- - boshlang‘ich ta’limni amalga oshirishda milliy mafkuraga asoslanish;
- - hamkorlikning keng yo‘lga qo‘yilganligi.
Amerika qit’asida: - Amerikaning barcha shtatlarida quyidagi shakldagi boshlang’ich ta’lim maktablari faoliyat yuritadi: - -federal (davlat) boshlang’ich ta’lim maktablari;
- -xususiy boshlang’ich ta’lim maktablari;
- -mintaqaviy boshlang’ich ta’lim maktablari.
Barcha shakldagi boshlang’ich maktablarda yagonalashtirilgan o’quv fanlari o’qitiladi. Kanada boshlang’ich ta’limida ham davlat va xususiy boshlang’ich ta’lim maktablari faoliyat yuritadi. Ayni paytda, 1-2 sinflar kichik sinflar va 3-4-sinflar katta sinflar deb yuritiladi. Har bir o’quv fani mutaxassis o’qituvchi tomonidan o’qitiladi. Barcha o’quv fanlari “Antropologiya”fani tarkibi hisoblanadi. Kanada boshlang’ich ta’limida davlat ta’lim standarti yo’q. Shu sababli xususiy boshlang’ich ta’lim maktablari o’zlarining o’quv dasturlariga ega. Braziliya mamlakatida boshlang’ich ta’lim g’oyasida Ispaniya ta’lim modelining ta’siri mavjud. Mazkur mamlakatda boshlang’ich ta’lim 1-5 sinflar hisoblanadi va boshlang’ich ta’lim olish majburiy. O’rta umumiy ta’lim esa majburiy emas. Braziliya boshlang’ich ta’limida aniq fanlarning ustuvor o’qitilishi ko’zga tashlanadi. Bunda Matematika, Algebra kabi fanlar boshlang’ich ta’limda keng o’qitiladi. Shuningdek, o’quvchilar dastlabki bosqichda Astronomiya asoslari bilan ham tanishtiriladi. Braziliya boshlang’ich ta’limi yoz, kuz va bahor oylarida amalga oshiriladi. - Osiyo mamlakatlarida Rossiya Federatsiyasi boshlang’ich ta’limining ta’siri kuchli. Rossiyada istiqomat qiluvchi xalqlarning tillarida ham boshlang’ich ta’lim amalga oshiriladi. Misol uchun, Tatariston Respublikasida rus tili bilan birgalikda boshlang’ich ta’limda tatar tili ham o’qitiladi va shuningdek, bu Respublikada boshlang’ich ta’limda dastlabki bosqichda islom dini asoslari ham o’qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |