4-mavzu. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarining ishonchliligini hisoblash. Tiklanuvchi sistemalar uchun ishonchlilik mezonlari
Download 2.41 Mb.
|
4-Maвзу АСДИ
ABTning ekspluatatsiyasi deganda uning ishlashi davomidagi hamma fazalari majmui, shu jumladan, uni saqlash muddati, vazifasi bо‘yicha ishga tayyorlash, texnik xizmat kо‘rsatish va ta‘mirlash va h.k. tushuniladi.
Avtomatlashtirish vositalarining ishonchliligi deb uning belgilangan davr mobaynida hamda ekspluatatsiya sharoitlarida buzilmay, ishchi xarakteristikalarini yо‘l qо‘yiladigan chegaralarda saqlab qolib, о‘z vazifalarini bajarish xususiyatiga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, ishonchlilik — sifatning vaqt bо‘yicha yoyilmasidir. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi ob‘yektining ishonchlilik darajasi uning ishlash shartlari bilan uzviy bog‘liqdir. Tizimlarning miqdoriy xarakteristikalari va ishonchlilik ko‘rsatkichlari faqat ob‘yektning o‘ziga xos ish sharoitlariga bog‘liqdir. Bu turli xil omillarni o‘z ichiga oladi, ularning avtomatlashtirish tizimlari ishonchliligining turli qismlari ta‘siriga ko‘ra to‘rt guruhga bo‘linadi: 1) Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarining normal ishlashi uchun shart-sharoitlar (atrof-muhit parametrlari; shum; ishlash rejimi; texnik ko‘rsatkichlari va boshqalar) ob‘yekti ishonchliligiga ta‘sir etuvchi omillar guruhiga kiradi; 2) Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarini qayta tiklash uchun – ob‘yektini ta‘mirlash xususiyatiga ta‘sir qiluvchi omillar guruhiga (ta‘mirlash guruhlarining tarkibi va malakasi; diagnostika va ta‘mirlash uchun maxsus jihozlarning mavjudligi va tarkibi; ehtiyot qismlarning mavjudligi, hajmi va tarkibi va boshqalar); sharoitlar kiradi; 3) Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari saqlash uchun - ob‘yektni saqlashga ta‘sir etuvchi omillar guruhi (saqlash joyidagi atrof-muhit parametrlari; saqlash rejimi, saqlash paytida saqlash rejimlari va boshqalar) sharoitlari kiradi; 4) Texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarining uzoq muddatli ishlashi uchun shart-sharoitlariga – ob‘yektning mustahkamligiga ta‘sir etuvchi omillar guruhi (normal ishlashi, qayta tiklanishi va saqlanishi uchun shart-sharoitlar to‘plami; normal ishlash va saqlash vaqtlarining ketma-ketligi va davomiyligi, tiklash va texnik xizmat ko‘rsatish intizomi va boshqalar) kiradi. Download 2.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling