4-маруза. Товар пул муносабатлари


Download 23.26 Kb.
bet5/8
Sana02.06.2024
Hajmi23.26 Kb.
#1836643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3.RAQOBAT VA MONOPOLIYA

Kartel -bir tarmoq korxonalarning ittifoqi bo‘lib, uning ishtirokchilari to‘liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi, sotish bozorlari va baholari to‘g‘risida kelishib oladi. Sindikat- bir turdagi maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashmasi bo‘lib, uning a'zolari ishlab chiqarish sohasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki sifatida sotiladi. Trest — ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgaliqda egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo‘lib, foyda qo‘shilgan kapital hajmiga qarab taqsimlandi. Konsorsium - tadbirkorlaming yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish). Konsern – formal mustaqqil korxonalar ittifoqi bo‘lib, uning doirasida bosh firma barcha qatnashchilar ustidan moliyaviy nazoratni tashkil qiladi.


MONOPOLIYANING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat:
Tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish, yuqori narxlarda sotish va bozordagi mavqeini mustahkamlash orqali eng ko‘p foyda olishga qaratiladi.
Resurs egalari o‘rtasidagi raqobat:
O‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish orqali ko‘proq omilli daromadga ega bo‘lishga qaratiladi.
Iste'molchilar o‘rtasidagi raqobat:
Daromadlarning mavjud darajasida ko‘proq miqdordagi tovarlarni sotib olishga, ya'ni sarflagan puli evaziga ko‘proq naflilikga ega bo‘lishga qaratiladi.
MONOPOLIYALARNING AFZALLIKLARI
Mahsuloti odatda, yuqori sifat bilan ajralib turadi
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va resurslarni tejash imkonini beradi
Ishlab chiqarishni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida rivojlantirish uchun katta moliyaviy mablag‘larga va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘ladi

MONOPOLIYANING SALBIY TOMONI SIFATIDA QUYIDAGI JIXATLARNI KO‘RSATISH MUMKIN:

  • 1) Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi- Monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun'iy ravishda ishlab chiqarishni cheklashi narxlarning ko‘tarishi, pirovard natijada resurslardan foydalanish va ularni taqsimlash samaradorligining pasayishiga olib keladi.
  • 2) Daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi-bu holat ham narxlar-ning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi;
  • 3) Iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi- Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo‘shimcha urinishlarsiz o‘zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin.
  • 4) Iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi- Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to‘sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo‘lgan korxonalarni o‘zlariga bo‘ysundirishlari, o‘z xodimlarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to‘lash, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarish, o‘ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o‘z mahsulotini iste'mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi kamsituvchi shartlarini ko‘ndalang qo‘yishlari mumkin.


Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling