4-ma’ruza. O’simliklarning noqulay omillariga chidamliligi Reja


O’simliklarning past haroratga moslashuvi


Download 56.79 Kb.
bet7/8
Sana02.06.2024
Hajmi56.79 Kb.
#1833652
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
4-ma\'ruza (1)

O’simliklarning past haroratga moslashuvi. O’ta sovuqqa chidamli o‘simliklar past salbiy harorat ta'sirini bartaraf qilishga yoki uni kuchsizlantirishga qodirdirlar. Bu holatga quyidagi uchta hoi sabab bo‘ladi.
1.Hujayra ichida muz hosil bo’lmasligi uchun undagi suv tezlikda hujayra tashqarisiga chiqarib yuboriladi. Bu membrananing yuqori o‘tkazuvchanligi tufayli sodir bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida membranadagi lipidlar xossasi tufayli sodir bo‘ladi. Jumladan, to‘yinmagan yo g ‘ kislotalarining membranadagi miqdori oshishi tufayli bo‘ladi. To‘yinmagan yog‘ kislotalari miqdorining oshishi lipidlarning suyuq-zarracha holatidan gel (qattiq) holatga o‘tish haroratini pasayishiga olib keladi. Bu holat o‘z navbatida o‘ta sovuqqa chidamli o‘simliklarda hujayralar muzlaganda membranalaming yuqori o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi.
2.Krioprotektorlar, ya’ni to‘qimalami himoya qiluvchi moddalar sintezining kuchayishi. Masalan, suv bog‘lovchi gidrofil oqsillar, mono- va oligosaxaridlar. Bu moddalarga qobiq holatda bog‘langan suv muzlamaydi va hujayra tashqarisiga tashilmaydi. Bu holat hujayralar ichida muz hosil bo‘lishdan va ulaming haddan tashqari. suvsizlanib qolishidan saqlaydi. O‘ta sovuqqa chidamli o‘simIiklarda past haroratda kraxmalning parchalanishi kuchayib ketadi. K o‘pgina o‘simliklar hujayralarida suvda eruvchi oqsillar miqdori oshib ketadi. Qandlar va eruvchan oqsillar miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, o‘simlikning o‘ta sovuqqa chidamliligi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shuningdek. polimerlaming boshqa bir,tipi-gem etselluzlar (ksilanlar, arabinoksilanlar) ham past haroratga chidamliligini oshiradi. gemitsellulozaning miqdori ham krooprotektor sifatida muhimdir. Ular u muz zarrachalarini o‘rab olib ulami kattalashishiga y o‘l qo‘ymaydi. Burring natijasida muzning kichik ferisstallari yuzaga keladi va ular hujayra hamda to‘qimalami kamroq zararlanishiga olib keladi.
3. o’ta sovuqqa chidamli o‘simliklarda qishga tayyorgarlik davrida zaxira oziq moddalar ko‘p to‘planadi. Bu moddalarda o‘simlik sovuq tugaganidan so‘ng o‘sish va rivojlanishni boshlashda foydalaniladi.
o’simliklarning sovuqqa chidamliligini ulami chiniqtirish yo‘li bilan oshirish mumkin.



Download 56.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling