4 ma’ruza. Qiymat va o’zgaruvchilarni ifodalash. Reja
Download 226.8 Kb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Serverli MBBT.
Stol MBBT. Stol MBBT lari nisbatan kichik masalalar (qayta ishlanadigan
ma`lumotlarning katta bo`lmagan miqdori, kam sonli foydalanuvchilar) uchun ishlatiladi. Shuni inobatga olgan holda bunday MBBT lar nisbatan sodda arxitekturaga ega, xususan, fayl-server rejimida ishlaydi va MBBT larning barcha funktsiyalarini (masalan, tranzaktsiya jurnali yuritilmaydi, ishdagi xatoliklarda avtomatik ravishda MB ni tiklash mavjud emas va h-zo) qo`llab – quvvatlamaydi. SHunday bo`lsada, bu tizimlar keng qo`llanish sohasiga ega. Bular, ba`zi bir kichik davlat korxonalari, ta`lim sohasi, xizmatlar sohasi, kichik-o`rta biznes va h-zo sohalardir. Bu tizimlar ma`lumotlar hajmi juda ham katta bo`lmagan, ma`lumotlarni o`zgartirish tebranishlari etarlicha yuqori emas, tashkilot asosan kichik radiusni qamrab oladigan (asosan bir yoki bir necha binoni qamrab oladi), foydalanuvchilar soni birtadan 15 tagacha bo`lgan sohalar uchun qulaydir. Bu turdagi tizimlarning boshlang`ich tipi dBase dir. Keyinchalik dBase III – PLUS (Achton-Tate firmasi), Clipper (Nantucket Inc. firmasi), FoxPro (Fox Software firmasi), FoxBase+ (Fox Software firmasi), Visual FoxPro (Microsoft firmasi) tizim-kompilyatorlari yaratildi. eng keng miqyosda PARADOX (Borland International firmasi) MBBT ishlatilgan. Oxirgi yillarda keng miqyosda ishlatilayotgan MBBT Microsoft Access dir. Serverli MBBT. Yirik tashkilotlar uchun «fayl-server» texnologiyasi, stol MBBT lari kamchiliklari tufayli o`rinli emas. Shuning uchun, maxsus server MBBT lari yaratilgan. Bu singari tizimlarni yaratishda dunyoning 3 ta yirik korporatsiyasi etakchilik qilishmoqda. Ular Oracle, Microsoft va IBM. Bu korporatsiyalarning MBBT sotuvi (IDC Report, 2006 yil may oyi ma`lumoti) nisbati: Eng ko`p tarqalgan «mijoz-server» texnologiyali MBBT Oracle (Oracle kompaniyasi), MS SQL Server (Microsoft kompaniyasi), DB2 , Informix Dynamic Server (IBM kompaniyasi) hisoblanadi. MS Access MBBT da MB, bog`lanishlar, so`rovlar, formalar, hisobotlar va turli ob`ektlar jismoniy nuqtai nazardan bitta faylda joylashadi. Bu faylni ixtiyoriy kompyuterga ko`chirib o`tkazib, belgilangan ishlarni bajarish mumkin. MS Access MBBT asosan «Fayl-server» arxitekturasi asosida ishlaydi. Loyihasi yaratilgan MB ni kiritishga o`tishdan oldin qattiq diskda MB faylini saqlash uchun ixtiyoriy nom (masalan BAZA) bilan fayl yaratiladi. (MS Word, MS Excel va MS PowerPoint larni o`rganishda hujjatlar bilan, ularni saqlamasdan ishlash mumkin, ammo MS Access da bu hol mumkin emas.) Download 226.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling