4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1
Download 72.26 Kb.
|
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Exinokokk (Yechinotsotstsus granulosus).
CHO’CHQA SOLITYORI-TAENIA SOLIUM
Cho’chqa solityori ham ho’kiz solityori kabi odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Cho’chqa solityori strobilasining uzunligi 1,5-3m va ba’zan 5m gacha bo’lib, skoleks, bo’yin va 900 ga yaqin proglotidalardan tuzilgan. Skoleks 1mm kattalikda, unda 4 ta surg’ichi va xartumida ikki qator har xil katta kichiklikdagi xitinli ilmoqchalar joylashgan. Yirik ilmoqchalar 0,16-0,18 mm, kichikliklari esa 0,11-0,12 mm uzunlikda bo’ladi. Ilmoqchalar borligi tufayli bu parazit qurollangan solityor (nepen’) deb ataladi. Proglotidalarning har birida yuzlab urug’donlar va uch bo’lakli bitta tuxumdoni bo’lib, jinsiy teshiklar umumiy teshik-koakaga ochiladi. Cho’chqa salitryorining bachadoni, ho’kiz solityoridan farqli o’laroq, 7-12 ta shoxlangan va doim tuxumlar bilan to’lib turadi. Eng oxiri yetilgan proglotidalarning uzunligi 10-20 mm va eni 5mm bo’ladi. Ular strobiladan 5-7 talab uzilib, faqat xo’jayin najasi orqali tashqariga chiqib turadi. Cho’chqa solityori-Taeenia solium ning lichinkasi-Cystosercus cellulosae deb yuritiladi. Lichinkalar har xil to’qima va organlarda maxsus ikki qavatli po’stga o’ralib parazitlik qiladi. No’xat kattaligidagi pufakcha tiniq suyuqlik bilan to’lgan bo’lib, uning ichida 4 ta so’rg’ichli vaxartumi ilmoqchalar bilan qurollangan skoleks joylashgan. Biologiyasi. Cho’chqa solityorining rivojlanish sikliga ikkita xo’jayini qatnashadi. Birdan bir yagona oxirgi xo’jayini odam hisoblanadi. Cho’chqa, mushuk, kuchuk, tuya, quyon va shunga o’xshash sut emizuvchilar oraliq xo’jayin vazifasini bajaradi. Finna bilan zararlangan cho’chqa go’shtini xom yoki chala pishirilgan holda iste’mol qilgan kishilar cho’chqa solityori bilan zararlanadi. Oshqozon va ichakda shiralar ta’sirida finna usti erib ketadi va undan chiqqan lichinka ichak shilliq qavatiga yopishib o’sadi, 2-3 oydan keyin parazit jinsiy voyaga etadi. Cho’chqa solityori bilan zararlangan odam o’z ahlati bilan (hojatxonalarning yaxshi jihozlanmaganligi, ayrim joylarda hojatxona yo’qligi yoki sanitariya xizmatining yomonligi tufayli) atrof muhitning ifloslanishiga sababchi bo’ladi. Cho’chqa va boshqa hayvonlar suv va har xil oziq moddalar orqali parazitning yetilgan tuxumlari bilan zararlanadi. Oraliq xo’jayin organizmida tuxumlari bilan zararlanadi. Oraliq xo’jayin organizmida tuxumdan chiqqan 6 ilmoqli lichinka qon va limfa tomirlariga o’tib muskul to’qimasi, miya, ko’z va boshqa organlarga o’rnashadi. Maxsus po’stga o’ralib 2-4 oydan keyin sestoserkka aylanadi. Sestoserk cho’chqa tanasida 1yildan 6 yilgacha yashaydi. Shuni qayd qilish lozimki, ba’zi odamlar oxirgi xo’jayin bo’lib qolmasdan, oraliq xo’jayin bo’lishlari ham mumkin. Ya’ni solityorning tuxumi odamga oziq-ovqat, suv orqali yuqishi yoki o’qchiganda, qusganida ichidagi parazitning tuxumlari oshqozoniga tushib, qon va limfa orqali organizmga tarqalishi mumkin. Bunday o’z-o’zidan zararlanish holatiga autainvaziya deyiladi. Cho’chqa solityorining yetuk stadiyasi-T Solium keltirib chiqaruvchi kasalikka tenioz, lichinkalik stadiya vujudga keltiruvchi kasallikka esa ho’kiz soliyotyorining lichinkasidek sestiserkoz deyiladi. Parazitning rivojlanish siklida siklida ma’lum buladiki odam ham tepioz, ham sestiserkoz bilan kasallanishi mumkin. Cho’chqa va boshqa hayvonlar faqatgina sestiserkoz bilan kasallanishi mumkin. Exinokokk (Yechinotsotstsus granulosus). Voyaga yetgan exinokokkning uzunligi 5-6 mm keladi. Tanasi 4 bo’g’imli bo’lib, bosh qismdan va uchta jinsiy bo’g’imdan iborat. Ulardan birinchisi yetilmagan bo’g’im, ikkinchisi germafrodit, uchinchisi yetilgan bo’g’im bo’ladi. Yetilgan bo’g’imlar urug’langan tuxum bilan to’lgan bo’ladi. Voyaga yetgan davrida exinokokk it, bo’ri va qashqir ichagining devoriga yopishib olib yashaydi. Finnasi qoramollar va odamning ichki organlari, ko’pincha jigar va o’pkasida juda yirik pufak hosil qiladi. Finnasining kattaligi, odatda, bolaning boshidek keladi. Qoramollarda ba’zan vazni 60 kg gacha yetadigan finnani uchratish mumkin. Finnaning ichi suyuqlikka to’la bo’lib, unda juda ko’p miqdorda lichinkalar bo’ladi. Itlar va yovvoyi yirtqich hayvonlar exinokokkning asosiy xo’jayini hisoblanadi. Ular zararlangan organni yeganida exinokokk lichinkasini yuqtiradi. Odam va qoramollarga exinokokk paraziti asosan itlar orqali yuqadi. Chunki exinokokkning tuxumga to’la bo’g’imi uzilib, ichak bo’shlig’iga tushadi. Bo’g’im bir qancha vaqt davomida harakatlanish xususiyatiga ega. Bunday bo’g’im orqa chiqaruv teshigidan chiqayotganida terini qichishtiradi. Itlar tuxumni og’zi bilan yalab olib, yungiga yuqtiradi. Exinokokk qoramollarga tuxumlar bilan ifloslangan yem-xashaklar orqali yuqadi. Exinokokk itlarga katta zarar yetkazmaydi. Lekin ularning finnasi qoramollar va odamda og’ir exinokokkoz kasalligini paydo qiladi.Tasmasimon chuvalchanglardan odam ichagida pakana zanjirsimon tasmasimon, cho’chqa tasmasimon, keng tasmasimon chuvalchang parazitlik qiladi. Qo’ylarga miya qurti katta zarar yetkazadi. Exinokokk sestodlar ichida eng kichigi (2-6mm) bo’lsada odam va turli tuman hayvonlar uchun eng xavfli parazit hisoblanadi. Exinokokk uchun itlar, bo’ri, shoxol, tulki, chiya bo’ri va boshqa gushtxo’rlar oxirgi-definitiv xujayin hisoblanadi. Exinokokkning jinsiy voyaga etgan formalari oxirgi xujayinlari ingichka ichaklarining old qismida tekinxo’rlik qilib yashaydi. Odam, qo’y, va echkilar, qoramol, tuya, cho’chqa kemiruvchilar va shunga o’xshash sut emizuvchilarning 60 dan ortiq turlari exinokokkning oraliq xo’jayini sanaladi. Exinokokkning etilgan tanasi boshqa sestodlar kabi skoleks va 3-4 ta proglotidlardan iborat. Skoleksda 4ta so’rg’ich va maxsus xartumchasida ikki qator joylashgan 28-50 tadan iborat xitinli ilmoqchalar bo’ladi. Birinchi qatordagi ilmoqchalarning uzunligi 0,032-0,045 mm, ikkinchi qatordagisi esa 0,020-0,038 mm. So’rg’ichlarning daimetri o’rtacha 0,13 mm ga teng. Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi bo’g’imlar germofrodit bo’lib, unda 40-50 ta urug’donlar, spiral shaklda o’ralgan urug’ tashuvchi naycha, nok shaklidagi jinsiy bursa, ikki bo’lakli tuxumdon. Melis tanachasi va sariqlik bezi joylashgan. Jinsiy teshiklar proglotidaning ikkinchi yarmidan tashqariga ochiladi. Oxirgi etilgan proglotida boshqa proglotidalardan uzun bo’lib, unda bachadon qisqa shoxlangan va doim tuxumlar bilan tulib turadi. 400 tadan 3000 tagacha tuxumlar bo’lishi mumkin. Tuxumlar yumaloq va ovalsimon ko’rinishda, diametric 0,028-0,036 mm ga teng. Voyaga etgan exinakokklar itlar va boshqa go’shtxo’r hayvonlar ingichka ichaklarida olti oydan ko’proq yashaydi. Exinokokkning embrion (lichinkasi) maxsus pufaklar ichida taraqqiy etadi. Embirion joylashgan pufaklarning ichi suyuqlik bilan to’lgan bo’lib, bu suyuqlik embrion uchun himoya va ozuqa vazifasini o’taydi. Exinokokk pufaklari oraliq xo’jayin organlarida onkosfera lichinkasidan vujudga keladi. Exinokokkning pufaklari davri-Echinoccoccus unilocularis deb yuritiladi. Pufaklar har xil katta kichiklikda-no’xot donasi kattaligidan yosh bola kallasi kattaligicha bo’ladi. Shuningdek ularning soni 10, 100dan tortib mingtagacha bo’lishi mumkin. Pufak uch qavatli parda bilan uralgan bo’lib, tashqi birinchi qavat biriktiruvchi to’qima: ikkinchisi-kutikuliyar xitinlashgan va eng ichki-uchinchi qavat germinativ, ya’ni embirion qavatdan iborat. Biologiyasi. Exinikokk definitive va oraliq xo’jayin ishtirokida rivojlanadi. Exinokokkning yetilgan proglotidalar asosiy xo’jayin-itlar, bo’rilar va tulkilarning axlati bilan tashqariga chiqadi va aktiv harakat qilib 5-25 sm masofadagi, o’t, xashak va boshqa narsalarga o’tadi. Shu vaqtda undagi tuxumlar suv, o’t va yerga sochiladi. Tuxumlarning atrof muhitga keng tarqalish sabablaridan biri asosiy xo’jayinlarning apusi atrofi ifloslanadi, ularning iflos yerga yotishi, anglashi natijasida terisining juni ham ifloslangan bo’ladi. Binobarin mazkur hayvonlarni ovlash, terisini shilish, jasadini yorishda exinokokkning yuqishi xavfi yanada ortadi. Exnakokkning tuxumlari issiq sovuq va qurg’oqchilikka chidamli bo’lib, shamol yordamida ham atrofga tarqaladi. Tuxumlar suv, oziqa moddalari va yuqoridagi usullari bilan oraliq xo’jayinlariga o’tadi va finnoz davrida o’sha organizmda kechiradi. Odamlarda bu parazit aksariyat itlar bilan kontakda bo’lishi (ularni siypalash, ularni uy jixozlariga yaqinlashtirish va boshqalar) natijasida yuqadi. Oraliq xo’jayin oshqozon-ichak sistemasiga tushgan tuxumlarning ustidagi po’sti erib ketadi. Buning natijasida tuxumdan chiqqan lichinka ichak epitelial qavatini yorib o’tib, qon, limfa tomirlari orqali ichki organlarga (jigar, o’pka, ba’zan yurak, miya) ga borib o’rnashadi va exinokokkning pufagini hosil qiladi. Organizmda exinokokk pufagining o’sishi sekin uzoq davom etadi (10-30 yilgacha) hamda tobora kattalashib boradi. Pufak ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi ichkariga zararlangan organlarning xajmi kattarib, chuqur morfologik va fiziologik o’zgarishlarga uchraydi. masalan: zararlangan o’pkaning og’irligi 32kg, jigarniki-50 kg, pufaklardagi suyuqlik miqdori esa 12 l gacha bo’lishi mumkin. Suyuqlik o’z navbatida organizmni kuchli zaxarlaydi. Asosiy xo’jayinlar, it, bo’ri, tulki, va shoxollar exinokokk pufaklari bilan zararlangan organlarni iste’mol qilishi natijasida ularning ingichka ichaklarida pufakchalardagi skolekslardan jinsiy voyaga etgan exinokokk-Echinococcus granulosus hosil bo’ladi. Download 72.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling