4-mashg’ulot Landshaft kartasini mazmuni bilan tanishish Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar
Download 27.8 Kb.
|
1 2
Bog'liq4-amaliy (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Landshaft kurinishiga
- Yer yuzida landshaftlarning mintaqaviyligi
- Nazorat savollari.
Landshaft tipiga: ayrim tuproq iqlim mintaqasida shakllangan maydonlar kiradi (o’rmon-cho’l, cho’l mintaqasi va h.k.).
Landshaft tipchasiga: mintaqacha va provinstial xususiyatlarga ega bo’lgan maydonlar kiradi. Masalan, tekislik-cho’l tipidagi hudud, shimoliy tekislik-cho’l janubiy tekislik-cho’ldan landshaftni izohlovchi xusu- siyatlari bilan ajralib turadi. Landshaft kurinishiga: tipcha hududidagi tabiiy majmualari bir xil ta’sir etuvchi, bir-biriga o’xshash belgili relefga ega bo’lgan maydonlar kiradi. Antropogen landshaftlar. Tabiiy landshaftlarning tarkibi va kurinishini inson idroki va mehnati ta’siri natijasida o’zgarishi antropogen landshaftlarning shakllanishiga olib keladi. Antropogen landshaftlar yagona ko’p komponentlik hosilalar hisoblanadi va tabiiy qonuniyatlar bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Inson e’tiboridan chetda qolgan antropogen landshaftlar tabiiy holatga qaytishga intiladi. Inson ta’sirida o’zgarish darajasi va yo’nalishiga qarab antropogen landshaftlar to’rtga bo’linadi: 1. Shartli o’zgarmagan. Kam o’zgargan. Kuchli o’zgargan (buzilgan). Maqsadga muvofiq o’zgartirilgan. Atropogen landshaftlar vaqt o’tishi bilan o’zgarishiga qarab: uzoq muddat o’zini-o’zi boshqaradigan, masalan, suv omborlari; ko’p yil davomida boshqariladigan; qisman boshqariladigan (ixota daraxtzorlari); qisqa muddat boshqaradigan (mevali daraxtzorlar)ga bo’linadi. Tipologik nuqtai nazardan antropogen landshaftlar tabiiy landshaftlar kabi tabiiy omillar asosida emas, balki inson ta’sirida ifodalangan asosiy omillarni inobatga olgan holda tasniflanadi. Hududning landshaft kartasini tuzganda qo’yidagi tipologik birliklar qo’llaniladi: sinf, tip, kurinish. Bunday karta tashqi ko’rinishi buyicha alohida belgilarga ega bulgan tabiiy chegaralangan past-balandliklar majmuasidir. Antropogen landshaftlar ikki sinfga bo’linadi: tekislik va tog’ landshaftlari. Mazkur landshaftlar tarkibi o’zini-o’zi boshqarish darajasi bo’yicha bir-biridan farqlanishi sababli, ular dala-bog’ (aralash) va o’tloq-yaylov sinfchalariga bo’linadi. Sinfchalar mintaqaviy kenglik tiplariga bo’linadi. Har bir mintaqaviy kenglik hududida o’ziga xos tuproqlar, agroiqlim zahiralari mavjud bo’lib, ularga mos keladigan agrotexnik tabiatni muhofaza qilish choralarini qo’llashni taqozo etadi. Landshaftning dala-bog’ sinfchasi erni haydash, o’g’it solish, o’simlik etishtirish natijasida shakllanadi. Tuproq dala landshaftining asosi hisoblanadi. O’simliklar esa uning madaniy biostenozidir. Ko’p yillar davomida mazkur dalada bir tizimdagi agrotexnik tadbirlar amalga oshirilsa, ularga moslashgan begona o’tlar va tirik organizmlar paydo bo’ladi. Landshaftning o’tloq-yaylov sinfchasi — Er yuzining barcha tuproq iqlim mintaqalarida mavjud (tundradan subtropiklargacha). Uning tarkibi, o’zgarishi mazkur maydonlarda yaylov sifatida mol boqish darajasiga bog’liq. Yaylovlardan noto’g’ri foydalanilganda (tuproq zichlashadi, ayrim o’tlar kamayib ketadi va h.k.) landshaftlar ma’lum darajada o’zgaradi. Landshaftning dala-bog’ sinfchasi madaniy o’rmon majmuasiga o’xshash bo’lib, qayta tiklanish darajasi nisbatan past bo’ladi. Bog’ va dalalarda tuproqda antropogen o’zgarishlar sodir bo’ladi (tuproqqa ishlov berish, o’g’it solish, sug’orish va h.k.). Tuproqlarning unumdorligi mazkur mintaqadagi tuproqlarning tabiiy unumdorligidan yuqori bo’ladi. Dala-bog’ landshaftlarining relefi juda xilma-xil bo’ladi (tekislik, tog’ yonbag’irlari, adirlar va h.k.). Mintaqaviy dala-bog’ landshaft tiplari hududning orogeomorfologik xususiyatlariga, tuprog’iga va biostenozlariga qarab ajratiladi. Antropogen landshaftlarning mintaqaviy kenglik ko’rinishlariga vodiylar ham kiradi. Bunday landshaftlar yaxshi o’zlashtirilgan, sug’oriladigan, dehqonchilik rivojlangan adir mintaqada tarqalgan. Vodiylar dalandshaftning tabiiy komponentlari ko’p hollarlarda inson faoliyati tasirida shakllanadi. Vodiylarning mikroiqlimi, tuprog’i, agrobiologik, zoostenoz xususiyatlari, ularning miqdoriy ko’rsatkichlari hududning relefiga, tuprog’iga, ekinlarning tarkibiga bog’liq bo’ladi. Vodiylarni izohlashda relefning genetik tuzilishi, tuproq turlari, yer osti suvlarining chuqurligi, agrobiostenozlar tarkibi va xususiyatlari inobatga olinadi. Shular asosida O’rta Osiyoda daryo o’zani yonlari, daryo uzani, tog’oldi tekisligi, adirlar orasida joylashgan va boshqa ko’rinishdagi vodiy andshaftlari shakllangan. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan hududlarda shakllanuvchi antropogen landshaftlar inson ta’sirida qisqa davrda boshqariladigan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, dala landshafti ekin turlarining o’zgarishi (almashlab ekish) bilan ma’lum darajada tarkibi va shaklini o’zgartiradi. Qishloq xo’jaligida landshaftlarning hosil bo’lishi, tarkibi va rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga ham bog’liq bo’ladi. Qishloq ho’jaligini rivojlantirishda yaqin va uzoq kelajak uchun reja (bashorat) tuzish, antropogen landshaftlarni bashorat qilish bilan bog’liq holda amalga oshiriladi, tabiiy va qishloq ho’jalik majmualarining inson ta’sirida o’zgarishi inobatga olinadi. Yer tuzish ishlarini rejalashtirishda, ya’ni xo’jaliklarning yo’nalishini, asosiy ekinlarning turini, dehqon, fermer xo’jaligi, shirkatlar birlashmalarini, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining samarador va istiqbolli shakllarini tanlashda antropogen land-shaftlarning inson ta’sirida o’zgarishi inobatga olinadi va bashorat qilinadi. Yer zaxiralaridan yaqin va uzoq kelajakda oqilona foydalanishning asosiy mezoni tekislik, tog’oldi va tog’larda mavjud landshaftlarni saqlash, tabiiy tenglikni saqlab qolishdir. Bu o’ta muhim masalaning echimi, ya’ni ishlab chiqarish rivojlanishining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni maqbul darajada boshqarish agrosanoat mutaxassislarining (yer tuzuvchilar, gidrotexniklar, agroinjenerlar, iqtisodchilar, menejerlar va boshqalarning) bilimi va ish yuritishiga bog’liq. Yer yuzida landshaftlarning mintaqaviyligi Yer yuzida landshaftlar iqlim komponentlarining ekvatordan qutblarga yo’nalishi bo’yicha tabaqalashgan holda shakllangan va tarqalgan. Buning asosida koinot va er shari orasidagi o’zaro bog’liqlik natijasida kengliklar bo’ylab issiqlik va namlikning taqsimlanishi va nisbati yotadi. Yer yuzida suv, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi rivojlanishining mintaqaviy qonuniyatlari tasirida katta-katta maydonlarda tabiiy tizimlar - landshaft mintaqalari hosil bo’ladi. Kengliklar bo’yicha iqlimning o’zgarishi (iqlim kengliklari) natijasida mazkur sharoitga moslashgan biostenozni hosil qiladi. Tabiiy landshaft shakllanishida asosiy omil hisoblangan xilma-xil o’simlik dunyosi vujudga keladi. Shu sababli yer yuzida landshaft shakllanishi yotiq va balandlik iqlim mintaqa qonuniyatlariga bo’ysunadi. Geografik nuqtai-nazardan yotiq tabiiy landshaft deganda nisbatan katta maydonli asosli bir tipdagi mintaqa tushuniladi (cho’l, sahro, tropik mintaqa va h.k). Landshaft tipi tabiiy mintaqalarning tashqi ko’rinishini belgilaydi hamda chegarasini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi. Landshaft mintaqaviyligi bilan bir vaqtda yer yuzida nomintaqaviylik qonuniyati ham mavjud. Nomintaqaviylik qonuniyati murakkab tabaqalashgan landshaftlar tizimini vujudga keltiradi: landshaft mingaqasida davriy-iqlimiy o’zgarishlar tasirida shakllangan komponentlar (okean qirg’og’idan materik ichkarisiga qarab o’zgarishi, hududning geomorfologik tuzilishi, sathning past-balandligi va h.k.). Yotiq tabiiy mintaqada aksariyat ko’p hollarda nomintaqaviylik relefining morfologik tuzilishi, tog’ jinslari litologik tuzilishiga qarab namoyon bo’ladi. Relefga qarab mazkur hudud landshaftining tuproq iqlim sharoiti, o’simlik dunyosi xilma-xil bo’ladi. Landshaft mintaqasi oblast va provinstiyadan iborat bo’lib, ular tabiiy rayonlashtirishning taksonomik birliklari hisoblanadi. Landshaft mintaqalari odatda geobotanik belgilar asosida ajratiladi. Chunki, o’simlik dunyosi landshaftning eng asosiy tashqi belgisi hisoblanadi, tabiatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar o’simliklarda aniq aks etadi. MDH hududida quyidagi tabiat zonalari (landshaftlar) mavjud: arktika sahrosi, tundra, o’rmon-Tayga, tayga, aralash o’rmonlar, keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht, dasht, chalachul, cho’l, dag’al bargli doimiy yashil o’rmonlar va butazorlar zonalari. Tog’li hududlarda yotiq kengliklarga qaraganda relef bilan bog’liq bo’lgan landshaftlar, ularning komponentlari mavjud. Tog’larning past-balandligi, yonbag’irlarining xilma-xilligi natijasida ularga tushayotgan quyosh radiastiyasi har xil darajada bo’ladi. Natijada tog’li hududlarda o’ziga xos iqlim, tuproq, o’simlik dunyosi va ular bilan uzviy bog’liq bo’lgan tabiiy tik landshaft mintaqalari shakllanadi. Tog’li hudud relefi tabiiy holda tabaqalashgan xilma-xil, past-baland landshaftlar hosil qiladi. Har bir tog’ tizimining tektonik harakati, ekzogen bo’linishlar natijasida hosil bo’lgan tashqi qiyofasi asosan past, o’rta, baland va juda baland bo’lishi mumkin. Tog’larning past-balandligi va tik landshaft mintaqalari orasida uzviy bog’liqlik mavjud bo’lib, ular mintaqalar sonini, murakkab landshaft tarkibini belgilaydi. Tog’larning pastki qismi dastlabki tik landshaft mintaqasi hisoblanadi va asta-sekin tog’ atrofidagi tekislik landshaft mintaqasiga qo’shilib ketadi. Tog’larning o’rtacha qismida (balandligida) mintaqaviylik nisbatan murakkab va xilma-xil bo’lib, qiyalikka qarab almashib turadi. Tog’larning eng baland qismida iqlim sharoiti nisbatan bir xil bo’lishiga qaramasdan kenglik va davriylik ta’siri sezilib turadi, ularda o’ziga xos landshaft ko’rinishi mavjud. Xar bir iqlim mintaqada o’ziga xos tik landshaft mintaqa tipi shakllangan. Ular hududida navbatma- navbat joylashgan tik mintaqalar mavjud. O’zbekistonda tog’liklar tizimi umumlashtirilgan holda uchta - chul, chalachul va sahro tipidagi tik landshaft mintaqalariga bo’linadi. Lekin bu mintaqalar ichida landshaft tarkibi, komponentlari nixoyatda xilma-xil bo’lib, tog’larning balandligiga, ularning kenglik mintaqalarida joylashishiga, tog’ yonbag’irlarining shakli, nishabligi, joylashishiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Tik landshaft mintaqalari, ularning tuzilishi, tarkibi, ayrim komponentlari, xususiyatlarini har tomonlama va mukammal o’rganish asosida mavjud tabiiy zaxiralardan samarali foydalanish mumkin. Rejalashtirilayotgan tadbirlar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar va loyihalar tik landshaft mintaqalarida mavjud va sodir bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy, antropogen jarayonlarni nazarda tutgan holda amalga oshirilishi zarur. Yuqorida keltirilgan barcha jarayonlarni kartadan kurvimetr, sirkul, lineykalarda aniqlanadi. Nazorat savollari. Landshaftlar turlarini ayting? Yer yuzida landshaftlarning mintaqaviyligini gapirib bering. Download 27.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling