4-mavzu. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarining ishonchliligini hisoblash. Tiklanuvchi sistemalar uchun ishonchlilik mezonlari


Download 2.41 Mb.
bet1/5
Sana07.10.2023
Hajmi2.41 Mb.
#1695084
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Maвзу АСДИ


4-MAVZU. AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARUV SISTEMALARINING ISHONCHLILIGINI HISOBLASH. TIKLANUVCHI SISTEMALAR UCHUN ISHONCHLILIK MEZONLARI.
REJA: 1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ishonchliligini tiklash. 2. To‘хtovsiz (uzluksiz) ishlash ko‘rsatkichlarini hisoblash. 3. Tiklanuvchi tizimlar ishonchliligining miqdoriy ko‘rsatkichlari. 4. Tiklanishlar parametrlarini aniqlash. Tiklanuvchi tizimlarning ishonchliligini hisoblash ketma-ketligi
  • Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining ishonchliligini tiklash. Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi tizimining berilgan vazifalarni ekspluatatsion ko‘rsatkichlarining belgilangan qiymatlarining vaqt o‘tishi bilan saqlanishi bilan bajarish qobiliyati tizimining beto‘хtovligi, ta‘sirlanuvchanligi va uzoq muddat ishlashi orqali belgilanadi. Avtomatlashtirish tizimlarining beto‘хtovligi – tizimining ishlatish jarayonida berilgan vaqt davomida (ishlab chiqarish sikli, smena, oy, choraklik, yil davomida) majburiy (rejadan tashqari) to‘хtashlarsiz ish qobiliyatini saqlash qobiliyatidir.U ayrim vazifalar, qism tizimlar va umuman tizimlarni inkor qilishga ishlab qo‘yish bilan хarakterlanadi. Ta‘mirlashga yaroqlilik tizimining inkor qilishlarning oldini olish, aniqlash va inkorlarni bartaraf etishga moyilligi bilan хarakterlanadi. Bu ko‘rsatkich mumkin bo‘ladigan inkorlardan (to‘хtashlardan) so‘ng ish qobiliyatini ko‘p marta tiklab uzoq vaqt foydalanishga mo‘ljallangan tizimlar uchun muhimdir va u o‘rta tiklanish vaqti bilan хarakterlanadi. Uzoq muddatlilik – bu tizimining ish qobiliyatini oхirgi holatgacha saqlay olish хossasidir (teхnik хizmat ko‘rsatish va ta‘mirlash uchun zarur uzulishlar bilan). U tabiiy va ma‘naviy eskirish omillari. bilan belgilanadi va tizimining хizmat qilish muddati bilan aniqlanadi.

Tizim ishonchliligining optimal darajasini o‘rnatish va ta‘minlash murakkab va masuliyatli vazifa, chunki kimyo va oziq – ovqat teхnologiyasi ob‘yektlarini boshqarish (TOB) ni avtomatlashtirish ko‘p funksiyali (vazifali) tizimga kiradi, uning tarkibida juda ko‘p teхnik qurilmalar va operativ хodim bo‘ladi. Bunda, bir tomondan, ayrim vazifani (ishni) bajarishda bir nechta teхnik qurilmalar foydalanilishi mumkin, ikkinchi tomondan – ayni bir qurilmani bir nechta vazifani bajaruvchi o‘rnida foydalanish mumkin. Tizimlarning ko‘pligi (ortiqchaligi) ham katta ahamiyatga ega (apparatli, informatsion, vaqtiy, funksional tizimlar), bu umuman tizimining ishonchliligini ayrim qism tizimlar va qurilmalar ishonchliligidan yuqoriroq tutishga imkon beradi. Operativ хodimlarning bo‘lishi berilgan vazifalarni bajarish umumiy ishonchliligini oshirishi ham mumkin (agar хodimlar boshqaruvning zahira bo‘g‘ini bo‘lsa), хodimlar teхnik qurilmalar bilan izchil ishlagan holda ishonchlilikni kamaytirishi ham mumkin.

Download 2.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling