4-ma’ruza Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil qilish va bu jarayonda talabalarning faoliyati Reja
Download 390.56 Kb. Pdf ko'rish
|
4-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv jarayonini tashkil qilish.
- Интерактив усуллар орқали. (Дарс машғулоти 80 минут)
- “KLASTER” (TUTAM, BOG‘LAM) METODI
- Insert jadvali. V +
- “BUMERANG” TEXNOLOGIYASI.
- Guruh mo‘zokarasini o‘tkazish qoidalari
- ToshDTUning ichki tartib qoidalari.
- Talabalarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari.
- Talabalarning jamoat ishlaridagi faoliyatlari.
- Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari.
4-ma’ruza Mavzu: O‘quv jarayonini tashkil qilish va bu jarayonda talabalarning faoliyati Reja: 1. O‘quv jarayonini tashkil etish 2. Universitetning ichki tartib qoidalari 3. Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning jamoat ishlaridagi, ilmiy tadqiqot ishlaridagi foaliyati.
muvofiq dekanat tomonidan har bir o‘quv semestrida bakalavriat va magistratura uchun dars jadvallari tuziladi. SHu jadvallarga asosan auditoriya darslari o‘tiladi, joriya, oraliq, yakuniy nazoratlari o‘tkazilazi. O‘quv jarayonlari “Talim to‘g‘risidgi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga tadbiq etila boshlaganidan buyun o‘tgan davr ichida talim tizimi tubdan islox qilindi. Talim va tarbiyaning mazmuni o‘zgarib, uning sifati va samaradorligi yuqori darajaga ko‘tarildi. Bugungi kunda respublikamiz oliy talim muassasalarida o‘qitishning modul tizimiga o‘tilmoqda, yangi pedagogik texnologiyalar usullari qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning modul tizimiga o‘tilmoqda O‘qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YUNESKOning Tokiodagi butun jaxon konsepsiyasida so‘z yuritilgan edi. Modulli o‘qitishning mohiyati – talaba modullar bilan ishlash jarayoni orqali o‘quv maqsadiga mustaqil holda (yoki ma’lum darajadagi yordam orqali) erishadi. Modulli o‘qitish texnologiyasi majmuali yondoshuvni ifodalaydi. Modul – bu o‘kuv materialining mantiqan tugallangan birligi bo‘lib, o‘kuv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o‘rganishga qaratilgandir. Fanning dolzarbligi – modulli o‘kitishda o‘kuv dasturlarini to‘la, kiskartirilgan va chukurlashtirilgan tabakalash orkali, o‘kitishni tabakalash imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘qitishni individualashtirish, yangi yondashuvlar va o‘qitish usullarini namoyish etish, talabalarning fikrlashlarini kuchaytirish, talabalarni muloqotda faol va o‘z fikrlarini ifoda qilishga o‘rgatish mumkin bo‘ladi. O‘kitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligi kuyidagi omillarga bog‘lik bo‘ladi: - o‘kuv muassasasining moddiy-texnikaviy bazsi darajasi; - professor-o‘kituvchilar tarkibining malakaviy darajasi; - ko‘zlangan natijalarni baxolash; - didaktik materiallar ishlab chikish; - natijalarning taxlili va modullarni optimallashtirish. SHunday kilib, modulli o‘kitishdan foydalanib oliy malakali mutaxassisni tayyorlash kuyidagilar asosida ta’minlanadi: - o‘kitishning o‘zluksizligi (bunda fanlarni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi); - o‘kitishni jadallashtirish (buning natijasida informatsiyaning ko‘p kismi, individual va mustakil ishlash paytida, kompyuter tarmoklari orkali o‘zlashtiriladi); - o‘kishni individuallashtirish (talaba o‘z kobiliyatiga ko‘ra bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi). Har kaysi o‘quv modulining o‘rganilish maksadlari to‘plami, davlat ta’lim standartlarida aks ettirilgan, mutaxassis kadr tayyorlashning bosh maksadini tashkil etadi. Bugungi ta’lim jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Zero, yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotgan jahon hamjamiyatiga integratsiyalashishga interfaol pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali erishiladi. Iqtisodiyotning boshqa sohalaridan farqli ravishda, bugun ta’lim jarayonlarini muntazam yangilash talab etilmoqda. Ayni vaqtda, Respublika ijtimoiy hayotiga shiddat bilan keng ko‘lamli axborot oqimlari kirib kelmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni taxlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga etkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda oliy ta’lim davlat ta’lim standartlariga muvofiq ilg‘or, zamonaviy, oliy ta’lim dasturlari asosida yuqori, samarali o‘qitishni tashkil kilish davr talabidir. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tatbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti o‘quv fanlari, bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablarida «ta’lim va tarbiya jarayonining mustaqil fikrlaydigan, qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilganligini ta’minlashi lozim»ligiga alohida ahamiyat berilgan. Albatta, ushbu qo‘yilgan talablar oliy o‘quv yurtlarida ta’lim- tarbiya jarayonini yuqori darajaga ko‘tarish, o‘qitishni yangi metodlar asosida amalga oshirish, talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ularda mexnat ko‘nikmalarini shakllantirish, kasbga bo‘lgan qiziqishini takomil-lashtirish, talabalarning kasbiy madaniyatini shakllantirish va bilim darajasini oshirish kabi vazifalarning sifatli darajada bajarishini taqozo etadi.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan tub islohotlarning mazmuni bugungi kunda ta’lim jarayonini loyihalashga yangicha yondashuv bilan boyib bormoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan asosiy vazifalardan biri fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu masala echimida axborot, pedagogik va ishlab chiqarish texnologiyalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik, muvofiqlik, bir-birini to‘ldiruvchanlik bo‘lishi talab etiladi. Hozirgi kunda har bir pedagog yoki ishlab chiqarish xodimi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va texnik tizimlari majmuini puxta bilishi taqoza etilmoqda. SHu bilan bir qatorda pedagog ishlab chiqarishning faol ishtirokchisi, ishlab chiqarish mutaxassisi ham o‘z navbatida pedagog vazifasini bajarishi lozim.
Ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini qo‘llanilishi kadrlar sifatiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarni rivojlanishi esa bevosita axborot texnologiyalari rivojiga, ulardan ta’lim beruvchilar va oluvchilarning foydalana bilish darajasiga bog‘liqdir. Demak, pedagogik texnologiyalarni rivoji kadrlar tayyorlash sifatiga, kadrlar sifati esa ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashuviga ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli, pedagogik va ishlab chiqarish texnologiyalari bir-biri bilan o‘zviy bog‘liq holda, axborot texnologiyalari rivoji asosida takomillashib borishi, shuningdek axborotlar makoni ta’lim va ishlab chiqarish ma’lumotlari bilan boyitilib borilishi zarurdir.
Interaktiv o‘qitish - talaba o‘zida oldin mujassamlashgan tajribadan foydalangan holda, o‘quv jarayonida faol ishtirok etadi, mashg‘ulot davomida shaxsiy rol o‘ynab, yangi tajribalar orttiradi, olgan tajribalari asosida darsni tahlil qilib, o‘ziga kerakli muhim materiallarni oladi hamda o‘zining kundalik faoliyati bilan bog‘laydi.
Interaktiv so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “inter” – o‘zaro, “act”faoliyat qilmoq ma’nosini bildiradi. Interaktivlik, bu o‘zaro munosabatda bo‘lmoq, dialog rejimida o‘qimoq ma’nosini bildiradi. SHu sababli interaktiv o‘qitish-dialogli o‘qitish demakdir. Dialog an’anaviy o‘qitish uslublarida ham mavjud, jumladan “o‘qituvchi-o‘quvchi”, “o‘qituvchi-o‘quvchilar guruhi” ko‘rinishida. Interaktiv o‘qitishda esa dialog “o‘quvchi-o‘quvchi”, o‘quvchi-o‘quvchilar guruhi”, “o‘quvchi-auditoriya”, “o‘quvchilar guruhi-auditoriya” (guruhlar prezentatsiyasi), “o‘quvchi-kompyuter” kabi ko‘rinishlarda ham bo‘ladi. O‘quvchi ma’ro‘zada faqat “passiv” tinglovchi sifatida emas, balki “aktiv” ishtirokchi sifatida qatnashadi. Interaktiv o‘qitish texnologiyasi an’anaviy ma’ro‘za o‘qish uslubini ko‘zda tutmaydi va shu bilan bir qatorda ma’ro‘za darslarini amaliy darslarga qarama-qarshi qo‘ymaydi. Interaktiv o‘qitishda ma’ro‘za va amaliyot bir butun mashg‘ulotning qismlari deb qaraladi va bu o‘qituvchi hamda talabaning o‘zaro ta’siri hamda talabalarning mashg‘ulot davomida faol ishtirok etish darajasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, an’anaviy ma’ro‘za darslarida o‘qituvchi faolligi ta’minlansa, amaliy mashg‘ulotlarda talaba faolligi talab etiladi. Interaktiv uslubda o‘qituvchidan mashg‘ulot davomida talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir darajasining bir ko‘rinishidan ikkinchisiga mavzuga bog‘liq holda ustamonlik bilan ravon o‘tishi talab etiladi. Interaktiv uslubdagi ma’ro‘za darslari jarayonini fan bo‘yicha mavzuning maqsad va vazifasi hamda ta’lim oluvchilarning ehtiyojiga bog‘liq holda taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin:
O‘qitishning interaktiv uslublari deyilganda birinchi navbatda talabaning o‘quv jarayonini faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik uslublar majmui va texnik vositalar tizimi tushuniladi. Interaktiv uslubdagi mashg‘ulotda talaba berilayotgan ma’lumotlarni tinglashi, o‘qishi, ko‘rishi, yozib borishi, mavzu bo‘yicha savollar berishi, o‘z fikrini erkin bayon etishi, amaliy topshiriqlarni bajarishi va o‘zining hayotiy tajribasi bilan bog‘lab, mavzu bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishi lozim.
Qo‘yida fanlarni o‘qitishda maruza, amaliy, labaratoriya, seminar mashg‘ulotlari uchun o‘qitishda qo‘llaniladigan nteraktiv uslublarini ayrimlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiramiz: MUHOKAMA-MUNOZARA.
Bu interaktiv o‘qitishning eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi va talabalarning ushbu mavzu bo‘yicha turli xil bilim darajasi va tajribalari asosida o‘rganiladigan masalaga qanday yondoshishi ko‘zda tutiladi. Bunda o‘qituvchi muhokama uchun muammoli savolni yoki hayotdagi aniq bir vaziyatni belgilab, o‘rtaga tashlaydi. Talabalarni esa mavzudan chetga chiqishlariga yoki ayrim faol talabalarni etakchi bo‘lib, faqat ular fikr bildirishlariga yo‘l qo‘ymaydi, mumkin qadar barcha talabalarning faol ishtirok etishlariga ahamiyat beradi, talabalarni bir-birini fikrlariga hurmatsizlik Интерактив усуллар орқали. (Дарс машғулоти 80 минут) Мавзуни ўқиб, оғзаки тушунтириш 15-20 мин Амалий машғулот шаклида ташкил этиш- 20-25 мин Муаммоли саволларни биргаликда муҳокама қилиш, хулосалаш 30-35мин Талабанинг вазифалари Кўпроқ маълумотларни эслаб қолиши ёки ёзиб олиши
Олган маълумотлар моҳиятини тушуниш етиши керак Энг муҳим ибораларга аҳамият бериш 1.2 расм. Интерактив услубда машғулотлар нисбати
bilan qarashlariga yo‘l qo‘ymaydi. Muhokama oxirida o‘qituvchi fikrlarni umumlashtirib, o‘z fikrini nazariy va amaliy isbotlab bayon etadi. AQLIY HUJUM.
Aqliy hujum uslubini birinchi bo‘lib bundan bir necha o‘n yillar oldin F.Osborn Aleks reklamasi orqali Batter, Barton, Dastin va Osborn firmalarida qo‘llagan. Keyinchalik ushbu uslubdan yirik xalqaro korporatsiyalar ham foydalana boshlashgan. Respublikamizdagi ta’lim muassasalarida ushbu uslubdan 2000 yillardan boshlab foydalanila boshlandi.
ilgari surilgan fikr iva g‘oyalarni tanqid ostiga olinmaydi va baholanmaydi; taklif qilinayotgan fikr va g‘oyalar qanchalik fantastik va antiqa bo‘lsa ham, uni baholashdan o‘zingizni tiying; tanqid qilmang! Hamma bildirilgan fikrlar bir xilda bebahodir; fikr bildirilayotganda gapni bo‘lmang; maqsad-fikr va g‘oyalar sonini ko‘paytirish; qancha ko‘p g‘oya va fikr bildirilsa, shunchalik yaxshi. YAngi, bebaho fikr va g‘oyaning tug‘ilish ehtimoli paydo bo‘ladi; agar fikrlar qaytarilsa, rad etmang; fikrlar hujumini o‘tkazish vaqtiga qat’iy rioya qiling; berilgan savollarga qisqacha javob bering.
Bu uslub oldindan mavjud bilimlar, mavzu bo‘yicha tushunchalar zahirasiga asoslanadi. O‘qituvchi asosiy (tayanch) so‘zni doskaga yozadi, talabalar asosiy so‘zni to‘ldiruvchi yoki ushbu so‘z echimiga bog‘liq so‘zlarni aytishadi. O‘qituvchi talabalar tomonidan aytilgan so‘zlarni “Klaster” atrofiga to‘plab, mantiqiy zanjir hosil qiladi.
Ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruxlarga ajratgan xolda o‘quv materiallarini urganish yoki topshiriqni bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish.
Talabalarda ma’ro‘zalar va mustaqil ta’lim jarayonida olgan bilimlari asosida nazariy ma’lumotlarni tizimlashtirishni, uni tasdiqlash, aniqlashtirish yoki rad qilish, qabul qilinayotgan ma’lumotlarning tushunarligini nazorat qilish, avval egallagan bilimlarini yangisi bilan bog‘lash qobiliyatlarini shakllantiradi. SHu sababli, ushbu uslub mavzu bo‘yicha rejadagi mashg‘ulotlar o‘zlashtirilgach, talabalar mavzuga oid bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgach qo‘llaniladi. O‘qituvchi mavzuning aniq mazmun va mohiyatini yoritib beradi va dars yakunida talabalarga ushbu mavzu bo‘yicha “Insert” jadvali asosida uyda mustaqil ishlashlari uchun topshiriq beradi. Talabalar ushbu jadval asosida darsda olgan bilimlarini o‘z bilimlari, real hayotiy tajribalari bilan taqqoslaydi, mavzu bo‘yicha mustaqil ishlab, yangi ma’lumotlar oladi, ularni matnda qo‘yilgan belgilar asosida jadvalga kiritadi.
V + - ?
«V» - ……… haqidagi bilimlarimga javob beradi; «+» - ……… haqidagi bilimlarimga qarama-qarshi; «-» - ……… yangi ma’lumotlar; «?» - ……… mavzuga oid tug‘ilgan savollar. FSMU TEXNOLOGIYASI.
Ushbu texnologiya tinglovchilarni o‘z fikrlarini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikriga boshqalarni ishontirishga, ochiq-oshkora bahslashishga, egallagan bilimlarni tahlil qilishi, ularni qay darajada egallaganligini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatadi. Ushbu texnologiya tinglovchilarga qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarini bayon etish tartibida amalga oshiriladi F – fikringizni bayon eting. S – fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating. M- ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring. U – fikringizni umumlashtiring. FSMU texnologiyasida mavzu bo‘yicha savol qo‘yiladi.
“BUMERANG” TEXNOLOGIYASI. Texnologiyaning tavsifi: Ushbu texnologiya tinglovchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrni erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘lish, hamda dars davomida o‘qituvchi tomonidan barcha tinglovchilarni baholay olishga qaratilgan. Texnologiyaning maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni tinglovchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari, bir-birlariga o‘qilgan axborotlarni to‘liq etkazish hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash, shuningdek, o‘quv jarayoni mobaynida har bir tinglovchining o‘z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish. Texnologiyaning qo‘llanishi. Amaliy, seminar yoki laboratoriya mashg‘ulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: Kichik guruhlar shakllantirish; Darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtirish; Kinolavha namoyishi shu kinolavha asosida mashg‘ulot mavzusi va mazmunini keltirib chiqarilishi so‘raladi. Mavzuga oid tarqatmalar har bir tinglovchiga tarqatiladi. Berilgan matnlar yakka tartibda o‘rganiladi. YAngi guruhlar shakllantiriladi. YAngi guruh a’zolari o‘rgangan matnlarini guruh a’zolariga tushuntirib beradilar. Tushuntirilgan matnlar mazmunini o‘zlashtirish darajasi o‘zaro nazorat orqali aniqlanadi. Birinchi shakllangan guruhga yig‘iladilar, va guruhlar o‘zlarining matnlaridan o‘zlashtirishni aniqlashga yordam beruvchi savollar to‘zadilar. Guruhlar o‘rtasida savol-javob va muloqotga kirishiladi. Guruh faoliyati baholanadi. «FIKRLARNING SHIDDATLI XUJUMI» METODI «Fikrlarning shiddatli xujumi» metodining moxiyati quyidagichadir: - gurux orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yabga chiqarishga ko‘maklashish. - talabalarda ma’lum gurux tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir. Bu metodni barcha yo‘nalishdagi fanlarga qo‘llash mumkin va quydagilarni o‘z ichiga oladi: - O‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha xamkorlikdagi ishni tashkil qilish. - «Arra» o‘zaro o‘qish texnikasi - Birgalikda o‘qish texnikasi - Uylang-juftlikda-ishlang-fikr almashing» texnikasi - Muammoni jamoali tarzda xal etishning usullari va vositalari. Amaliy mashg‘ulotlar uchun yuqorida keltirilgan «Fikrlarning shiddatli xujumi» metodiga tegishli – «O‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha xamkorlikdagi ishni tashkil etishni qo‘llash mumkin. O‘quv topshirig‘ini bajarish bo‘yicha xamkorlikdagi ishni tashkil qilish uch bosqichdan iborat va quyidagicha amalga oshiriladi:
O‘QUV TOPSHIRIG‘INI BAJARISH BO‘YICHA HAMKORLIKDAGI ISHNI TASHKIL ETISH 1 – bosqi O‘quv materiali, bajarish qoidalari, natijalarni baholash ko‘rsatkich va mezonlari, guruhda ishlash qoidalari bilan tanishadilar Guruhda ishlash qoidalari: - Har kim o‘z o‘rtoqlari nutqini hushmuomalalik bilan tinglash zarur; - Har kim faol birgalikda ishlashi, berilgan topshiriqga mas’uliyatli yondashish zarur; - Har kim yordamga muhtoj bo‘lganda uni so‘rash; - Har kimdan yordam so‘rasa, yordam qilishi zarur; - Har kim guruh ishi natijalarini baholshda ishtirok etishi zarur; - Har kim aniq tushunishi zarur: - Boshqalarga yorlamlashib, o‘zimiz o‘rganamiz! - Biz bir kemadamiz: yoki birga so‘zib chiqamiz yoki birga cho‘kamiz!
2 - bosqich
- Guruhdagi ishni rejalashtirishadi - Guruh ichida topshiriqlarni bajarishadi - Guruh mo‘zokarasini o‘tkazish qoidalariga asoslanib yakka tartibda erishilgan natijalarni mug‘okama qilishadi va guruh ishining umumiy natijasini shakllantirishadi - Taqdimot uchun birgalikda olib borilgan ish natijalarini tayyorlashadi - Ushbu material qismini boshqalar o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘zaro tekshiruv savollarini tayyorlashadi
- Muhokamani boshlashdan oldin muammosi, predmetini aniq shakllantirib oling. Muhokama eilayotgan muammoni barchalar tushuntirishlariga erishing. - Navbatma-navbat gapiring. Gapirayotganning nutqini bo‘lishni yo‘qotish zarur. Agar kimdir gapira boshlasa, qolganlar jim bo‘lishlari zarur. - E’tibor bilan tinglang, gapirayotganning fikrini tushinishga harakat qiling. E’tibor bilan tinglash ko‘rsatkichi – gapirayotganning fikrini, - pozitsiyasini o‘z so‘zlar bilan qayta aytish qobiliyati. - Gapirayotganning o‘z xurmatiga tegadigan, ayniqsa negativ yo‘nalishidagi, baholi mulohazalar (“yomon”, “yomon emas”, “bema’nilik” va boshqalar)ni olib tashlang. - SHaxsiy muloqotga o‘tmang, gapirayotganning xech qanday xolatda shaxsiy fazilatlariga (“sen nima butunlay karmisan?”) o‘tmasdan faqat gaplarini, tanqid yoki muhokama qilish mumkin. - Tanqid asosli bo‘lishi zarur, “Bu bo‘lmaydi” degan so‘zlarning o‘rniga “Sen masalani noto‘g‘ri tushunibsan” deng, qo‘shimcha qilishga intiling. E’tiborni xatolarda emas, balk taklifdagi rivojlantirish, qo‘shimcha qilish mumkun bo‘ladigan oqilona fikrni topishga yo‘naltirish zarur. - O‘tkazilgan tqhlildan qanday xulosalar qilish mumkin? - Muhokamaga yakun yasash va mo‘zokara natijalari etarli darajada barcha guruh a’zolarini fikolarini aniq ask ettirishga ishonch xosil qiling.
- Guruh a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini ko‘rgazmali vositalar yordamida taqdimot etadilar. - Boshqalar ushbu material qismini o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida o‘zaro tekshiru savollarini beradilar.
Joriy baxolar amaliy, labaratoriya va seminar mashg‘ulotlari uchun qo‘yiladi. Oraliq baxolar nazariy bilim uchun malum bir yoki bir necha mavzular tugallangandan keyin qo‘yiladi. YAkuniy baxolar yanni to‘liq o‘tib bo‘lgandan keyin ko‘yiladi. Baholash 100 % yoki 100 ballik tizimdan kelib chiqib amalga oshiriladi. Konchilik korxonalarida o‘tiladigan amaliyotlar quyida keltiriladigan tartibda tashkil qilinadi. Amaliyotni o‘tkazish uchun har bir o‘quv yilining boshida konchilik korxonalari bilan ikki nusxada ikki tomonlama shartnoma tuziladi. SHartnomada talim yunalishining yoki mutahassisligining shifri va nomlanishi, amaliyotning turi va muddati, hamda talabalarning soni ko‘rsatiladi. SHu bilan birga shartnoma tuzayotgan tomonlar va ularning majburiyatlari hamda umumiy qoidalar keltiriladi. SHartnoma ikki tomonlama imzolanib muhrlanadiyu Ushbu shartnomaga asosan amaliyotlarni o‘tash uchun ToshDTU bo‘yicha buyruq chiqariladi. Buyruqda guruhlar, amaliyot turi, talabalarning ismi, shariflari va soni, amaliyotlar o‘tiladigan konchilik korxonalari, tayyorlangan amaliyot rahbarlari va rahbarlik muddatlari keltiriladi. Amaliyot boshlanishidan oldin talabalar tibbiy ko‘rikdan o‘tib sog‘liklari to‘g‘risida malumotnoma oladilar. YAna talabalarga amaliyotni o‘tish to‘g‘risida yo‘l – yo‘riq berish suxbati o‘tkaziladi, bunda xayot faoliyati xavsizligiga amal qilish lozimligiga katta ahamiyat beriladi. Talabalarga amaliyotga borib ishga joylashishi, amaliyotni o‘tish va xisobot yo‘zish uchun amaliyotga
yo‘llanma, kundalik hamda amaliyot o‘tish dasturi bu uslubiy ko‘rsatmalar beriladi. Amaliyot rahbari talabalarni konchilik korhonalariga amaliyotga olib borib ishga joylashtiradilar, amaliyot o‘tilishini nazorat qiladilar, maslahatlar beradilar, muammolar kelib chiqsa hal qilishga yordam beradilar. SHu bilan birga amaliyotga rahbarlik qilish uchun kon korhonasi tomonidan tegishli buyruq bilan masul shaxs tayinlanadi. Bu rahbar talabalarning amaliyotdagi faoliyatlarini nazorat qiladilar, ish o‘rgatadilar, maslahatlar beradilar, xisobga malumotlar to‘plashda kelib chiqadigan muammolarni xal qilishda yordam beradilar. Amaliyotlarning boshlanishida talabalarga xayot faoliyati xavsizligi bo‘yicha darslar o‘tiladi va ular sinovdan o‘tadilar. Amaliyotda talabalar berilgan topshiriqlarni bajarish bilan birga OTMda olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar, kundalikni to‘ldirib boradilar va dasturga muvofiq xisobot uchun malumotlar to‘playdilar. Amaliyotning oxirida xisobotni rasmiylashtiradilar. Korxonadagi amaliyot razbari xisobotni ko‘rib chiqib qabul qiladi. Xisobotni va to‘ldirilgan kundalikni imzolaydi va bularga korxonaning muxri bosiladi. Talabalar amaliyotdan fakultetga belgilangan vaqtga qaytaradilar. Kafedraga machsus tuzilgan hayat azolari talabalardan amaliyoti xisobotini qabul qiladilar va baxo qo‘yadilar. O‘tilgan amaliyot bo‘yicha kafedrada hisobot tuziladi va ToshDTU ning amaliyot bo‘limiga topshiriladi. Kurs ishi va loyixasini bajarish uchun tegishli fan o‘qituvchisi kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan topshiriq beradi. Talaba kafedraga tuzilgan kurs ishi yoki loyixasi izox yozuvi va chizmalardan iborat bo‘ladi va belgilangan jalval bo‘yicha tegishla bilimlari tayyorlanib boradi. Tegishli fan o‘qituvchisi raxbar hisoblanadi va belgilangan vaqtlarda maslahatlar beradi va ishning bajarilishini nazorat qiladi. Maxsus tuzilgan hayat azolari talabalarning ishlarini qabul qiladilar va baxo qo‘yadilar. Bituruv malakaviy ishlarini va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash uchun talabalar mavzular tanlaydilar. Bu mavzular va raxbarlar ToshDTU bo‘yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu ishlarni bajarish uchun raxbar tomonidan kafedrada tasdiqlangan topshiriq beriladi. Topshiriqqa muvofiq ishni bajarish dasturi tuzib beriladi. Ishlarni bajarish uchun talabalarga alohida honalar ajratiladi. Bu honaga ishlarni bajarish jadvallar va boshqa kerakli malumotlar osib qo‘yiladi. Topshiriq va dastur asosida talabalar jadvalga muvofiq ishlarni tayyorlab boradtlar. Bahbarlar talabalarning faoliyatlarini nazorat qiladilar, tegishli maslahatlar beradilar. Kafedra majlislarida belgilangan vaqtlarda talabalar tomonidan bajarilgan ishlar hajmlari ishlab chiqiladi. Bituruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi tayyor bo‘lgandan keyin, talab qilinadigan shaklda zasmiylashtiriladi. Bajarilgan ishlarga rahbar taqriz yozadi. SHu bilan birga tegishli mutuxassislardan tashqi taqriz xam olinadi. Bu ishlarni himoya qilish uchun Davlat attestatsiya xayatlari azolari oldida bajargan ishlarini himoya qiladilar va baho oladilar. Kaedra tomonidan bituruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarning ximoyalari bo‘yicha xisobot yoziladi va o‘quv bo‘limiga topshiriladi.
ToshDTUning ichki tartib qoidalari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus talim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan. Oliy ta’lim muassasining odob-axloq qoidalariga muvofiq keladi.
Ushbu odob – axloq qoidalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi, “Talim to‘g‘risida”gi, “YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi va “Ahborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, “YOshlar yili”, “barkamol avlod yili davlat dasturlari”, oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining tegishli buyruqlari, OTMning ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umumetirof etilgan manaviy va ahloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan. Ushbu qoidalar ishlab chiqilishida O‘zbekiston Respublikasi talimga oid qonun xujjatlarida fuqarolarga talim, tarbiya berish, kasb – hunar o‘rgatishning xuquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilimi omildan iborat konstitutsiyaviy huquqini taminlashga, talim oluvchilarni manaviy – ahloqiy tarbiyalashning va marifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy jtishga qaratilganligi sababli OTMning asosiy funksiyasi talim va tariya berishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan. Ushbu qoidalar11 – bo‘limdan topgan bo‘lib; 1 – bo‘lim. Umumiy qoidalar 6 – banddan iborat . 2 – bo‘lim. Maqsad va vazifalar 2 – banddan iborat. 3 – bo‘lim. Jamoa azolarining odob – ahloqiga oid umumiy qoidalar 13 – banddan iborat. 4 – bshlim. Professor o‘qituvchilar va talabalarning talim – tarbiya munosabatlari 8 – banddan iborat. 5 – bo‘lim. Professor o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari 2 – banddan iborat. 6 – bo‘lim. Talabalarning o‘zaro munosabatlari 2 – banddan iborat. 7 – bo‘lim. Professor – o‘qituvchilarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari 8 – banddan iborat. 8 – bo‘lim. Talabalarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari 8 – banddan iborat. 9 – bo‘lim. Professor – o‘qituvchi va talabalar odob – ahloqida man jtilgan holatlar 15 – banddan iborat.
10 – bo‘lim. Mamuriyat, professor – o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasidagi odob – ahloqqa oid munosabatdar 6 – banddan iborat. 11 – bo‘lim. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi 2 – banddan iborat
Talabalarning huquq va majburiyatlari Talabalarning huquqlari. Bilim olish huquqi, talim – tarbiya olish huquqi, OTMning auditoriyalaridan, labaratoriyalaridan, axborot – resurs markazlari va ularning bo‘limlaridan, sport inshotlaridan foydalanish huquqi, ilmiy – uslubiy ishlarda qatnashish huquqi, ilmiy – amaliy anjumanlarda qatnashish xuquqi, stipendiya olish huquqi, jamoat ishlarida qatnashish huquqi, ziddiyat va muammoli vaziyatlar kelib chiqqanda amaldagi qonun doirasida o‘zining huquqini talab qilishi, sport musobaqalarida qatnashish huquqi. Talabalarning majburiyatlari. Talabalar darslarga qatnashishlari, kechikib kelmasliklari, sabasiz darslarni qoldirmasliklari lozim. O‘tiladigan fanlarni o‘zlashtirishlari, amaliy,labaratoriya ishlarini o‘z vaqtida bajarishlari, joriy va oraliq nazorat baholarini o‘z vaqtida olishlari kerak. Talabalarning tashqi ko‘rinishlari, kiyinishlari, odob – ag‘loq intizomlari OTMning odob – ahloq qoidalari talabalarga muvofiq bo‘lishi kerak. OTM odob – ahloq qoidalaridan - binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, talabalar professor o‘qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni oldin o‘tkazib yuborishlari lozim. - professor – o‘qituvchi auiditoriyaga kirganda barcha talabalar o‘rinlaridan turib salomlashishlari, so‘ngra o‘z joylarini egallashlari lozim. - talaba o‘zining nojo‘ya harakatlari bilan dars mashg‘ulotlarida halaqit bersa, professor – o‘qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni habardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashg‘ulotlardan chetlashishi mumkin. - talabada professor – o‘qituvchi bilan o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo‘lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni yani: - professor – o‘qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratni topshirishda yoki o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilangan vaqtda shug‘ilanishini ; - o‘zi muloqot qilmoqchi bo‘lgan professor – o‘qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familyasini aniq bilishi shart. - talaba oldindan kelishilmagan holda professor – o‘qituvchining xuzuriga kelsa, umumiy yoki o‘zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan yoki kelmagan bo‘lsa, professor – o‘qituvchidan hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas. - talabalarning o‘zaro munosabatlarida – yagona jamoa, o‘zaro hurmat va etibor, do‘stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim. - talabalar munosabatlarida inson qadr – qimmatiga hurmatsizlik qilish, shahsiyatini kamsitish, o‘zining intelektual mulkini o‘zlashtirib olish, qo‘pollik, behayo so‘zlar ishlatish, mushtlashish, o‘zgalarga manaviy, moddiy yoki jismoniy ziyon etkazish qatiyan man etiladi. Talabalarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari.
- hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko‘rsatib kirish; - hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi urnalarga tashlash; - ustozlar bilan duch kelganda salom berish; - zquv mashg‘ulotlari vaqtida hududda besabab yurmaslik; - OTM mulki (ko‘char va ko‘chmas mulki, o‘simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar) ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; - kiyinish va o‘zaro suhbat odoblariga rioya qilish; - mutasaddtlarning ruxsatisiz turli reklama vositalarini osmaslik; - maishiy tinchlikka rioya qilish; - narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar istemol qilinishi hamda tarqitilishiga qarshi kurashish. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida habar bermaslik javobgarlikka sabab bo‘lish alohida qayd etiladi. b) auditoriyada; - uyali aloqa vositalarini o‘chirib qoyish; - jixozlarga madaniy munosabatda bo‘lish, partalarga yozmaslik; - qog‘oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmalik; - ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik; v) umumiy ovqatlanish joylarida; - taomlarni olishda navbat taribiga rioya qilish; - tirbantlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatish; - ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik; - umumiy ovqatlanish shahobchasida belgilargan tartib – qoidalarga rioya qilish; g) axborot resurs markazida; - ARM hodimlari bilan hushmuomalada bo‘lish; - kitoblar va jihozlarga extiyotkorona munosabatda bo‘lish; - baland ovozda so‘zlashmaslik va atrofdagilarga halaqit bermaslik; - kog‘oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik; - kitoblarni olish va topshirish tartib – qoidalariga rioya qilish; d) talabalar turar joylarida; - mavjud jixozlarni asrash, ularga zarar etkazmaslik; - elektr – energiyasi, gaz va suv resurslaridan tejamkorona (oqilona) foydalanish; - sanitariya va gigiena xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;
- talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari” ga qatiy rioya qilish; s) sport majmualarida - sport majmuasiga xos bo‘lgan kiyim va poyabzallarda kirish; - sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish; - mashg‘ulotlardan keyin spotr inventarlarini belgilargan joylarga qayta topshirish; - spotr majmuasining belgilangan tartib – qoidalariga rioya qilish; j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish joylarida; - o‘rindiq va boshqa jixozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo‘lish; - ommaviy tadbirlar vaqtida xushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashtdan oldin sabasiz chiqib ketmaslik; - uxlab o‘tirmaslik, bir – biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bermaslik; SHuningdek - turli davralarda o‘zining namunaviy xulqi va bilimi bilan OTM haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish; - doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash; - OTM manfati, uning shani va shonli ananalari, obro‘si hamda nufuzi to‘g‘risida qayg‘urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; Talabalarga - professor – o‘qituvchilarga qo‘pollik qilish, mash0ulotlar vaqtida asossiz gapirish; - professor – o‘qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish; - yolg‘on gapirish, g‘irromlik yoki professos – o‘qituvchilarni chalg‘itish bilan bog‘liq har qanday hatti – harakatlar qilish; - yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga doir boshqa tartib – tamoyillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish; - boshqa shahslar tomonidan tayyorlanadigan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o‘z nomidan topshirish; - mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborish va kechikib kelish; - mashg‘ulot vaqtida professor – o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib ketish; - boshqa talabaning say – harakatlariga qasddan ztyon yetkazish; - moddiy jihatdan yaxshi taminlanganligini turli yo‘llar bilan ko‘z –ko‘z qilish qatiyan man etiladi. Talabalarning jamoat ishlaridagi faoliyatlari. Kafedra “Komolot” xarakati, kasaba uyushmasi tashkiloti tomonlaridan tashkil qilinadi. Talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ko‘rik – tanlovlarda, ilmiy anjumanlarda, sport musobaqalarida, obodonchilik ishlarida va hasharlarda qatnashadilar. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari mutaxssislarni tayyorlashning sifatini oshirish uchun qo‘llaniladigan yuqori ahamiyatli vositalardan biri hisoblanadi. Talabalarning ilmiy ishlariga jalb qilish, ularning ijodiy va faoliyat imkoniyatlaridan xalq xo‘jaligidagi dolzarb masalalarini echishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlarida ilmiy va texnikaviy masalalarni mustaqil ravishda echishda qo‘llaniladigan uslub va vositalarni, ilmiy jamoalarda ishlash kshnikmalarini o‘rganish, asosiy maqsad xisoblanadi. Ishlashni tashkil qilish usullari bilan tanishtirish asosiy maqsad hisoblanadi. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari. O‘quv jarayonining davomi va uni chuqurlashtirish xisoblanib, bevosita kafedralarda, muammo va soha labaratoriyalarida, talabalarning konstruktorlik, texnologik to‘garaklarida tashkil qilinadi. Talabalarning va professor – o‘qituvchilarning talim – tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari “Ustoz - shogird” milliy ananalariga asoslanadi. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlariga OTMning professor o‘qituvchilari rahbarlik qilishadi. YAna rahbarlik qilish uchun ilmiy tekshirish muassasalari xodimlari ham jalb qilinishi mumkin. Talabalarning ilmiy – tadqiqot ishlari o‘quv jarayoniga kiritiladigan va o‘qishdan tashqari amalga oshiriladigan ilmiy – tadqiqot ishlaridan tashkil topadi. O‘quv jarayonidagi ITI quydagilarni ko‘zda tutadi; ilmiy izlanish elementlari bor labaratoriya ishlari, kurs va bitiruv malakaviy ishlari topshiriqlarini bajarish, o‘quv va malakaviy amaliyot vaqtida ilmiy – tadqiqot xarakeriga ega bo‘lgan noananaviy topshiriqlarni bajarish, “ilmiy tadqiqot asoslari” fani bo‘yicha uslubiyatning nazariy asoslari, ilmiy – tadqiqot masalalarini qo‘yish, tashkil qilish va bajarishni, ilmiy tajribalarni rejalash va tashkil qilish, ilmiy ko‘rsatkichlarni qayta ishlash va xokazolarni o‘rganish. O‘qishdan tashqari amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqot ishlari quydagi shakllarda tashkil qilinadi: talabalarning ilmiy tshgaraklarida ishlar qilish, talabalarning davlat granti yoki xo‘jalik hisobi bo‘yicha bajariladigan ishlarda qatnashishi, korxonalar bilan tuziladigan ijodiy hamkorlik ishlarida, talabalar konstruktorlik byurolarida qatnashishdir. Talabalarning ilmiy to‘garaklari kafedralarda tashkil qilinadi. To‘garakda talabalar o‘zimizda chiqarilgan xorijiy maxsus adabiyotlarni taxlil qiladilar va o‘rganilgan adabiyotlar bo‘yicha annatsiyalar va referatlaryozadilar, ilmiy tajribalar shtkazish olingan natijalarni qayta ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar, ko‘rgazmali vostalarni, labaratoriya stendlarini va boshqa texnik vositalarni loyihalash va yasashda qatnashadilar yoki o‘zlari bajaradilar. Tegishli mavzular bo‘yicha axborotlar tayyorlab to‘garak yig‘imlarida, kafedraning ilmiy seminarlarida qatnashadilar. Bu ishlarni bajarish bo‘yicha topshiriqlarda ijodiy va ilmiy izlanish elementlari ko‘zda tutilishi kerak. Talabalarni odatda kafedraning ilmiy tadqiqot ishlarini bajaruvchilar safiga qabul qilinadilar. Talabalar konstruktorlik byurolari OTM yoki kafedralarda tashkil qilinadi va o‘zining faoliyatini jamoada, tashkiliy va ijodiy ishlar bo‘yicha talabalarning ko‘nikmalar egallashiga yo‘naltiradi, shuningdek kafedraga, labaratoriyaga, korxonalarga, ilmiy tashkilotlarga, ilmiy tekshirish va loyixa konstruktorlik ishlarini bajarishda amaliy yordam ko‘rsatishga yonaltiriladi. Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishi xisobot taqdimoti va ilmiy anjumanlarda axborotlar berish bilan yakunlanishi lozim bo‘ladi.
1. O‘quv jarayonini tashkil qilishda qaysi omillarga etibor qaratish kerak. 2. O‘kitishning modul tizimiga nima? 3. O‘kitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligini tushintiring? 4. Interaktiv o‘qitishni tushintiring? 5. Aqliy hujum uslubining asosiy qoidalari aytib o‘ting 6. “Klaster” (tutam, bog‘lam) metodini tushintiring 7. “BUMERANG” TEXNOLOGIYASI da mashg‘ulot o‘tkazish tartibini tushintiring 8. «Fikrlarning shiddatli xujumi» metodining mohiyatini tushintirng 9. Talabalarning odob – ahloqqa oid majburiyatlari nimalardan iborat 10. Talabalarning jamoat ishlaridagi faoliyatlari kimlar tomonidan tashkil etiladi Download 390.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling