7.14 – chizma.
Berilgan ikki uch yon yoqli prizmaning biri – to’g’ri gorizontal proeksiyalovchi vaziyatda , ikkinchisining yon qirralari profil proeksiyalovchi vaziyatga ega. Ikki prizma sirtlarining kesishish chizig’ining gorizontal proeksiyasi ma’lum bo’lib, u gorizontal proeksiyalovchi prizmaning asoslari bilan ustma-ust tushadi. Shu x, m, z, y, n nuqtalarni belgilab olib yordamchi frontal Q, T, R, P tekisliklar o’tkazamiz. Yordamchi T frontal tekislik bir prizmaning chap qirrasini, ikkinchi prizmaning 1, 2 yasovchilarini kesib o’tib, natijada ikki prizma sirtining kesishish chizig’iga tegishli bo’lgan m’, n’ nuqtalarni beradi. Qolgan x’, y’, z’ nuqtalar ham shu tartibda topiladi.
Hosil qilingan nuqtalar o’zaro tutashtirilib, ikki prizma kesishish chizig’ining frontal proeksiyasini hosil qilinadi. Bu erda m’– x’- n’ siniq chiziq kuzatuvchiga ko’rinadi, m’-z’-y’-n’ siniq chiziq ko’rinmas bo’ladi.
Misol: Togri prizma sirti bilan piramida sirtining kesishish chizigi proeksiyalari chizilsin (7.15-chizma). Bu misol mexanika talim yonalishidagi talabalarning mustaqil-grafik ishi bolib, A,B,C,D piramida va E,K,U,Q prizma (X,Y,Z) koordinatalari millimetrlarda variant asosida beriladi.
7.15 – chizma.
To’g’ri prizma sirti gorizontal proeksiyalovchi vaziyatda bo’lgani uchun prizma va piramida sirtlarining o’zaro kesishish chizig’ining gorizontal proeksiyasi ma’lum bo’ladi, ya’ni prizma yoqlarining piramida qirralari bilan uchrashgan nuqtalarini belgilab olamiz. Prizmaning E qirrasidagi 6,8 nuqtalarni topish uchun yordamchi proeksiyalovchi P tekislik o’tkazamiz. Кesishish chizig’iga tegishli nuqtalarni frontal proeksiyasini aniqlash uchun vertikal bog’lovchi chiziqlardan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |