4-mavzu: Avstriya (Gabusburglar) XVII asrning ikkinchi yarmi-xx asr boshida Reja


Avstriya imperiyasi Napoleon urushlari davrida


Download 22.92 Kb.
bet5/5
Sana30.04.2023
Hajmi22.92 Kb.
#1411603
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avstra

6.3.Avstriya imperiyasi Napoleon urushlari davrida.
Iosif II ning ukasi Leopold II davrida (1790-1792) asta-sekinlik bilan “Ma’rifatli absolyutizm”dan feodal-absolyutistik reaktsiyaga o’tish boshlandi. Inqilobiy Fransiyaga qarshi kurash, imperiyani parchalanib ketishdan saqlab qolish birinchi o’ringa chiqdi. Yangi imperator tashqi siyosatda ancha ustomon va ichki siyosatda ancha yon beruvchi bo’lib chiqdi. U avvalgi imperatorning islohotlaridan norozi bo’lgan aristokratlar va dvoryanlarning ishonchini qozona oldi. Vengriyaga uning qadimgi konstitutsiyasini qaytardi, uni bir butun deb e’lon qildi. 1788 yilda Turkiya bilan boshlanib ketgan urushni to’xtatdi va Avstriyaning ashaddiy dushmani bo’lgan Prussiya bilan ittifoq tuzdi va bu bilan prusslarning Vengriya va Belgiyada Avstriyaga qarshi olib borayotgan ig’vogarliklariga barham berildi. Avstriya London va Peterburgning taziyqiga qaramasdan Fransiyaga qarshi qaratilgan birinchi koalitsiyaga qo’shilmadi va singlisi, Fransiya malikasi Mariya Antuanettaning iltimoslariga qaramasdan Fransiyaga ham yordam bermadi.
Avstriya taxtiga Frans II o’tirgach (1792-1835) vaziyat keskin o’zgardi. Uning qarashlari va siyosatini hatto matbuotda ham Fransiya inqilobi haqidagi xabarlarni bosishni taqiqlash to’g’risidagi dastlabki farmonlaridan bilib olsa bo’ladi. Avstriya imperiyasi Yevropada feodal-monarxiyacha tartiblarni tiklash va mustahkamlash uchun Fransiyaga qarshi uzoq cho’zilgan urushlar girdobiga tortildi. Avstriya Shu davrdan boshlab Fransiyaga qarshi qaratilgan barcha koalitsiyalarda ishtirok etdi va ularning ko’pchiligida mag’lubiyatga uchradi.
Gabsburglarning Fransiyaga qarshi olib borgan urushlari odatda ularning mag’lubiyatlari bilan tugardi, Avstriya hududi bir necha marta urush maydoniga aylandi. 1806 yilda Napoleon taziyqi ostida Gabsburglar nemis millatining Muqaddas Rim imperiyasi imperatori unvonidan abadiy maxrum bo’ldilar. Monarxiya Avstriya imperiyasi deb atala boshlandi, Frants II esa Frants I ga aylandi.
1809 yilda fransuzlar Avstriyani yana bir marta tor-mor qilishgach, mohir diplomat, Avstriya va Yevropa siyosatiga katta ta’sir ko’rsatgan Klemens Metternix tashqi ishlar vaziri va amalda hukumat boshlig’i bo’ldi. Metternixolib borgan mohirona diplomatik siyosat natijasida Avstriya barcha urush kompaniyalarini boy berib va 1812-1813 yildagi hal qiluvchi urushda ishtirok etmasdan turib ham g’olib davlatlar qatoridan o’rin olishga muvaffaq bo’ldi. Aynan Avstriya uzoq davom etgan urushlar davriga yakun yasagan va Yevropa qit’asi xaritasini qaytadan tuzib chiqqan sulh konferentsiyasini tashkil etish sharafiga musharraf bo’ldi. Yevropa mamlakatlari va xalqlari taqdirini bir necha o’n yillarga oldindan belgilab bergan Vena kongressida asosiy rolni Rossiya imperatori Aleksandr I, Britaniya ministri Kaslri bilan bir qatorda imperator Frants I ning qudratli ministri Metternix o’ynadi. U Yevropadagi inqiloblarni va hurfikrlilikni bostirish uchun tuzilgan Muqaddas ittifoqning mualliflaridan biri edi. Vena kongressi Avstriyaga Belgiyadan tashqari barcha boy berilgan mulklarini qaytarib berdi. Avstriya qaytadan tashkil qilingan Germaniya ittifoqiga kirib, Frankfurtdagi ittifoq kengashida raislik qilish huquqiga ega bo’ldi. Germaniya va Italiyada o’z ta’sirini tiklab olgan Avstriya Yevropadagi bu ikki buyuk millatning birlashishi yo’lidagi qudratli to’siqqa aylandi.
Download 22.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling