4.6-rasm. Gaz do’ppisi bosim harakati tasviri.
|
|
|
|
4.8 - rasm. Sun’iy gaz bosimi rejimi
|
|
|
4.5. Qatlamning taranglik energiyasi.
Qatlam yer yuzasi bilan bog’lanmagan holatlarda ham, katta hajmli tizimlarda uyumni ishlatishning dastlabki davrida hal qiluvchi energiya sifatida tog’ jinsi va unda joylashgan suyuqlikning taranglik kuchlari bosim pasayishi sari ta‘sir qila boshlaydi.
Uyumda bosim pasayishi bilan neft va suvning hajmi kengayadi, g’ovaklik kanallari esa torayadi, quduqqa nisbatan siqib chiqarilgan neft o’rnini suv egallaydi.
Qatlam suv bosimi tizimining taranglik kengayishi miqdori kichik bo’lishiga qaramay (1/700 dan 1/50000 gacha) bu hodisa katta maydonni egallagan neft konlarini ishlatishda alohida ahamiyatga ega.
Ayrim hollarda qatlamning taranglik energiyasi zaxirasi uyumdan katta miqdordagi neft olishni ta‘minlaydigan mustaqil manba sifatida xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |