Sefalizatsiya-maqsadli qidirish imkoniyati
Ko’chmanchi billateriyalar.
Oziq va juft qidirishda tasodifga asoslanadigan ko’pchilik ko’chmanchi knidariyalar va taroqsimonlarning aski bo’lgan bilateriyalar oziq, juft va boshpanani tananing oldingi qismida jamlangan sezgi organlari va gangliy ishga solgan faol ravishda qidirib topadilar. Tananing oldingi qismidagi nerv to’qimalari va sezgi organlarining bunday kontsentratsiyasi sefalizatsiya, ya’ni bosh yoki bosh qismini ajralib chiqishi deyiladi. Sefalizatsiya tananing oldingi qismida joylashgan miya va ko’ndalang ketgan nerv tugunlaridan tashkil topgan nerv sistemasi paydo bo’lishi bilan bog’langan. Miya – bu ikki tomonlama simmetriyaga ega neyronlar to’planmasidan tashkil topgan “bosh protsessor”dir. Miyaning funksiyasi sezgi organlaridan olingan signallarni integratsiya qilish va ularni motor buyruqlarga transformatsiya qilishdan iborat. Muskulatura tomonidan bajariladigan bu buyruqlar organizmni juft yoki oziq tomongan xarakatlanish va yirtqichlar va noqulay sharoitlardan qochishga undaydi. Sefalizatsiya va yo’nalgan xarakatlana olish qobilyatini birikishi tufayli bilateriyalar yetishish zarur bo’lgan maqsadni yoki chetlab o’tish kerak bo’lgan xavf-xatarni aniqlay oladigan.
Odatda juft bo’ladigan sezgi organlari maqsadga qaragan yo’nalishni-fotoretseptor, mexanoretseptor va xemoretseptor kabi tipik ko’rinishlardagi triangulyatsiya yo’li bilan aniqlash qobilyatiga ega. Og’iz odatda sezgi organlari bilan aniqlangan oziqni darrov yutish uchun tananing oldingi qismi yoki undan unchalik uzoq bo’lmagan yerda joylashgan bo’ladi. Odatda juft nerf tugunlari ma’lumotni butun tana bo’ylab tarqatadi. Yirik yoki uzun bo’lgan bilateriyalarda yana bir yoki bir necha katta diametrdagi aksonlar qo’shiladi. Bunday aksonlar gigantlar deb nomlanadi. Ular signallarni tez yetkazib berishga mo’ljallangan. Katta diametr va kichik qarshilik gigant aksonlarga kerakli reaksiyani muvafaqqiyatli amalga oshirishni ta’minlovchi impulslarni juda tez o’tkazish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |