qon bosimining oshishi, kamayishi) aorta, katta arteriya qon tomirlari, vena qon 
tomirlar, xemo- va mexanoretseptorlarga juda boy, ulardan efferent tolalar adashgan 
va til-tomoq nervi bilan uzunchoq miyaga ko’tariladi. 
RF ning nospetsifik ta'sirlari. Amerikalik neyrofiziolog X.Magsun va 
italiyalik neyrofiziolog Dj. Morutsi miya ostidagi retikulyar formatsiya nerv 
yadrolari qitiqlanganida ham orqa miya, ham bosh miya faoliyatida kuchli faollanish 
yoki tormozlanish bo’lishini aniqladi. Bu neyrofiziologiyada katta yutuqlarga olib 
keldi.
RF orqa miyadagi barcha harakat reflekslariga, yarimsharlardagi po’stloq 
faoliyatiga kuchli ta'sir qiladi. Miya sopidan miya yarimsharlarining ko’tariluvchi 
RF 
nervlari 
kesilsa 
hayvon 
doim 
uyquda 
bo’ladi. 
RF 
miya 
elektroensefalogrammasini desinxronizatsiya holatiga olib keladi. RF qitiqlanganida 
yana miya po’stlog’ida ikkilamchi javob (VO) paydo bo’ladi. 
RF ning miya yarimsharlari po’stlog’iga ta'sir etishi gumoral omillarga juda 
sezgir, markaz va uyquga keltiruvchi moddalar nerv tizimida RF dan boradigan 
impulslarni tormozlanish orqali ta'sir etishi mumkin. 
Miyacha va uning funksiyasi. 
Agar miya sopida kulrang modda ichkarida (o’rtada) bo’lib, uning ustini oq 
modda o’rab olgan bo’lsa, miyachada buning teskarisi kuzatiladi va yana kulrang 
modda buklanib-buklanib joylashadi (egatlarga ega). 
Miyachani o’rganish ancha oldin boshlangan, sababi u miya sopi ustida aniq 
ko’rinib turadi, shuning uchun uning bir qismini yoki hammasini osonlik bilan olib 
tashlash mumkin (eng eski va oson usul). Mikro- va makroelektrod texnikasi 
keyinroq paydo bo’ldi (elektrofiziologik metod). Miyachani to’liq olib tashlash turli 
hayvonlarda turlicha natija beradi, masalan, baliqlar muvozanatini yo’qotadi, lekin 
suzgich qanotlar harakati saqlanib qoladi. Amfibiya vakillarida ham shunday natija 
olish mumkin. Demak baliqlar va amfibiyalarda miyacha vestibulyar apparatga xos 
ish bajaradi. Reptiliya va qushlarda bunday operatsiya umumiy muvozanatni 
yo’qotishdan tashqari muskullar tonusini ham buzadi. Demak bularda miyachani 
olib tashlash ham vestibulyar apparat, ham haraakat apparati ishlarining buzilishiga 
olib keladi. Sut emizuvchilarda yuqoridagi holatlardan tashqari ixtiyoriy harakat 


qilish buziladi (dismetriya). Odamda bu holatni birinchi marta (o’tgan asrda) italiya 
fiziologi L.Lyuchiani o’rgangan. Dastlab qaltirash - astaziya paydo bo’ladi, odam 
o’zini vertikal tutib tura olmaydi. Keyin yurish tekis bo’lmaydi, ilon izi bo’ladi - 
ataksiya. Bunday odam ko’zini yumib ko’rsatgich barmog’i bilan burnining uchini 
topa olmaydi. Miyacha olingandan keyin yana atoniya (muskul tonusining 
kuchsizlanishi) va asteniya (tez charchash) kuzatiladi. 
Miyacha yana ichki organlar faoliyatiga ham ta'sir qiladi. U ichki organlar 
qon tomirlari tonusini va qon bilan ta'minlashini o’zgartirishi mumkin. 
Miyachadagi mavjud Purkine nerv hujayralari qitiqlanganida uning faqat 
tormozlovchi ta'sir ko’rsatishi aniqlangan. Shunga ko’ra aytish mumkin miyacha 
orqa miya harakat impulslarini (orqa miyadan tarqaladigan) tormozlab tartibga solib 
turadi. 

Download 166.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling