4-mavzu: Biologik ketma-ketliklarni taqqoslash Lektor: Behruz toshbadalov
Clustal dasturi va unda ishlash tartibi
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
4-ma`ruza
Clustal dasturi va unda ishlash tartibi. Ko’p
miqdordagi ketma – ketliklarni taqqoslash uchun Clustal dasturi keng qo’llaniladi. Clustal tipidagi birinchi dastur seriyasi 1988 yilda D.Xiggins tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik D.Feng, R.Dullitl va V.Teylorlar tomonidan takomillashtirilgan. 1992 yilda Clustal dasturining ikkinchi avlodi Clustal V paydo bo’ldi va 1994 yilda ishlab chiqilgan uchinchi avlod Clustal W dasturi takomillashtirilgan algoritmlarning hisobiga juda ham qulay ishlash interfeysiga ega bo’ldi. Aytish lozimki, bu avlod dasturining qulayligi taqqoslanuvi ketma – ketliklarning FASTA formati ko’rinishida berilishi bilan belgilanadi. Clustal dasturining uchinchi avlodi ko’plab serverlar orqali ( www.pbil.ibcp.fr , http://www.ebi.ac.uk ) ikki xil ko’rinishda, interfaol va pochta tartibida beriladi. Interfaol ko’rinishda foydalanuvchi natijalarni kutish orqali qabul qiladi. Pochta tartibida ishlanganda esa natijalar foydalanuvchining elektron manziliga (ketma – ketliklar soni ko’p miqdorda bo’lganda) jo’natiladi. Clustal dasturida ishlash uchun birinchi navbatda o’rganilayotgan aminokislotalar yoki nukleotidlarning ketma – ketliklarini mumkin bo’lgan mavjud 7 ta serverlarning biridan (NBRF/PIR, EMBL/SWISS- PROT, Pearson/FASTA, Clustal(*aln), GCG/MSF(Pileup), GCG9/RSF, GDE) olish kerak. Bu holatlarda ko’proq FASTA formatidan foydalaniladi. Kiritilayotgan ketma–ketliklarning umumiy uzunligi www uchun 40000, e-mail serverlari uchun esa 60000 dan ortmasligi talab etiladi. Juftlik taqqoslanishlarida o’rganilayotgan ketma– ketliklarning barcha juftliklari taqqoslanadi. Bundan tashqari Clustal dasturi taqqoslanayotgan ketma – ketliklarning filogenetik munosabatlarini ko’rsatuvchi dendrogrammalarni tuzish uchun ham qo’llaniladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling