4-ma’ruza X. K. Qarshiboyeva tipi sbot btpii


Download 14.23 Kb.
bet4/6
Sana26.10.2023
Hajmi14.23 Kb.
#1723803
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-ma’ruza sbot tipi btpii

Yaponiya mamlakatining boshlang’ich ta’limi o’ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur mamlakatda boshlang’ich ta’lim 6 yil bo’lib, davlat va xususiy boshlang’ich maktablarga bo’linadi. Yaponiya boshlang’ich ta’limida milliy g’oya ustuvor bo’lib, unda yapon tili eng mukammal til sifatida o’rgatiladi.

Yaponiya boshlang’ich ta’lim maktablari raqam belgilanmaydi, aksincha maktab maksub hudud nomi bilan yuritiladi. Misol uchun, birgina Tokiyada mingdan ortiq “Tokiya boshlang’ich maktabi” deb yuritiluvchi boshlang’ich ta’lim muassasalari mavjud. Ayni paytda, xususiy boshlang’ich ta’lim maktablarida ba’zida o’g’il bolalar va qiz bolalar alohida-alohida o’qitiladi.

3.Boshlang ‘ich ta’lim samaradorligini integratsion baholash.

Integratsion baholash - o’qitishning maqsad va omillarini bir butun tarzda birlashtirib baholash jarayonidir. Bunday baholash jarayonida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratiladi:

  • bilimlarni tizimli o’zlashtirish;
  • har bir fanni kutilgan darajada o’zlashtirish;
  • o’zlashtirganlarni amaliyotda qo’llay olish;
  • o’zlashtirish natijasida axloq va dunyoqarash jihatidan rivojlanib borish.

Boshlang’ich ta’limni integratsion baholash quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi:

  • boshlang’ich ta’limni tashkil etish sharoitlari;
  • boshlang’ich ta’limni tashkil qilish asoslari;
  • boshlang’ich ta’limning samaradorlik darajasi;
  • boshlang’ich ta’limning pedagog kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasi.
  • Ushbu talablar asosida ta’limni integratsion baholash amalga oshiriladi. Bunda davlat baholash tashabbuskori hisoblanadi.

O’zbekistonda xususiy shakldagi boshlang’ich ta’lim maktablari ham rivojlanib bormoqda. Ular boshlang’ich ta’lim davlat standartlariga asosan faoliyat yuritadi. Ayni paytda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan har 3 yilda xususiy boshlang’ich ta’lim maktablari yuqorida ta’kidlangan talablar asosida tekshirilib boriladi.


Download 14.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling