4-ma’ruza Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil qilish va bu jarayonda talabalarning faoliyati Reja


Download 390.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.12.2020
Hajmi390.56 Kb.
#165152
Bog'liq
4-маъруза


4-ma’ruza 

Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil qilish va bu jarayonda talabalarning faoliyati 

 

Reja: 

1.  O‘quv jarayonini tashkil etish 

2.  Universitetning ichki tartib qoidalari  

3.  Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning jamoat ishlaridagi, ilmiy tadqiqot ishlaridagi foaliyati. 

 

O‘quv  jarayonini  tashkil  qilish.  O‘quv  jarayonlarini  tashktl  qilishda  o‘quv  rejasiga 

muvofiq dekanat tomonidan har bir o‘quv semestrida bakalavriat va magistratura uchun dars jadvallari 

tuziladi.  SHu  jadvallarga  asosan  auditoriya  darslari  o‘tiladi,  joriya,  oraliq,  yakuniy  nazoratlari 

o‘tkazilazi. O‘quv jarayonlari “Talim to‘g‘risidgi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga 

tadbiq  etila  boshlaganidan  buyun  o‘tgan  davr  ichida  talim  tizimi  tubdan  islox  qilindi.  Talim  va 

tarbiyaning  mazmuni  o‘zgarib,  uning  sifati  va  samaradorligi  yuqori  darajaga  ko‘tarildi.  Bugungi 

kunda  respublikamiz  oliy  talim  muassasalarida  o‘qitishning  modul  tizimiga  o‘tilmoqda,  yangi 

pedagogik texnologiyalar usullari qo‘llanilmoqda. 

   Bugungi kunda respublikamiz oliy  ta’lim muassasalarida  o‘qitishning  modul  tizimiga 

o‘tilmoqda 

O‘qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YUNESKOning 

Tokiodagi  butun  jaxon  konsepsiyasida  so‘z  yuritilgan  edi.  Modulli  o‘qitishning  mohiyati  –  talaba 

modullar  bilan  ishlash  jarayoni  orqali  o‘quv  maqsadiga  mustaqil  holda  (yoki  ma’lum  darajadagi 

yordam orqali) erishadi. Modulli o‘qitish texnologiyasi majmuali yondoshuvni ifodalaydi. 

Modul – bu o‘kuv materialining mantiqan tugallangan birligi bo‘lib, o‘kuv fanining bir yoki 

bir necha fundamental tushunchalarini o‘rganishga qaratilgandir. 

Fanning  dolzarbligi  –  modulli  o‘kitishda  o‘kuv  dasturlarini  to‘la,  kiskartirilgan  va 

chukurlashtirilgan  tabakalash  orkali,  o‘kitishni  tabakalash  imkoniyati  yaratiladi,  ya’ni  o‘qitishni 

individualashtirish,  yangi  yondashuvlar  va  o‘qitish  usullarini  namoyish  etish,  talabalarning 

fikrlashlarini  kuchaytirish,  talabalarni  muloqotda  faol  va  o‘z  fikrlarini  ifoda  qilishga  o‘rgatish 

mumkin bo‘ladi.  

O‘kitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligi kuyidagi omillarga bog‘lik bo‘ladi: 

- o‘kuv muassasasining moddiy-texnikaviy bazsi darajasi; 

- professor-o‘kituvchilar tarkibining malakaviy darajasi; 

- ko‘zlangan natijalarni baxolash; 

- didaktik materiallar ishlab chikish; 

- natijalarning taxlili va modullarni optimallashtirish. 

SHunday  kilib,  modulli  o‘kitishdan  foydalanib  oliy  malakali  mutaxassisni  tayyorlash 

kuyidagilar asosida ta’minlanadi:  

- o‘kitishning o‘zluksizligi (bunda fanlarni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi); 

-  o‘kitishni  jadallashtirish  (buning  natijasida  informatsiyaning  ko‘p  kismi,  individual  va 

mustakil ishlash paytida, kompyuter tarmoklari orkali o‘zlashtiriladi); 

-  o‘kishni  individuallashtirish  (talaba  o‘z  kobiliyatiga  ko‘ra  bilim  olish  imkoniyatiga  ega 

bo‘ladi). 

Har kaysi o‘quv modulining o‘rganilish maksadlari to‘plami, davlat ta’lim standartlarida aks 

ettirilgan, mutaxassis kadr tayyorlashning bosh maksadini tashkil etadi. 

           Bugungi  ta’lim  jarayonini  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarisiz  tasavvur  etish 

qiyin.  Zero,  yuqori  sur’atlar  bilan  o‘sib  borayotgan  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyalashishga 



interfaol pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali erishiladi. Iqtisodiyotning boshqa 

sohalaridan farqli ravishda, bugun ta’lim jarayonlarini muntazam yangilash talab etilmoqda. 

Ayni vaqtda, Respublika ijtimoiy hayotiga shiddat bilan keng ko‘lamli axborot oqimlari kirib 

kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni taxlil etish,  qayta ishlash, nazariy 

jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga etkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim  tizimi 

oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.  

Bugungi kunda oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy, oliy ta’lim 

dasturlari asosida yuqori, samarali o‘qitishni tashkil kilish davr talabidir. Ta’lim-tarbiya jarayoniga 

pedagogik  texnologiyani  tatbiq  etish  yuqorida  qayd  etilgan  dolzarb  muammoni  ijobiy  hal  etishga 

xizmat qiladi. 

Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quv fanlari, bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy 

talablarida  «ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har 

tomonlama  rivojlangan,  barkamol  shaxsni  shakllantirishga  yo‘naltirilganligini  ta’minlashi 

lozim»ligiga alohida ahamiyat berilgan. Albatta, ushbu qo‘yilgan talablar oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-

tarbiya  jarayonini  yuqori  darajaga  ko‘tarish,  o‘qitishni  yangi  metodlar  asosida  amalga  oshirish, 

talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularda mexnat ko‘nikmalarini shakllantirish, 

kasbga  bo‘lgan  qiziqishini  takomil-lashtirish,  talabalarning  kasbiy  madaniyatini  shakllantirish  va 

bilim darajasini oshirish kabi vazifalarning sifatli darajada bajarishini taqozo etadi. 

 

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni 



bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda.  

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan asosiy vazifalardan biri fan, ta’lim va ishlab 

chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu masala echimida axborot, pedagogik va 

ishlab  chiqarish  texnologiyalari  o‘rtasida  o‘zaro  bog‘liqlik,  muvofiqlik,  bir-birini  to‘ldiruvchanlik 

bo‘lishi  talab  etiladi.  Hozirgi  kunda  har  bir    pedagog  yoki  ishlab  chiqarish  xodimi  axborot  

kommunikatsiya  texnologiyalari  va  texnik  tizimlari  majmuini  puxta  bilishi  taqoza  etilmoqda.  SHu 

bilan bir qatorda pedagog ishlab chiqarishning faol ishtirokchisi, ishlab chiqarish mutaxassisi ham o‘z 

navbatida pedagog vazifasini bajarishi lozim. 

 

Ta’lim  muassasalarida  innovatsion  pedagogik  texnologiyalar  va  o‘qitishning  zamonaviy 



texnik  vositalarini  qo‘llanilishi  kadrlar  sifatiga  salmoqli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Innovatsion  pedagogik 

texnologiyalarni rivojlanishi esa bevosita axborot texnologiyalari rivojiga, ulardan ta’lim beruvchilar 

va oluvchilarning  foydalana bilish  darajasiga bog‘liqdir. Demak, pedagogik texnologiyalarni rivoji  

kadrlar tayyorlash sifatiga, kadrlar sifati esa ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashuviga ta’sir 

ko‘rsatadi. SHu sababli,  pedagogik va ishlab chiqarish texnologiyalari bir-biri bilan o‘zviy bog‘liq 

holda,  axborot  texnologiyalari  rivoji  asosida    takomillashib  borishi,  shuningdek  axborotlar  makoni 

ta’lim va ishlab chiqarish ma’lumotlari bilan boyitilib borilishi zarurdir. 

 

   Interaktiv  o‘qitish  -  talaba  o‘zida  oldin  mujassamlashgan  tajribadan  foydalangan  holda, 



o‘quv jarayonida faol ishtirok etadi, mashg‘ulot davomida shaxsiy rol o‘ynab, yangi tajribalar orttiradi, 

olgan tajribalari asosida darsni tahlil qilib, o‘ziga kerakli muhim materiallarni oladi hamda o‘zining 

kundalik faoliyati bilan bog‘laydi.  

 

Interaktiv so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “inter” – o‘zaro, “act”faoliyat qilmoq ma’nosini 



bildiradi. Interaktivlik, bu o‘zaro munosabatda bo‘lmoq, dialog rejimida o‘qimoq ma’nosini bildiradi. 

SHu sababli interaktiv o‘qitish-dialogli o‘qitish demakdir. Dialog an’anaviy o‘qitish uslublarida ham 

mavjud,  jumladan  “o‘qituvchi-o‘quvchi”,  “o‘qituvchi-o‘quvchilar  guruhi”  ko‘rinishida.  Interaktiv 

o‘qitishda  esa  dialog  “o‘quvchi-o‘quvchi”,  o‘quvchi-o‘quvchilar  guruhi”,  “o‘quvchi-auditoriya”, 

“o‘quvchilar guruhi-auditoriya” (guruhlar prezentatsiyasi), “o‘quvchi-kompyuter” kabi ko‘rinishlarda 

ham bo‘ladi. O‘quvchi ma’ro‘zada faqat “passiv” tinglovchi sifatida emas, balki “aktiv” ishtirokchi 



sifatida  qatnashadi.    Interaktiv  o‘qitish  texnologiyasi  an’anaviy  ma’ro‘za  o‘qish  uslubini  ko‘zda 

tutmaydi  va  shu  bilan  bir  qatorda  ma’ro‘za  darslarini  amaliy  darslarga  qarama-qarshi  qo‘ymaydi. 

Interaktiv    o‘qitishda  ma’ro‘za  va  amaliyot    bir  butun  mashg‘ulotning  qismlari  deb  qaraladi  va  bu  

o‘qituvchi  hamda  talabaning  o‘zaro  ta’siri  hamda  talabalarning  mashg‘ulot  davomida  faol  ishtirok 

etish  darajasi  bilan  belgilanadi.  Ma’lumki,  an’anaviy  ma’ro‘za  darslarida  o‘qituvchi  faolligi 

ta’minlansa,  amaliy  mashg‘ulotlarda  talaba  faolligi  talab  etiladi.  Interaktiv  uslubda  o‘qituvchidan 

mashg‘ulot  davomida  talaba  va  o‘qituvchi  o‘rtasidagi  o‘zaro  ta’sir  darajasining  bir  ko‘rinishidan 

ikkinchisiga mavzuga bog‘liq holda ustamonlik bilan ravon o‘tishi talab etiladi. Interaktiv uslubdagi 

ma’ro‘za darslari jarayonini fan bo‘yicha mavzuning maqsad va vazifasi hamda ta’lim oluvchilarning 

ehtiyojiga bog‘liq holda taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin: 

 

 

 



O‘qitishning  interaktiv  uslublari  deyilganda  birinchi  navbatda  talabaning  o‘quv  jarayonini 

faol  ishtirokchisiga  aylantirishga  qaratilgan  innovatsion    pedagogik  uslublar  majmui  va  texnik 

vositalar tizimi tushuniladi. Interaktiv uslubdagi mashg‘ulotda talaba berilayotgan ma’lumotlarni 

tinglashi, o‘qishi, ko‘rishi, yozib borishi, mavzu bo‘yicha savollar berishi, o‘z fikrini erkin bayon 

etishi, amaliy topshiriqlarni bajarishi va o‘zining hayotiy tajribasi bilan bog‘lab, mavzu bo‘yicha 

nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishi lozim.  

 

Qo‘yida  fanlarni  o‘qitishda  maruza,  amaliy,  labaratoriya,  seminar  mashg‘ulotlari  uchun 



o‘qitishda qo‘llaniladigan nteraktiv uslublarini ayrimlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiramiz: 

MUHOKAMA-MUNOZARA. 

 

Bu interaktiv o‘qitishning eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi va talabalarning ushbu mavzu 



bo‘yicha turli xil bilim darajasi va tajribalari asosida o‘rganiladigan masalaga qanday yondoshishi 

ko‘zda  tutiladi.  Bunda  o‘qituvchi  muhokama  uchun  muammoli  savolni  yoki  hayotdagi  aniq  bir 

vaziyatni  

belgilab,  o‘rtaga  tashlaydi.  Talabalarni  esa  mavzudan  chetga  chiqishlariga  yoki  ayrim  faol 

talabalarni  etakchi  bo‘lib,  faqat  ular  fikr  bildirishlariga  yo‘l  qo‘ymaydi,  mumkin  qadar  barcha 

talabalarning faol ishtirok etishlariga ahamiyat beradi, talabalarni bir-birini fikrlariga hurmatsizlik 



Интерактив усуллар орқали. (Дарс машғулоти 80 минут) 

Мавзуни ўқиб, 

оғзаки тушунтириш 

15-20 мин 

Амалий машғулот 

шаклида ташкил  этиш- 

20-25 мин 

Муаммоли саволларни  

биргаликда муҳокама қилиш, 

хулосалаш 30-35мин 

Талабанинг вазифалари 

Кўпроқ маълумотларни 

эслаб қолиши ёки ёзиб 

олиши 


Олган маълумотлар  

моҳиятини тушуниш 

етиши керак 

Энг муҳим ибораларга 

аҳамият бериш 

1.2 расм. Интерактив услубда машғулотлар нисбати 

 


bilan  qarashlariga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Muhokama  oxirida  o‘qituvchi  fikrlarni  umumlashtirib,  o‘z 

fikrini nazariy va amaliy isbotlab bayon etadi.  



AQLIY HUJUM. 

 

Aqliy  hujum    uslubini  birinchi  bo‘lib  bundan  bir  necha  o‘n  yillar  oldin  F.Osborn  Aleks 



reklamasi  orqali    Batter,  Barton,  Dastin  va  Osborn  firmalarida  qo‘llagan.  Keyinchalik  ushbu 

uslubdan  yirik  xalqaro  korporatsiyalar  ham  foydalana  boshlashgan.  Respublikamizdagi  ta’lim 

muassasalarida ushbu uslubdan 2000 yillardan boshlab foydalanila boshlandi.  

Aqliy hujum uslubining asosiy qoidalari:  

  ilgari surilgan fikr iva g‘oyalarni tanqid ostiga olinmaydi va baholanmaydi; 

  taklif  qilinayotgan  fikr  va  g‘oyalar  qanchalik  fantastik  va  antiqa  bo‘lsa  ham,  uni  baholashdan 

o‘zingizni tiying; 

  tanqid qilmang! Hamma bildirilgan fikrlar bir xilda bebahodir; 

  fikr bildirilayotganda gapni bo‘lmang; 

  maqsad-fikr va g‘oyalar sonini ko‘paytirish; 

  qancha ko‘p g‘oya va fikr bildirilsa, shunchalik yaxshi. YAngi,  bebaho fikr va  g‘oyaning tug‘ilish 

ehtimoli paydo bo‘ladi; 

  agar fikrlar qaytarilsa, rad etmang; 

  fikrlar hujumini o‘tkazish vaqtiga qat’iy rioya qiling; 

  berilgan savollarga qisqacha javob bering. 

 

“KLASTER” (TUTAM, BOG‘LAM) METODI

 

Bu  uslub  oldindan  mavjud  bilimlar,  mavzu  bo‘yicha  tushunchalar  zahirasiga  asoslanadi. 



O‘qituvchi asosiy (tayanch) so‘zni doskaga yozadi, talabalar asosiy so‘zni to‘ldiruvchi yoki ushbu 

so‘z  echimiga  bog‘liq  so‘zlarni  aytishadi.  O‘qituvchi  talabalar  tomonidan  aytilgan  so‘zlarni 

“Klaster” atrofiga to‘plab, mantiqiy zanjir hosil qiladi. 

 

 “KICHIK GURUXLARDA ISHLASH” METODI. 

 

Ta’lim oluvchilarni faollashtirish   maqsadida   ularni kichik guruxlarga ajratgan xolda o‘quv 



materiallarini urganish yoki topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. 

 

INSERT JADVALI. 

 

Talabalarda  ma’ro‘zalar  va  mustaqil  ta’lim  jarayonida  olgan  bilimlari  asosida  nazariy 



ma’lumotlarni tizimlashtirishni, uni tasdiqlash, aniqlashtirish  yoki rad qilish, qabul qilinayotgan 

ma’lumotlarning tushunarligini nazorat qilish, avval egallagan bilimlarini yangisi bilan bog‘lash 

qobiliyatlarini    shakllantiradi.  SHu  sababli,  ushbu  uslub  mavzu  bo‘yicha  rejadagi  mashg‘ulotlar 

o‘zlashtirilgach,  talabalar  mavzuga  oid  bilim  va  ko‘nikmalarga  ega  bo‘lgach  qo‘llaniladi. 

O‘qituvchi  mavzuning  aniq  mazmun  va  mohiyatini  yoritib  beradi  va  dars  yakunida  talabalarga 

ushbu mavzu bo‘yicha “Insert” jadvali asosida uyda mustaqil ishlashlari uchun  topshiriq beradi.    

Talabalar  ushbu jadval asosida darsda olgan bilimlarini o‘z bilimlari, real hayotiy tajribalari bilan 

taqqoslaydi,  mavzu  bo‘yicha mustaqil  ishlab,  yangi ma’lumotlar  oladi,  ularni    matnda  qo‘yilgan 

belgilar asosida jadvalga kiritadi. 

 

 



 

 

Insert jadvali. 









 

 



 

 

 



 

 

 



«V» - ……… haqidagi bilimlarimga javob beradi; 

«+» - ………  haqidagi bilimlarimga qarama-qarshi; 

«-» - ………  yangi ma’lumotlar;  

«?» -  ………  mavzuga oid tug‘ilgan savollar. 



 

FSMU TEXNOLOGIYASI. 

  

Ushbu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrlarini  himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikriga 



boshqalarni  ishontirishga,  ochiq-oshkora  bahslashishga,  egallagan  bilimlarni  tahlil  qilishi,  ularni 

qay  darajada  egallaganligini  baholashga  hamda  tinglovchilarni    bahslashish  madaniyatiga 

o‘rgatadi. Ushbu texnologiya tinglovchilarga qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda 

etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etish tartibida amalga oshiriladi 

F –  fikringizni bayon eting. 

S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating. 

M-   ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol  keltiring. 

U – fikringizni umumlashtiring. 

FSMU texnologiyasida mavzu bo‘yicha savol qo‘yiladi.  

 

 



“BUMERANG” TEXNOLOGIYASI. 

Texnologiyaning tavsifi: 

Ushbu texnologiya tinglovchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar 

bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrni erkin holda bayon 



eta  olish,  qisqa  vaqt  ichida  ko‘p  ma’lumotlarga  ega  bo‘lish,  hamda  dars  davomida  o‘qituvchi 

tomonidan barcha tinglovchilarni baholay olishga qaratilgan. 

Texnologiyaning  maqsadi:  O‘quv  jarayoni  mobaynida  tarqatilgan  materiallarni 

tinglovchilar  tomonidan  yakka  va  guruh  holatida  o‘zlashtirib  olishlari,  bir-birlariga  o‘qilgan 

axborotlarni  to‘liq  etkazish  hamda  suhbat-munozara  va  turli  savollar  orqali  tarqatma 

materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash, shuningdek, 

o‘quv jarayoni mobaynida har bir tinglovchining o‘z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish. 

Texnologiyaning  qo‘llanishi.  Amaliy,  seminar  yoki  laboratoriya  mashg‘ulotlari  hamda 

suhbat-munozara  shaklidagi  darslarda  yakka  tartibda,  kichik  guruh  va  jamoa  shaklida 

foydalanilishi mumkin. 

Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: 

  Kichik guruhlar shakllantirish; 

  Darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtirish; 

  Kinolavha  namoyishi  shu  kinolavha  asosida  mashg‘ulot  mavzusi  va  mazmunini  keltirib 

chiqarilishi so‘raladi. 

  Mavzuga oid tarqatmalar har bir tinglovchiga tarqatiladi. 

  Berilgan matnlar yakka tartibda o‘rganiladi. 

  YAngi guruhlar shakllantiriladi. 

  YAngi guruh a’zolari o‘rgangan matnlarini guruh a’zolariga tushuntirib beradilar. 

  Tushuntirilgan matnlar mazmunini o‘zlashtirish darajasi o‘zaro nazorat orqali aniqlanadi. 

  Birinchi  shakllangan  guruhga  yig‘iladilar,  va  guruhlar  o‘zlarining  matnlaridan 

o‘zlashtirishni aniqlashga yordam beruvchi savollar to‘zadilar. 

  Guruhlar o‘rtasida savol-javob va muloqotga kirishiladi. 

  Guruh faoliyati baholanadi. 



 

«FIKRLARNING SHIDDATLI XUJUMI» METODI 

«Fikrlarning shiddatli xujumi» metodining moxiyati quyidagichadir: 

-  gurux  orasida  muayyan  topshiriqlarni  bajarayotgan  har  bir  talabaning  shaxsiy 

imkoniyatlarini ro‘yabga chiqarishga ko‘maklashish. 

-  talabalarda  ma’lum  gurux  tomonidan  bildirilgan  fikrga  qarshi  g‘oyani  ilgari  surish 

layoqatini  yuzaga  keltirishdan  iboratdir.  Bu  metodni  barcha  yo‘nalishdagi  fanlarga  qo‘llash 

mumkin va quydagilarni o‘z ichiga oladi: 

- O‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha xamkorlikdagi ishni tashkil qilish. 

- «Arra» o‘zaro o‘qish texnikasi 

- Birgalikda o‘qish texnikasi 

- Uylang-juftlikda-ishlang-fikr almashing» texnikasi 

- Muammoni jamoali tarzda xal etishning usullari va vositalari. 

Amaliy mashg‘ulotlar uchun yuqorida keltirilgan «Fikrlarning shiddatli xujumi» metodiga 

tegishli  –  «O‘quv  topshirig‘ini  bajarish  bo‘yicha  xamkorlikdagi  ishni  tashkil  etishni  qo‘llash 

mumkin. 

O‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha xamkorlikdagi ishni tashkil qilish uch bosqichdan 

iborat va quyidagicha amalga oshiriladi: 

 

 



 

 

O‘QUV TOPSHIRIG‘INI BAJARISH BO‘YICHA HAMKORLIKDAGI ISHNI 

TASHKIL ETISH 

 

1 – bosqi 

 

 

 

 

O‘quv materiali, bajarish qoidalari, natijalarni baholash 

ko‘rsatkich va mezonlari, guruhda ishlash qoidalari bilan 

tanishadilar 

 

Guruhda ishlash qoidalari: 

-  Har kim o‘z o‘rtoqlari nutqini hushmuomalalik bilan tinglash zarur; 

-  Har kim faol birgalikda ishlashi, berilgan topshiriqga mas’uliyatli yondashish zarur; 

-  Har kim yordamga muhtoj bo‘lganda uni so‘rash; 

-  Har kimdan yordam so‘rasa, yordam qilishi zarur; 

-  Har kim guruh ishi natijalarini baholshda ishtirok etishi zarur; 

-  Har kim aniq tushunishi zarur: 

-  Boshqalarga yorlamlashib, o‘zimiz o‘rganamiz! 

-  Biz bir kemadamiz: yoki birga so‘zib chiqamiz yoki birga cho‘kamiz! 

 

2 - bosqich 



 

 

 



-  Guruhdagi ishni rejalashtirishadi 

-  Guruh ichida topshiriqlarni bajarishadi 

-  Guruh mo‘zokarasini o‘tkazish qoidalariga asoslanib yakka 

tartibda erishilgan natijalarni mug‘okama qilishadi va guruh 

ishining umumiy natijasini shakllantirishadi 

-  Taqdimot uchun birgalikda olib borilgan ish natijalarini 

tayyorlashadi 

-  Ushbu material qismini boshqalar o‘zlashtirilganligini 

aniqlash maqsadida o‘zaro tekshiruv savollarini 

tayyorlashadi 

 

Guruh mo‘zokarasini o‘tkazish qoidalari 

-  Muhokamani  boshlashdan  oldin  muammosi,  predmetini  aniq  shakllantirib  oling. 

Muhokama eilayotgan muammoni barchalar tushuntirishlariga erishing. 

-  Navbatma-navbat  gapiring.  Gapirayotganning  nutqini  bo‘lishni  yo‘qotish  zarur.  Agar 

kimdir gapira boshlasa, qolganlar jim bo‘lishlari zarur. 

-  E’tibor  bilan  tinglang,  gapirayotganning  fikrini  tushinishga  harakat  qiling.  E’tibor  bilan 



tinglash ko‘rsatkichi – gapirayotganning fikrini,  

-  pozitsiyasini o‘z so‘zlar bilan qayta aytish qobiliyati. 

-  Gapirayotganning  o‘z  xurmatiga  tegadigan,  ayniqsa  negativ  yo‘nalishidagi,  baholi 

mulohazalar (“yomon”, “yomon emas”, “bema’nilik” va boshqalar)ni olib tashlang. 

-  SHaxsiy muloqotga o‘tmang, gapirayotganning xech qanday xolatda shaxsiy fazilatlariga 

(“sen nima butunlay karmisan?”) o‘tmasdan faqat gaplarini, tanqid yoki muhokama qilish 

mumkin. 

-  Tanqid  asosli  bo‘lishi  zarur,  “Bu  bo‘lmaydi”  degan  so‘zlarning  o‘rniga  “Sen  masalani 

noto‘g‘ri tushunibsan” deng, qo‘shimcha qilishga intiling. E’tiborni xatolarda emas, balk 

taklifdagi  rivojlantirish,  qo‘shimcha  qilish  mumkun  bo‘ladigan  oqilona  fikrni  topishga 

yo‘naltirish zarur. 

-  O‘tkazilgan tqhlildan qanday xulosalar qilish mumkin? 

-  Muhokamaga yakun yasash va mo‘zokara natijalari etarli darajada barcha guruh a’zolarini 

fikolarini aniq ask ettirishga ishonch xosil qiling. 

 

 

3 – bosqich. Taqdimot  



 

 

 



 

-  Guruh a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini 

ko‘rgazmali vositalar yordamida taqdimot etadilar. 

-  Boshqalar ushbu material qismini o‘zlashtirilganligini 

aniqlash maqsadida o‘zaro tekshiru savollarini beradilar. 

 

           Joriy baxolar amaliy, labaratoriya va seminar mashg‘ulotlari uchun qo‘yiladi. Oraliq baxolar 



nazariy  bilim  uchun  malum  bir  yoki  bir  necha  mavzular  tugallangandan  keyin  qo‘yiladi.  YAkuniy 

baxolar yanni to‘liq o‘tib bo‘lgandan keyin ko‘yiladi. Baholash 100 % yoki 100 ballik tizimdan kelib 

chiqib amalga oshiriladi.  

          Konchilik korxonalarida o‘tiladigan amaliyotlar quyida keltiriladigan tartibda tashkil qilinadi. 

Amaliyotni o‘tkazish uchun har bir o‘quv yilining boshida konchilik korxonalari bilan ikki nusxada 

ikki tomonlama shartnoma tuziladi.  

          SHartnomada talim  yunalishining  yoki mutahassisligining shifri va nomlanishi, amaliyotning 

turi va muddati, hamda talabalarning soni ko‘rsatiladi. SHu bilan birga shartnoma tuzayotgan tomonlar 

va ularning majburiyatlari hamda umumiy qoidalar keltiriladi. SHartnoma ikki tomonlama imzolanib 

muhrlanadiyu 

          Ushbu shartnomaga asosan amaliyotlarni o‘tash uchun ToshDTU bo‘yicha buyruq chiqariladi. 

Buyruqda  guruhlar,  amaliyot  turi,  talabalarning  ismi,  shariflari  va  soni,  amaliyotlar  o‘tiladigan 

konchilik korxonalari, tayyorlangan amaliyot rahbarlari va rahbarlik muddatlari keltiriladi.  

          Amaliyot  boshlanishidan  oldin  talabalar  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tib  sog‘liklari  to‘g‘risida 

malumotnoma  oladilar.  YAna  talabalarga  amaliyotni  o‘tish  to‘g‘risida  yo‘l  –  yo‘riq  berish  suxbati 

o‘tkaziladi,  bunda  xayot  faoliyati  xavsizligiga  amal  qilish  lozimligiga  katta  ahamiyat  beriladi. 

Talabalarga amaliyotga borib ishga joylashishi, amaliyotni o‘tish va xisobot yo‘zish uchun amaliyotga 


yo‘llanma, kundalik hamda amaliyot o‘tish dasturi bu uslubiy ko‘rsatmalar beriladi. Amaliyot rahbari 

talabalarni  konchilik korhonalariga amaliyotga  olib borib  ishga  joylashtiradilar,  amaliyot  o‘tilishini 

nazorat qiladilar, maslahatlar beradilar, muammolar kelib chiqsa hal qilishga yordam beradilar. SHu 

bilan birga amaliyotga rahbarlik qilish uchun kon korhonasi tomonidan tegishli buyruq bilan masul 

shaxs  tayinlanadi.  Bu  rahbar  talabalarning  amaliyotdagi  faoliyatlarini  nazorat  qiladilar,  ish 

o‘rgatadilar, maslahatlar beradilar, xisobga malumotlar to‘plashda kelib chiqadigan muammolarni xal 

qilishda  yordam  beradilar.  Amaliyotlarning  boshlanishida  talabalarga  xayot  faoliyati  xavsizligi 

bo‘yicha  darslar  o‘tiladi  va  ular  sinovdan  o‘tadilar.  Amaliyotda  talabalar  berilgan  topshiriqlarni 

bajarish  bilan  birga  OTMda  olgan  nazariy  bilimlarini  mustahkamlaydilar,  kundalikni  to‘ldirib 

boradilar va dasturga muvofiq xisobot uchun malumotlar to‘playdilar. Amaliyotning oxirida xisobotni 

rasmiylashtiradilar. Korxonadagi amaliyot razbari xisobotni ko‘rib chiqib qabul qiladi. Xisobotni va 

to‘ldirilgan  kundalikni  imzolaydi  va  bularga  korxonaning  muxri  bosiladi.  Talabalar  amaliyotdan 

fakultetga  belgilangan  vaqtga  qaytaradilar.  Kafedraga  machsus  tuzilgan  hayat  azolari  talabalardan 

amaliyoti xisobotini qabul qiladilar va baxo qo‘yadilar. O‘tilgan amaliyot bo‘yicha kafedrada hisobot 

tuziladi va ToshDTU ning amaliyot bo‘limiga topshiriladi.  

           Kurs  ishi  va  loyixasini  bajarish  uchun    tegishli  fan  o‘qituvchisi  kafedra  mudiri  tomonidan 

tasdiqlangan  topshiriq  beradi.  Talaba  kafedraga  tuzilgan  kurs  ishi  yoki  loyixasi  izox  yozuvi  va 

chizmalardan  iborat  bo‘ladi  va  belgilangan  jalval  bo‘yicha  tegishla  bilimlari  tayyorlanib  boradi. 

Tegishli fan o‘qituvchisi raxbar hisoblanadi va belgilangan vaqtlarda maslahatlar beradi va ishning 

bajarilishini  nazorat  qiladi.  Maxsus  tuzilgan  hayat  azolari  talabalarning  ishlarini  qabul  qiladilar  va 

baxo qo‘yadilar.  

          Bituruv  malakaviy  ishlarini  va  magistrlik  dissertatsiyalarini  tayyorlash  uchun  talabalar 

mavzular tanlaydilar. Bu mavzular va raxbarlar ToshDTU bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 

Ushbu  ishlarni  bajarish  uchun  raxbar  tomonidan  kafedrada  tasdiqlangan  topshiriq  beriladi. 

Topshiriqqa muvofiq ishni bajarish dasturi tuzib beriladi. Ishlarni bajarish uchun talabalarga alohida 

honalar ajratiladi. Bu honaga ishlarni bajarish jadvallar va boshqa kerakli malumotlar osib qo‘yiladi. 

Topshiriq  va  dastur  asosida  talabalar  jadvalga  muvofiq  ishlarni  tayyorlab  boradtlar.  Bahbarlar 

talabalarning  faoliyatlarini  nazorat  qiladilar,  tegishli  maslahatlar  beradilar.  Kafedra  majlislarida 

belgilangan vaqtlarda talabalar tomonidan bajarilgan ishlar hajmlari ishlab chiqiladi.  

           Bituruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi tayyor bo‘lgandan keyin, talab qilinadigan 

shaklda  zasmiylashtiriladi.  Bajarilgan  ishlarga  rahbar  taqriz  yozadi.  SHu  bilan  birga  tegishli 

mutuxassislardan tashqi taqriz xam olinadi.  

           Bu ishlarni himoya qilish uchun Davlat attestatsiya xayatlari azolari oldida bajargan ishlarini 

himoya qiladilar va baho oladilar.  

          Kaedra  tomonidan  bituruv  malakaviy  ishlari  va  magistrlik  dissertatsiyalarning  ximoyalari 

bo‘yicha xisobot yoziladi va o‘quv bo‘limiga topshiriladi. 

 

          ToshDTUning ichki tartib qoidalari. O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va O‘rta maxsus talim 



vazirligi  tomonidan  ishlab  chiqilgan.  Oliy  ta’lim  muassasining  odob-axloq  qoidalariga  muvofiq 

keladi. 


          Ushbu  odob  –  axloq  qoidalari  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi,  “Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida”gi,  “Talim  to‘g‘risida”gi,  “YOshlarga  oid  davlat  siyosatining 

asoslari  to‘g‘risida”gi  va  “Ahborot  erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari  to‘g‘risida”gi  qonunlar, 

“YOshlar  yili”,  “barkamol  avlod  yili  davlat  dasturlari”,  oliy  va  o‘rta  maxsus  talim  vazirligining 

tegishli  buyruqlari,  OTMning  ustavi,  ichki  tartib  qoidalari  hamda  umumetirof  etilgan  manaviy  va 

ahloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. 



           Ushbu  qoidalar  ishlab  chiqilishida  O‘zbekiston  Respublikasi  talimga  oid  qonun  xujjatlarida 

fuqarolarga talim, tarbiya berish, kasb – hunar o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilashga hamda har 

kimning bilimi omildan iborat konstitutsiyaviy huquqini taminlashga, talim oluvchilarni manaviy – 

ahloqiy tarbiyalashning va marifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va 

joriy jtishga qaratilganligi sababli OTMning asosiy funksiyasi talim va tariya berishdan iborat ekanligi 

nazarda tutilgan.  

           Ushbu qoidalar11 – bo‘limdan topgan bo‘lib;   

1 – bo‘lim. Umumiy qoidalar 6 – banddan iborat . 

2 – bo‘lim. Maqsad va vazifalar 2 – banddan iborat. 

3 – bo‘lim. Jamoa azolarining odob – ahloqiga oid umumiy qoidalar 13 – banddan iborat. 

4 – bshlim. Professor o‘qituvchilar va talabalarning talim – tarbiya munosabatlari  

8 – banddan iborat. 

5 – bo‘lim. Professor o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari  2 – banddan iborat. 

6 – bo‘lim. Talabalarning o‘zaro munosabatlari  2 – banddan iborat. 

7 – bo‘lim. Professor – o‘qituvchilarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari     8 – banddan iborat. 

8 – bo‘lim. Talabalarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari   8 – banddan iborat. 

9  –  bo‘lim.  Professor  –  o‘qituvchi  va  talabalar  odob  –  ahloqida  man  jtilgan  holatlar  15  –  banddan 

iborat. 


10 – bo‘lim. Mamuriyat, professor – o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasidagi 

 odob – ahloqqa oid munosabatdar 6 – banddan iborat. 

11 – bo‘lim. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi  2 – banddan iborat 

   


           Talabalarning huquq va majburiyatlari  Talabalarning huquqlari. Bilim olish huquqi, talim – 

tarbiya olish huquqi, OTMning auditoriyalaridan, labaratoriyalaridan, axborot – resurs markazlari va 

ularning  bo‘limlaridan,  sport  inshotlaridan  foydalanish  huquqi,  ilmiy  –  uslubiy  ishlarda  qatnashish 

huquqi,  ilmiy  –  amaliy  anjumanlarda  qatnashish  xuquqi,  stipendiya  olish  huquqi,  jamoat  ishlarida 

qatnashish  huquqi,  ziddiyat  va  muammoli  vaziyatlar  kelib  chiqqanda  amaldagi  qonun  doirasida 

o‘zining huquqini talab qilishi, sport musobaqalarida qatnashish huquqi. 

      Talabalarning  majburiyatlari.  Talabalar  darslarga  qatnashishlari,  kechikib  kelmasliklari,  sabasiz 

darslarni qoldirmasliklari lozim. O‘tiladigan fanlarni o‘zlashtirishlari, amaliy,labaratoriya ishlarini o‘z 

vaqtida bajarishlari, joriy va oraliq nazorat baholarini o‘z vaqtida olishlari kerak. 

          Talabalarning  tashqi  ko‘rinishlari,  kiyinishlari,  odob  –  ag‘loq  intizomlari  OTMning  odob  – 

ahloq qoidalari talabalarga muvofiq bo‘lishi kerak.  

           OTM odob – ahloq qoidalaridan  

       -  binolarga  kirish  joylarida  tirbandlik  yuzaga  kelsa,  talabalar  professor  o‘qituvchilar  va 

xodimlarni, erkaklar esa ayollarni oldin o‘tkazib yuborishlari lozim. 

        -  professor  –  o‘qituvchi  auiditoriyaga  kirganda  barcha  talabalar  o‘rinlaridan  turib 

salomlashishlari, so‘ngra o‘z joylarini egallashlari lozim. 

        -    talaba  o‘zining  nojo‘ya  harakatlari  bilan  dars  mashg‘ulotlarida  halaqit  bersa,  professor  – 

o‘qituvchi  yuzaga  kelgan  vaziyat  haqida  dekanatni  habardor  qilib  va  uning  ruxsati  bilan  bunday 

talabani mashg‘ulotlardan chetlashishi mumkin.  

        - talabada professor – o‘qituvchi bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish 

zarurati bo‘lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni yani: 

        - professor – o‘qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarda, maslahat soatlarida, 

mustaqil  ishlarni,  reyting  nazoratni  topshirishda  yoki  o‘zaro  kelishuv  bo‘yicha  belgilangan  vaqtda 

shug‘ilanishini ; 



        -  o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan  professor – o‘qituvchining  lavozimi, ismi, otasining  ismi va 

familyasini aniq bilishi shart. 

        - talaba oldindan kelishilmagan holda professor – o‘qituvchining xuzuriga kelsa, umumiy yoki 

o‘zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan yoki kelmagan bo‘lsa, professor – o‘qituvchidan 

hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.  

        -  talabalarning  o‘zaro  munosabatlarida  –  yagona  jamoa,  o‘zaro  hurmat  va  etibor,  do‘stlik, 

hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim. 

        - talabalar munosabatlarida inson qadr – qimmatiga hurmatsizlik qilish, shahsiyatini kamsitish, 

o‘zining  intelektual  mulkini  o‘zlashtirib  olish,  qo‘pollik,  behayo  so‘zlar  ishlatish,  mushtlashish, 

o‘zgalarga manaviy, moddiy yoki jismoniy ziyon etkazish qatiyan man etiladi. 

        Talabalarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari. 

       a) OTM hududida; 

       - hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko‘rsatib kirish;  

       - hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash; 

       - ustozlar bilan duch kelganda salom berish; 

       - zquv mashg‘ulotlari vaqtida hududda besabab yurmaslik; 

       -  OTM  mulki  (ko‘char  va  ko‘chmas  mulki,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  va  hokazolar)  ga 

ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; 

       - kiyinish va o‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish;  

       - mutasaddtlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik; 

       - maishiy tinchlikka rioya qilish; 

       -  narkotik  va  psixotrop  moddalar,  alkogol  va  tamaki  mahsulotlar  istemol  qilinishi  hamda 

tarqitilishiga qarshi kurashish. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar 

haqida tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida habar bermaslik javobgarlikka sabab bo‘lish alohida qayd 

etiladi. 

       b) auditoriyada; 

       - uyali aloqa vositalarini o‘chirib qoyish; 

       - dars vaqtida gapirmaslik

       - jixozlarga madaniy munosabatda bo‘lish, partalarga yozmaslik; 

       - qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmalik; 

       - ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik; 

       v) umumiy ovqatlanish joylarida; 

       - taomlarni olishda navbat taribiga rioya qilish; 

       - tirbantlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish; 

       - ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik; 

       - umumiy ovqatlanish shahobchasida belgilargan tartib – qoidalarga rioya qilish; 

       g) axborot resurs markazida; 

       - ARM hodimlari bilan hushmuomalada bo‘lish; 

       - kitoblar va jihozlarga extiyotkorona munosabatda bo‘lish; 

       - baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga halaqit bermaslik; 

       - kog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik; 

       - kitoblarni olish va topshirish tartib – qoidalariga rioya qilish; 

       d) talabalar turar joylarida; 

       - mavjud jixozlarni asrash, ularga zarar etkazmaslik; 

       - elektr – energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish; 

       - sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish; 


       - talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari” ga qatiy rioya qilish; 

       s) sport majmualarida 

       - sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish; 

       - sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish; 

       - mashg‘ulotlardan keyin spotr inventarlarini belgilargan joylarga qayta topshirish; 

       - spotr majmuasining belgilangan tartib – qoidalariga rioya qilish; 

       j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida; 

       - o‘rindiq va boshqa jixozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish; 

       -  ommaviy  tadbirlar  vaqtida  xushtak  chalmaslik,  baqirmaslik,  tadbir  tugashtdan  oldin  sabasiz 

chiqib ketmaslik; 

       - uxlab o‘tirmaslik, bir – biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik; 

       SHuningdek  

       - turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan OTM haqida yuksak ijobiy taassurot 

hosil qilishga intilish; 

       -  doimo  komillikka  intilish,  halollik  va  adolat  bilan  hayot  kechirish  kabi  olijanob  fazilatlarni 

chuqur anglash; 

       -  OTM  manfati,  uning  shani  va  shonli  ananalari,  obro‘si  hamda  nufuzi  to‘g‘risida  qayg‘urish, 

ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; 

       Talabalarga 

       - professor – o‘qituvchilarga qo‘pollik qilish, mash0ulotlar vaqtida asossiz gapirish; 

       - professor – o‘qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish; 

       - yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki professos – o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday 

hatti – harakatlar qilish; 

       -  yozma ishlarni  himoya  qilish  va  reyting  nazoratiga doir  boshqa  tartib  –  tamoyillarni  bajarish 

vaqtida chetdan yordam olish, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish; 

       -  boshqa  shahslar  tomonidan  tayyorlanadigan  topshiriqlar  yoki  yozma  ishlarni  o‘z  nomidan 

topshirish; 

       - mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborish va kechikib kelish; 

       - mashg‘ulot vaqtida professor – o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish; 

       - boshqa talabaning say – harakatlariga qasddan ztyon yetkazish; 

       -  moddiy  jihatdan  yaxshi  taminlanganligini  turli  yo‘llar  bilan  ko‘z  –ko‘z  qilish  qatiyan  man 

etiladi.          

      Talabalarning jamoat ishlaridagi faoliyatlari. Kafedra “Komolot”  xarakati, kasaba uyushmasi 

tashkiloti  tomonlaridan  tashkil  qilinadi.  Talabalar  o‘qishdan  bo‘sh  vaqtlarida  ko‘rik  –  tanlovlarda, 

ilmiy anjumanlarda, sport musobaqalarida, obodonchilik ishlarida va hasharlarda qatnashadilar. 

            Talabalarning  ilmiy  –  tadqiqot  ishlari  mutaxssislarni  tayyorlashning  sifatini  oshirish  uchun 

qo‘llaniladigan  yuqori  ahamiyatli  vositalardan  biri  hisoblanadi.  Talabalarning  ilmiy    ishlariga  jalb 

qilish, ularning ijodiy va faoliyat imkoniyatlaridan xalq xo‘jaligidagi dolzarb masalalarini echishda 

foydalanish  imkoniyatini  yaratadi.  Talabalarning  ilmiy  –  tadqiqot  ishlarida  ilmiy  va  texnikaviy 

masalalarni mustaqil ravishda echishda qo‘llaniladigan uslub va vositalarni, ilmiy jamoalarda ishlash 

kshnikmalarini o‘rganish, asosiy maqsad xisoblanadi. Ishlashni tashkil qilish usullari bilan tanishtirish 

asosiy maqsad hisoblanadi.  

          Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari. O‘quv jarayonining davomi va uni chuqurlashtirish 

xisoblanib, bevosita kafedralarda, muammo va soha labaratoriyalarida, talabalarning konstruktorlik, 

texnologik  to‘garaklarida  tashkil  qilinadi.  Talabalarning  va  professor  –  o‘qituvchilarning  talim  – 

tarbiya  jarayonidagi  o‘zaro  munosabatlari  “Ustoz  -  shogird”  milliy  ananalariga  asoslanadi. 



Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlariga OTMning professor o‘qituvchilari rahbarlik qilishadi. YAna 

rahbarlik qilish uchun ilmiy tekshirish muassasalari xodimlari ham jalb qilinishi mumkin.  

         Talabalarning  ilmiy  –  tadqiqot  ishlari  o‘quv  jarayoniga  kiritiladigan  va  o‘qishdan  tashqari 

amalga oshiriladigan ilmiy – tadqiqot ishlaridan tashkil topadi. O‘quv jarayonidagi ITI quydagilarni 

ko‘zda  tutadi;  ilmiy  izlanish  elementlari  bor  labaratoriya  ishlari,  kurs  va  bitiruv  malakaviy  ishlari 

topshiriqlarini bajarish, o‘quv va malakaviy amaliyot vaqtida ilmiy – tadqiqot xarakeriga ega bo‘lgan 

noananaviy  topshiriqlarni  bajarish,  “ilmiy  tadqiqot  asoslari”  fani  bo‘yicha  uslubiyatning  nazariy 

asoslari, ilmiy – tadqiqot masalalarini qo‘yish, tashkil qilish va bajarishni, ilmiy tajribalarni rejalash 

va tashkil qilish, ilmiy ko‘rsatkichlarni qayta ishlash va xokazolarni o‘rganish. 

           O‘qishdan  tashqari  amalga  oshiriladigan  ilmiy  tadqiqot  ishlari  quydagi  shakllarda  tashkil 

qilinadi: talabalarning ilmiy tshgaraklarida ishlar qilish, talabalarning davlat granti yoki xo‘jalik hisobi 

bo‘yicha bajariladigan ishlarda qatnashishi, korxonalar bilan tuziladigan ijodiy hamkorlik ishlarida, 

talabalar konstruktorlik byurolarida qatnashishdir. 

           Talabalarning ilmiy to‘garaklari kafedralarda tashkil qilinadi. To‘garakda talabalar o‘zimizda 

chiqarilgan  xorijiy  maxsus  adabiyotlarni  taxlil  qiladilar  va  o‘rganilgan  adabiyotlar  bo‘yicha 

annatsiyalar  va  referatlaryozadilar,  ilmiy  tajribalar  shtkazish  olingan  natijalarni  qayta  ishlash 

ko‘nikmalariga  ega  bo‘ladilar,  ko‘rgazmali  vostalarni,  labaratoriya  stendlarini  va  boshqa  texnik 

vositalarni loyihalash va yasashda qatnashadilar yoki o‘zlari bajaradilar. Tegishli mavzular bo‘yicha 

axborotlar tayyorlab to‘garak yig‘imlarida, kafedraning ilmiy seminarlarida qatnashadilar. Bu ishlarni 

bajarish bo‘yicha topshiriqlarda ijodiy va ilmiy izlanish elementlari ko‘zda tutilishi kerak.  

           Talabalarni odatda kafedraning ilmiy tadqiqot ishlarini bajaruvchilar safiga qabul qilinadilar. 

Talabalar  konstruktorlik  byurolari  OTM  yoki  kafedralarda  tashkil  qilinadi  va  o‘zining  faoliyatini 

jamoada,  tashkiliy  va  ijodiy  ishlar  bo‘yicha  talabalarning  ko‘nikmalar  egallashiga  yo‘naltiradi, 

shuningdek kafedraga, labaratoriyaga, korxonalarga, ilmiy tashkilotlarga,  ilmiy tekshirish va loyixa 

konstruktorlik ishlarini bajarishda amaliy yordam ko‘rsatishga yonaltiriladi. 

          Talabalarning  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  bajarishi  xisobot  taqdimoti  va  ilmiy  anjumanlarda 

axborotlar berish bilan yakunlanishi lozim bo‘ladi.  

  

Nazorat savollari. 

1.  O‘quv jarayonini tashkil qilishda qaysi omillarga etibor qaratish kerak. 

2.  O‘kitishning modul tizimiga nima? 

3.  O‘kitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligini tushintiring? 

4.  Interaktiv o‘qitishni tushintiring? 

5.  Aqliy hujum uslubining asosiy qoidalari aytib o‘ting 

6.  “Klaster” (tutam, bog‘lam) metodini tushintiring 

7.  “BUMERANG” TEXNOLOGIYASI da mashg‘ulot o‘tkazish tartibini tushintiring 

8.  «Fikrlarning shiddatli xujumi» metodining mohiyatini tushintirng 

9.   Talabalarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari nimalardan iborat 

10.  Talabalarning jamoat ishlaridagi faoliyatlari kimlar tomonidan tashkil etiladi 



Download 390.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling