Fera orolidan topilgan qaqimgi yunon yozuvi. - Harf-tovush vozuvining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob bo’gan. Bu yo‘nalishdagi ilk yozuv turi finikiy yozuvi edi. Finikiy alifbosining paydo boiishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olg‘a qo‘yilgan qadam bo’ldi. Birinchi marta sof tovush yozuvi sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirdi.
- Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqaldi. Bu jarayon miloddan avvalgi IX asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lgan qo‘shni xalqlar mazkur yozuv bilan tanishib, tez orada uni o‘z tillariga moslashtirib olganlar. Hozirgi kunda bizga ma’lum bo’lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlaming 4/5 qismidan ko‘progi finikiy yozuvidan kelib chiqqan.
- 3-§. O’zbek xalqining yozuv tarixi. Alifbo va imlo masalasining davlat ahamiyatiga molik ekanligi.
- 1. Eramizdan oldingi IV-V asrlarda O’rta Osiyoning Eronga yaqin hududlarida rasmiy yozuv sifatida mixxat yozuvi ishlatilgan.
- 2. Hozirgi eramizdan boshlab, taxminan VI asrgacha so'g'd yozuvi ishlatilgan.
- 3.V — VIII asrlar davomida turkiy halqlar O'rhun-Enasoyyozuvidan foydalanishgan.
- 4.VI-VII asrlardan to XV asrlargacha turkiy va mo'g'illar uyg'ur yozuvidan foydalashgan.
- 5.720 — yildan arab yozuvi tarqala boshlagan. Xalqimiz taxminan 1200 yildan ko'proq vaqt davomida arab alifbosidan foydalangan.
- 6. 1929 — yildan lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o'tilgan edi.
- 7. 1940 — yildan boshlab esa rus(krill) grafikasi asosida yangi o’zbek alifbosiga o'tilgan edi.
- 8. 1993 — yil 2 — 3 sentabrda bo'lib o'tgan Oliy Kengashning 13-sessiyasida o'zbek yozuvini lotin alifbosiga o'tkazish to'g’risida qonun qabul qilindi.
- Oʻzbekistonda 1929-yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik. Arab alifbosi:
Do'stlaringiz bilan baham: |