4-ma’ruza X.K.Qarshiboyeva Reja: 1.Boshlang‘ich ta’limda integratsion darslar. 2.Rivojlangan davlatlarda boshlang‘ich ta’limni integratsiya asosida tashkil etish tajribalari 3.Boshlang ‘ich ta’lim samaradorligini integratsion baholash. 1.Boshlang‘ich ta’limda integratsion darslar. Integratsion dars – bu mavzularni va mashg’ulotlarni hamkorlikda, mutaxassislar ishtirokida va o’quvchilar faolligida o’tish jarayonidir. Integratsion darslarning maqsad – muddaosi quyidagilarga qaratiladi: - a) o’quvchilarning aqliy va emotsional qobiliyatlarini mutaxassislar ishtirokida rivojlantirish (misol uchun, bu borada maktab psixologining ishtiroki muhim hisoblanadi);
- b) o’quvchilarning irodasini rivojlantirish va ularni stresslardan muhofaza qilish (misol uchun, bu borada maktab shifokorining yordami ahamiyatli hisoblanadi);
- v) o’quvchilarning o’ziga ishonchini rivojlantirish (misol uchun, bu borada maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisining yordami muhimdir);
- g) o’quvchilarning individual xarakterini rivojlantirish (misol uchun, bu borada maktab ona tili va adabiyot o’qituvchisining yordami ahamiyatga ega).
Integratsion darslarni tashkil qilishda maxsus tayyorgarlik ko’riladi. Bunday darslar har bir o’quv fanining 10-15 foiz mavzularini qamrab olishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Integratsion darslarning didaktik asoslari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |