4-маруза. Товар пул муносабатлари


Sotish vaqtida va kafolatlangan muddatda tekin servis xizmati ko‘rsatish


Download 23.26 Kb.
bet3/8
Sana02.06.2024
Hajmi23.26 Kb.
#1836643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3.RAQOBAT VA MONOPOLIYA

3.Sotish vaqtida va kafolatlangan muddatda tekin servis xizmati ko‘rsatish.
4.Marketing - uning vositasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtirishga harakat qilinadi.
5.Reklama, tovar belgilari, firma muhirlari hamda qadoqlash usullari tovarlar jozibadorligini oshirish va sotish hajmining ko‘payishini rag‘batlantirishning muhim yo‘llari hisoblanadi.
Narxsiz raqobatlashish:
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko‘p sonli korxonalar mavjud boTadi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar bo’lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta korxonadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud mahsulot va xizmatning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot va xizmatning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Oligopoliya-tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalaming mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. K o‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, aluminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar-fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilami ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.

Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling