4 Ma'ruza Markaziy nerv tizimi
Ta'm sezuvchi va yutinish reflekslari
Download 166.32 Kb. Pdf ko'rish
|
асаб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshitish reflekslari.
Ta'm sezuvchi va yutinish reflekslari. Keyingi miya yadrolari tomonidan
amalga oshiriladigan ikkinchi gruppa harakat reflekslari bu ovqatni og’izga qabul qilish, chaynash reflekslaridir. Ular bir-birini bilan juda bog’liq, birining boshlanishi ikkinchisini chaqiradi (uchlamchi, til-tomoq, qo’shimcha til osti nervlarining harakat markazlari ishtirok qiladi). Bu reflekslarning (yutinish) yuzaga kelishi og’iz shilliq qavati hamda til asosidagi retseptorlarning qitiqlanishidan boshlanadi, biri ikkinchisini chaqiradi (bir necha marta tez-tez yutinish mumkin emas, chunki til asosini so’lak qitiqlashi kerak). Yutinish reflekslarining yuzaga kelishida me'da sezish reflekslari ham juda muhim. Uning mexanizmi juda murakkab. Eshitish reflekslari. Keyingi miyada yana eshitishni amalga oshiruvchi markazlar (Kaxlear markazlar) joylashgan. Eshitish retseptorlari ichki quloq chig’anog’ining Kortiev organida joylashgan va eshitish organlarida tovush qabul qilish sistemasi tebranishi bilan ishga tushadi. Miya sopi retikulyar formatsiyasining funksiyalari. U uzunchoq miya, Varoliy ko’prigi hamda o’rta miyani qoplagan. Unda juda ko’p murakkab tuzilishli neyronlar, ularning yuqoriga va pastga tushadigan aksonlari, orqa miya, miya oldingi bo’laklari hamda miyachadan keladigan impulslarni qabul qiladigan dendritlar bor. U o’z ta'sirini bosh miya yuqori qismlariga, orqa miyaga yuboradi. Retikulyar formatsiyaning nafas olish va tomir harakatidagi ahamiyati o’tgan asrda o’rganilgan bo’lsa, umumiy harakat funksiyasiga va miya yarimsharlari funksiyasiga ta'siri yaqin yillardan beri o’rganilmoqda. Nafas olish markazi. 4 - miya qorinchasining dum qismida (uzunchoq miya) joylashgan nafas olish markaz tarkibida miya stvoli RF elementlari ham bor. Uning buzilishi nafas olishni to’xtab qolishiga olib keladi. N.A.Maslovkiy (1885) tekshirishlaridan keyin bu markaz ikki qismdan, ya'ni ekspirator (nafas chiqarish), inspirator (nafas olish) qismlaridan iboratligi ma'lum bo’ladi. Bularning qay biri qitiqlansa (ma'lum elektrod bilan) nafas olish o’sha vaziyatda (nafas olish yoki chiqarishda) to’xtab qoladi. Nafas olishga ta'sir qiluvchi motoneyronlar o’z impulslarini qaerga yuborishiga qarab ikkiga bo’linadi. Ya'ni diafragma muskuli va qobirg’alararo tashqi muskullar impuls olib qisqarganda nafas olish, qabirg’alararo tashqi muskullar esa nafas chiqarishni yuzaga keltiradi. Eslatilgan markazlarning ritmik holda ishlab turishi ulardagi nerv hujayralari membranasining birin-ketin depolyarizatsiyalanishidir. Nafas chiqarishda ekspirator hujayra membranasi depolyarizatsiyalanadi. Nafas olishda esa inspirator hujayralar membranasi depolyarizatsiyalanadi. Nafas olish markazlarining qitiqlanishi qon tarkibida SO 2 konsentratsiyasiga bog’liq, u ko’paysa nafas olish tezlashadi. Agar qonda SO 2 miqdori kamayib ketsa nafas olish tezlashmas ekan, demak asosiy tezlatish SO 2 tomonidan bajariladi. Shuning uchun ham nafas olish uchun ishlatiladigan kislorodga qisman SO 2 qo’shiladi. Nafas olish va chiqarish markazlariga eng faol ta'sir ko’rsatuvchi impulslar nafas yo’llarida joylashgan (o’pka, traxeya, bronxlar va hokazo) retseptorlardan olinadi. Yana unga qon tomirlar tonusini oshishi va yurak ishining kuchayishi ham ta'sir qilib nafas olishni tezlatadi. Agar bu faoliyat sekinlashsa nafas olish harakatlari ham pasayadi. Nafas olishga yana ko’pgina nospetsifik omillar ta'sir qiladi (sovuq suvda nafas chiqarish tormozlanadi), yutinish payti nafas olish tormozlanadi, u biologik ahamiyatga ega. Hissiyot (yig’lash, kulish) nafas olishga kuchli ta'sir qiladi. Orqa miyada ham nafas olish markazlari bor, lekin ular faqat o’zlariga yuqoridan tushgan impulslarni realizatsiya qiladi, o’zlari nafas olishni avtomatik holda boshqara olmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling