4-маруза. Товар пул муносабатлари


Resurslarni joylashtirish vazifasi-ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi


Download 23.26 Kb.
bet2/8
Sana02.06.2024
Hajmi23.26 Kb.
#1836643
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3.RAQOBAT VA MONOPOLIYA

2. Resurslarni joylashtirish vazifasi-ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi.
3. Innovatsion vazifasi - fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subyektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
4. Moslashtirish vazifasi - korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining kengayishiga o ‘tishini
bildiradi.
5. Taqsimlash vazifasi - ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi yalpi ichki mahsulotning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
6. Nazorat qilish vazifasi - bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘matishiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltiriladi.
Milliy xo‘jalik doirasidagi raqobat – natijasida o‘rtacha narxlar va bozor sub'ektlarining yalpi milliy (ichki) mahsulotdagi ulushi aniqlanadi.
Jahon xo‘jaligidagi raqobat – turli davlatlar milliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlash uchun boradi va uning natijasida alohida tovarlarning jahon narxlari shakllanadi
Tartibsiz (stixiyali) raqobat – bozor kuchlarining ta'sirida tabiiy ravishda ro‘y beradi.
Tartibga solinadigan raqobat – madaniylashgan tarzda va ma'lum me'yorlar doirasida sodir bo‘ladi.
Narxning raqobat vositasi sifatida qo‘llanilish darajasiga qarab;
narx yordamidagi va narxsiz raqobat ajratiladi.
1. Tovar sifatini tabaqalashtirish - bir xildagi ehtiyojni qondiradigan va bir turga mansub bo‘lgan tovarlar turlicha iste'mol xossalariga ega bo‘ladi.
2.Tovarlarni kreditga sotish - tovarlar nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchi o‘z tovarlarini narxini kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib, raqiblaridan ustun kelishi mumkin

Download 23.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling