Netflix: 190 dan ortiq mamlakatda 200 millionga yaqin obunachilari bor va streaming bozorida yaqqol favorit;
Google (Alphabet): dunyo qidiruv tizimi bozorining 90% dan ko’proq qismiga egalik qiladi.
Ushbu kompaniyalarning o’z bozorlarida dominant ekanligi, kuchli moliyaviy holati, mahsulotlari va brendining taniqligi investorlar uchun jozibador tanlov hisoblanadi. Katta ehtimollik bilan, FAANG kelgusi 5-10 yillikda ham o’z bozorlarida yetakchilikni saqlab qolib aksiya narxlari o’sishda davom etishi kutilmoqda. Lekin qay darajada o’sishi mumkin? Boshqacha qilib aytganda, bu tex gigantlar aksiyasini hozir sotib olsangiz, keyingi 10 yillikda ham oldingi 10 yillik kabi sensatsion o’sish kuzatiladimi? Bu savolga “ha” yoki “yo’q” deb javob berish va ikki tomon uchun ham yetarlicha argument keltirish mumkin.
Lekin yuqoridagi savolning ustida izlanishda yanada qiziq va muhimroq savol paydo bo’ladi: Hozirgi qaysi kichikroq kompaniyalar aksiyalari kelajakda FAANG kabi muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin? Savolning javobini hozir shiddat bilan rivojlanayotgan va yaqin kelajakda hayotimizning ajralmas qismi bo’lishi kutilayotgan sohalardan qidirish kerak. AI, Cloud, 5g, e-Commerce, Muqobil energiya, Blockchain, kabi sohalar bunga misol bo’la oladi. Zamonaviy texnologiyalar sohasida “portlab chiqib” kelgusida o’z sohalarida yetakchi bo’lishi kutilayotgan kompaniyalar bir qancha. Masalan, Twilio, Shopify, Tesla, Nvidia, kabi kompaniyalar hozir nisbatan kichik bo’lishiga qaramay kelajakda ulkan salohiyatga ega. Siz qaysi kompaniyalar yaqin kelajakda FAANG kabi muvaffaqiyatli bo’ladi deb o’ylaysiz?
Aksiya bozorida sho’ng’ish, to’g’rilanish va qulash
Aksiyaning sho’ng’ishi (dip) deyilganda, aksiya narxining qisqa vaqtga pastlashi tushuniladi. Huddi, suvga bir sho’ng’ib yana qaytib chiqqan kabi. Aksiya narxining sho’ng’ishi tez-tez kuzatiladigan normal holat hisoblanadi. Yirik investorlar o’z ulushini sotishi, aksiyaga bog’liq yangilik yoki sanoatda kuzatilgan o’zgarish kabi ta’sirlar aksiya narxining sho’ng’ishiga sabab bo’ladi. Agar aksiyaning fundamentali kuchli bo’lsa, sho’ng’ish vaqti aksiyani chegirma bilan sotib olishga yaxshi imkoniyat yaratadi. Sho’ng’ish vaqtini kutib aksiyalarni sotib olish “buy the dip” usuli ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |