4-Mavzu: azotli o’G’itlar ishlab chiqarish va ularning turlari reja


Download 1.1 Mb.
bet3/4
Sana20.03.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1284641
1   2   3   4
Karbamid (mochevina) - CO(NH2)2.
Karbamid huyidagi sxemaga muvofih olinadi.

2NH3 + CO2 = CO(NH2)2 + H2O.


Karbamid (mochevina) oq rangli donador shaklda bo’lib, tarkibida 46% amid shakldagi azot bor, Ammiakli selitraga nisbatan ancha mayda bo’lib, namni kam tortadi va kam bosiladi. Zavodlardan idishlarga joylab yoki yopiq vagonlarga yuklanib jo’natiladi. U dehqonchilik uchun eng tejamli o’g’it hisoblanadi. Ekinlarni o’g’itlashda samaradorligi jihatidan, ekishdan oldin hamda vegetatsiya davrida qo’llaniladigan ammiakli selitraga tengdir. Uni boshqa turdagi o’g’itlar bilan yerga solishdan oldin bevosita aralashtirish kerak.


Ammiakli suv (ammiakning suvdagi eritmasi). Sarg’ish rangli yoki rangsiz suyuqlik bo’lib, tarkibida 16,4-20,5% azot mavjud. Samaradorligi jihatidan boshqa azotli o’g’itlarga teng. Zavodga yaqin bo’lgan xo’jaliklar uchun arzon va qulay. Tuproqqa maxsus mashinalar yordamida, ekishdan oldin hamda vegetatsiya davrida, qo’shimcha oziq sifatida solinadi. Ammiak uchib ketmasligi uchun ammiakli suvni tuproqning 18-20 sm chuqurligiga solish kerak. Bu o’g’itni saqlash, tashish va ishlatish uchun maxsus texnikalar talab etiladi. O’g’itning zaharli bo’lishi, uning ishlab chiqarishda keng yo’l olishiga to’sqinlik qiladi.
Kalsiy selitrasi - Ca(NO3)2.
Kalsiy nitrat tarkibida 13-15% azot bo’lib, u 40-48% li azot kislotasini ohak yoki bo’r bilan neytrallab olinadi.
Kalsiy selitrasi birinchi bor Norvegiyada ishlab chiqarilganligi tufayli, Norvegiya selitrasi deb ham ataladi. Bu o’g’it ancha beqaror. Havodan nam tortib, erib ketadi. kalsiy selitrasi polietilen qoplarda tashiladi. Bu o’g’itning beqarorligini hisobga olib, vegetatsiya davrida qo’shimcha oziq sifatida qo’llash tavsiya yetiladi. Nordonlik darajasi yuqori bo’lganligi uchun uni kislotali muhitga ega tuproqlarda qo’llash ijobiy natija beradi.
Kalsiy va natriyli selitralar tuproq bilan quyidagicha ta’sirlashadi:
B u o’g’it 1000-1100 0C darajada kalsiy karbidga (CaC2) molekulyar azot ta’sir ettirib olinadi:
CaC2 + N2 CaCN2 + C

Xom ashyo sifatidagi azot havodan, CaC2 esa ohak va ko’mirdan olinadi (CaO + 3C = CaC2). Bu o’g’it tarkibida 20-22% azot bor. kalsiy sianamid tashqi ko’rinishi jihatidan, yengil, qora yoki qoramtir-sariq rangli kukun bo’lib, ortish paytida kuchli changiydi, chang ko’zga va teriga tekkanda ko’zni yoshlatib, terini qizartirib, yara hosil qiladi. Bu o’g’it bilan ishlaganda himoya vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.


Kalsiy sianamidning boshqa o’g’itlardan farqi shuki, u suvda yomon eriydi. Tuproqqa solinganda gidrolizlanadi va asta-sekin mochevinaga, keyin esa ammoniy karbonatga aylanadi. Bu o’g’itning fizik xususiyatlarini hisobga olib, sernam Tuproqlarga, kuzgi ekinlarga, sholiga solish tavsiya etiladi. Azotli o’g’itlar Tuproqqa qaysi shaklda solinmasin, ular nihoyasida nitratlar yoki ammoniyli formaga o’tib, keyin o’simliklar tomonidan o’zlashtiriladi. Azotli o’g’itlarning eng muhim xususiyatlarini quyidagi 69-jadvaldan ko’rish mumkin.
69-jadval

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling