Savdo qilish mumkin bo’lgan mahsulotlarga e’tibor bering. Ba’zi brokerlar orqali kripto savdosini qilib bo’lmaydi, ba’zilarida esa Forex yo’q. Siz qanday turdagi birja mahsulotiga investitsiya qilmoqchi bo’lsangiz, broker orqali buni qila olasizmi tekshirib ko’ring.
Savdo platformasi va interfeys ham muhim ahamiyatga ega. Broker sayti yoki ilovasi bozor tadqiqotlarini amalga oshirish uchun resurslar bilan ta’minlangan bo’lsa yaxshi foydasi tegadi. Agar aksiyalarning bozor qiymati tez yangilanib turmasa, kerakli moliyaviy ko’rsatkichlarni osongina topa olmasangiz, yoki to’lovni amalga oshirishda sayt qotib qolaversa, kayfiyatingiz va ish samarodligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda qaysi brokerlar xizmatidan foydalanish mumkin?
Quyidagi brokerlar orqali AQSh aksiya bozorida savdo qilishingiz mumkin.
Firstrade Securities – https://www.firstrade.com/content/en-us/welcome
TD Ameritrade – https://www.tdameritrade.com/home.page
Interactive Brokers – https://www.interactivebrokers.com/en/home.php
O’zbekistonda foydalanish mumkin bo’lgan brokerlar ichida, ushbu brokerlarni yaxshi onlayn brokerlar deyish mumkin. Bu brokerlar ancha yillardan beri faoliyat yuritib keladi, qonuniy ro’yxatdan o’tgan va ishonchli. Kerakli hujjatlarni taqdim qilib, hisob raqamni
onlayn ochishingiz mumkin. Hisob raqam ochib, unga pul o’tkazgandan keyin aksiyalarni o’zingiz onlayn savdo qila olasiz.
Agar aksiyalar savdosi bilan jiddiy shug’ullanmoqchi bo’lsangiz, hisob raqam ochishdan oldin brokerlarni yaxshilab taqqoslab ko’ring. Shoshilmasdan, birinchi yaxshilab o’rganing. Xitoylarda bir maqol bor, “Daraxt ekish uchun eng yaxshi vaqt 20 yil oldin edi. Ikkinchi eng
yaxshi vaqt esa hozir.” Huddi shu kabi, biror kompaniyaning aksiyasiga oldinroq investitsiya qilib qo’ymabmanda deb o’ylanish kerak emas. Yaxshi kompaniya aksiyasini arzon sotib olish uchun imkoniyat doim bo’ladi. Siz bu imkoniyatni hozirdan yaratishingiz mumkin: investitsiya haqida o’qishni boshlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |