4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. Reja: 1


Download 72.26 Kb.
bet4/22
Sana03.02.2023
Hajmi72.26 Kb.
#1149456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
4-mavzu. Billaterial simmetriyalilar. Yassi chuvalchanglar (Platyhelminthes) umumiy tavsifi. (1)

O’troq billateriyalar
Suvda muallaq suzib yuruvchi oziq parchalari bilan kun kechiradigan Bilateria ning o’troq vakillarida sefalizatsiya odatda namoyon bo’lmagan. Ularning oziqlanish apparati (asosan paypaslagiyalar toji) knidariyalarga o’xshab ko’p yoki kam miqdorda radial simmetrik. Biroq knidariyalardan farqli ravishda o’troq bilateriyalar kamdan-kam uchraydigan istisnolardan tashqari, o’zini o’rab turgan paypaslagich va oziqlanishga javob beruvchi boshqa organlari atrofidagi suvda oqim (odatda tuklari yordamida) hosil qiladi. Gidroid poliplar (Cnidaria) i mshankalar (Bilateria) deyarli bir xil tana shakli va o’lchamlariga ega va bir xil sharoitlarda yashaydilar. Tajribasizlar odatda ularni bir-biri bilan adashtirishida, ammo ular bir-biridan faoliyat xarakteri bilan osongina ajratish mumkin. Mshankalar ixtisoslashgan tukchalari yordamida suvni paypaslagichlar toji orqali xaydaydilar, gidroid poliplar esa ularga oziq ob’ektlari tasodifan tegib ketgunga qadar passiv kutib turadilar.
Muskulatura-ta’qib qilish imkoniyati
O’ljani aniqlash va taqib qilish, yoki boshqa resurslarni faol qidirish ayniqsa yirik hayvonlardan ularning tanasi old-orqa o’qi yo’nalishi bilan mos tushuvchi yo’nalishda xarakatlanish imkoniyatini ta’minlab beruvchi muskulaturani talab qiladi. Deyarli barcha hollarda bilateriyalarning lokomotor mushaklari sochsimon yoki ko’ndalang yo’l-yo’lsimon bo’ladi, shuning uchun ular juda tez qisqaradi. Knidariy poliplarning silliq mushaklari nisbatan sekin qisqaradilar. Yumshoq tanaga ega bilateriyalar (chuvalchanglar) tana devorining muskulaturasi ikki xil halqasimon va ko’ndalang muskullar qavati shaklida tuzilgan. Ko’ndalang kesmadan aniq ko’rinadiki, halqasimon mushak deyarli doimo tashqi qavatni, ko’ndalang mushaklar esa ichki qavatni hosil qiladi. Ko’ndalang mushaklar hayvonga turli tomonlarga manbasi u yoki bu signalligiga qarab egilish va burilish imkonini beradi. Ko’pchilik chuvalchanglar ko’ndalang mushaklar orqali hosil qilinadigan, tana bo’ylab tarqaluvchi undulyatsion to’lqindan foydalanib suzib yoki yumshoq gruntga ko’milib yuradilar. Ba’zida chuvalchanglarning to’lqinsimon xarakatlanishi suvuvchi baliqlarning tanasini bir tekis egishini o’xshab ketadi, ammo ko’pchilik hollarda chuvalchanglar tanasini tartibsiz ravishda chambarak qiladilar. Maxsus trubkalar yoki substrat kovaklarida o’troq holda istiqomat qiluvchi ba’zi bir o’troq shakllari, boshqalar undan suzuvchi undullovchi xarakat qilgan bir vaqtda, ular ko’ndalang mushaklarni boshpanadan sug’urib chiqarish uchun ishlatadilar.
Suyuqlik bilan to’ldirilgan yopiq muhit bilan o’ralgan ko’ndalang va halqasimon muskullarning almashining qisqarishi lokomatsiya asosida yotadi. Halqasimon mushak qisqarishi tanani cho’zilishiga, ko’ndalang mushak qisqarishi tanani siqilishiga olib keladi. Bunday takrorlanib turish bilan xarakatlanish peristal qisqarishlar hisobiga ko’chib yuruvchi va qazuvchi hayot tarzini olib boruvchi yumshoq tanli uchun xarakterlidir, misol uchun yomg’ir chuvalchangi. Ularning halqasimon va ko’ndalang mushaklari birdek rivojlangan.
Billateriyalarda aniq va to’g’ri xarakatlanishni ta’minlovchi ixtisoslashgan mushaklar keng tarqalgan. Birinchi navbatda u qattiq ekzo va ektodermaga ega organizmlar uchun o’ziga xosdir. Bunday mushaklarning ko’pchilik qismi keyinroq, ular xarakterli bo’lgan aniq taksonlardagi hayvonlar haqida gap ketganda to’liq tushuntirilgan. Bu yerda faqat boshqalariga nisbatan tez-tez uchrab turadigan ixtisoslashgan mushaklarning bir necha turi so’zlab o’tamiz. Vertikal yo’nalgan dorso-ventral mushaklar tana zichlashishini ta’minlaydi. Ular emaklab yuruvchi hayvonlar uchun xarakterlidir. Tana qanchalik yupqa bo’lsa, u substrat yuzasiga shuncha ko’p turtki beradi. Bu kabi mushaklar bir qancha suzuvchi hayvonlarda uchraydi. Tana ingichkalashishi bilan uning suvni itaruvchi yuzasi ortadi. Dorso-ventral mushaklar butun tana uzunligi bo’ylab joylashgan. Ba’zi bilateriyalar spiral muskulaturasini ishga solgan holda yumshoq tanasi bilan halqa o’ralib yuradilar. U biri o’ng tomonga, ikkinchisi chap tomonga o’ralgan ikkita spiral hosil qiladi.

Download 72.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling