4-mavzu: Avstriya (Gabusburglar) XVII asrning ikkinchi yarmi-xx asr boshida Reja


Download 22.92 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi22.92 Kb.
#1411603
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Avstra


4-mavzu: Avstriya (Gabusburglar) XVII asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshida
Reja:
1. Avstriya XVII asrning II-yarmida.
2. Avstriya merosi uchun kurash.
3. Avstriya imperiyasi Napoleon urushlari davrida.
4. Avstriyaimperiyasi 1849-1867-yillarida.


Tayanch iboralar:
Inqilob,Vena voqealari, akademik legionlar, Pesht, Shandor Petefi, 12 talabdan iborat dastur, Graf Batian, Svyatovanlov komiteti, "Xorvat-Sloven-Dalmasiya qirolligi", Slavyanlar kongressi, 1849 yil Avstriya konstitusiyasi, koshut, mudofaa komiteti.


6.1. Avstriya XVII asrning II-yarmida.
30 yillik urush (1618-1648) va unga yakun yasagan Vestfaliya sulhi (1648 y) Gabsburglar sulolasining yuksalishida va Avstriyaning buyuk davlatga aylanishida muhim bosqich bo’ldi. Bu urushda chex qo’shinlarining mag’lubiyatga uchrashi natijasida Chexiya taxtiga tegishli bo’lgan yerlar (Chexiya, Moraviya, Sileziya) uzil-kesil Avstriyaga qo’shib olindi. Katoliklar sulolasi protestantlar ustidan g’alaba qozondi. Juda ko’plagan protestant dvoryanlar, shaharliklar, savdogarlar, hunarmandlar o’z mulklaridan mahrum bo’ldilar va quvg’in qilindilar.
Urush va Vestfaliya sulhining eng muhim oqibatlaridan biri bu nemis millati Muqaddas Rim imperiyasining tushkunlikga uchrashi va uning bir necha yuz mustaqil mayda davlatlarning kuchsiz, zaif ittifoqiga aylanishi bo’ldi. Germaniya buyuk davlat bo’lmay qoldi. Vestfaliya sulhining kafili hisoblangan Shvetsiya va Fransiya qirollari Germaniya ishlariga aralishish huquqiga ega bo’ldilar. Muqaddas Rim imperiyasi imperatorining faxriy nomi faqat nomigagina saqlanib qoldi. Gabsburglar bilan Fransiya o’rtasida Germaniyada gegemon (etakchi) bo’lish uchun uzoq davom etgan kurash boshlandi.
Imperator Leopold I Avstriyani Yevropadagi kuchli davlatga aylantirish uchun kurash boshladi. U mahalliy feodallarning hokimyatini cheklab qo’ydi, butun mamlakat uchun yagona bo’lgan soliq tizimi va boshqaruv tizimini joriy qildi. Bu islohotlar avj olib turgan bir davrda Avstriyaga usmonli turklarning bostirib kirish xavfi paydo bo’ldi. XVII asrning 2-yarmidan boshlab turklarning Venetsiya, Polsha, Rossiyaga qarshi muntazam hujumlari boshlandi. 1660 yilda birinchi Avstriya-Turkiya urushi boshlandi. Turklar armiyasi Transilvaniya knyazi armiyasini tor-mor etib, Avstriya chegarasiga yaqinlashib qoldi. Vengr feodallari tomonidan qo’llab-quvvatlangan Avstriya armiyasi bu urushda turklarni yengdi. Lekin Avstriya qo’shini turklarni taqib qilib bormadi va 1664 yilda ikki davlat o’rtasida sulh shartnomasi tuzildi, unga ko’ra turklar egallagan yerlar ularning qo’lida qoldi. Chunki bu davrda Avstriya imperatori Vengriya qirolligining g’arbiy va Shimoli-g’arbiy qismlarini o’z hududiga qo’shib olish masalasi bilan band edi. Vengriya taxti nikoh ittifoqiga asosan 1526 yildanoq Gabsburglarga tegishli edi.
Lekin Vengriyaning markaziy qismini turklar egallab olgan edi, sharqda yarim mustaqil Transilvaniya knyazligi mavjud edi, g’arbiy viloyatlar esa Avstriya hukmronligi ostida edi. Lekin bu hukmronlik zaif va mustahkam emas edi. Gabsburglar qirollikning eski tabaqaviy konstitutsiyasini bekor qilishga jur’at qila olmadilar, bu konstitutsiyaga binoan qonunchilik hokimyati qirol bilan Davlat kengashiga tegishli edi. Joylardagi hokimyat amalda mahalliy dvoryanlar tomonidan amalga oshirilardi. Vengriyaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan yaxshi uyushgan dvoryanlari Gabsburglarga qarshi ko’plab isyon va qo’zg’olonlarga boshchilik qilardilar. Ular orasida milliy monarxiyani tiklash g’oyasi yoyila boshlagan edi.
1670 yilda eng yirik vengr va xorvat dvoryanlarining Avstriyaning asosiy dushmani bo’lgan Fransiya saroyi bilan til biriktirgan fitnasi yuzaga keldi. Keyingi yili bu fitna fosh etildi va 3 fitnachi qatl qilindi. Leopold Vengriyaga yollanma qo’shin kiritdi, gubernatorlik joriy qilib, jazolash ishlarini kuchaytirib yubordi. Fitnada qatnashishda ayblanib, minglab dvoryanlar harbiy tribunallarga berildi, ularning mulklari xazina foydasiga musodara qilindi. Avstriya qo’shinlari protestantlarning cherkovlari va maktablarini egallab, ruhoniylar va o’qituvchilar sud qarori bilan xuddi oddiy jinoyatchilar kabi harbiy kemalarga qul qilib yuborildi. Minglagan odamlar shafqatsiz jazolanishdan qochib, o’z yashab turgan joylarini tashlab, mamlakatning Transilvaniya bilan chegaradosh bo’lgan Shimoli-sharqiy hududlariga yashirindilar. 1670 yilda bu erda qaram dehqonlar va harbiy xizmatdan haydalgan askarlarning qo’zg’oloni boshlanib ketdi. 1678 yilda qo’zg’olonga dvoryanlardan bo’lmagan yirik pomeshchik Imre Tyokyoli boshchilik qila boshlagach uyushgan tusga kirdi.
Ikki yil davomida Tyokyoli boshchiligidagi qo’zg’olonchilar qirollikning butun Shimoliy qismini avstriyaliklardan ozod qildilar. Avstriya imperatorining Vengriyani ham markazlashgan mustabid davlat tarkibiga kiritish rejasi amalga oshmadi. Leopold gubernatorlikni bekor qildi va 1681 yilda 20 yillik tanaffusdan keyin Davlat kengashini chaqirdi va unda knyaz P.Esterxazi hokim qilib saylandi. Kengash dvoryanlarning imtiyozlarini mustahkamlab qo’ydi va bir qator komitatlarda (Vengriya Qirolligidagi asosiy ma’muriy birlik) protestant diniga e’tiqod qilishga ruxsat berdi. Dvoryanlarning bir qismi qo’zg’olondan Chetlashdi. Tyokyoli qo’shini va dehqonlar qo’zg’olonni davom ettirdilar, lekin ular turk sultoni homiyligiga o’tishga majbur bo’ldilar, bu esa ular olib borayotgan sharafli ishning obro’sini tushirib yubordi.

Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling