4-mavzu: Biologik ketma-ketliklarni taqqoslash Lektor: Behruz toshbadalov


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana20.09.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1682885
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-ma`ruza

 
 
BLAST ga qanday kiriladi? 
Buning uchun kompyuterda internetni yoqib NCBI ga kiramiz. U yerdan BLAST 
bo’limi tanlaymiz. Bizga quyidagi oyna ochiladi: 


Biz nukleotidlar ketma-ketligini tekshirmoqchi bo’lganimiz 
uchun chap tomonda turgan Nucleotide BLAST tugmasini 
bosamiz. Kompyuter ekranida quyidagi oyna ochiladi:


Nukleotidlarimiz ketma-ketligini birinchi yuqoridagi qizil ko’rsatgichda 
ko’rsatilgan joyga ko’chirib olib qo’yamiz (Ctrl+C va Ctrl+V). Shundan so’ng 
ikkinchi ko’rsatkich ko’rsatayotgan joy belgilanganligini tekshiramiz. Bu 
nuqta siz yuklagan nukleotidlarni qaysi ma’lumotlar ba’zasi bilan solishtirish 
kerakligini aniqlashtirish uchun kerak. U yerda ayni vaqtda Human genomic 
+ transcript – odam genomi va Mouse genomic + transcript – sichqon 
genomi ma’lumotlar bazasi ko’rsatilmoqda. Biz Others – boshqalar degan 
bo’limini tanladik. Oxirgi ko’rsatkich Highly similar sequences – ‘juda ham 
o’xshash ketma-ketlik’ degan tugma tanlanganligini ko’rsatmoqda. Bu bizga 
biz tekshirayotgan nukleotidlar ketma-ketligiga eng yaqin natijani ko’rsatib 
berishi uchun kerak. Shulardan keyin pastda chap tomonda turgan BLAST 
tugmasini bir marotaba bosamiz. Dastur bizga NCBI ma’lumotlar bazasidagi 
barcha nukleotidlar ketma-ketligi bilan bizning namunamizni solishtirib, 
biznikiga o’xshash bo’lgan natijalarni ko’rsatib beradi. BLAST bosilganidan 
so’ng quyidagi oyna ochiladi: 


 
BLAST natijalari


Oynaning yuqori qismida BLAST amalga oshirilgan 
operatsiya haqida qisqacha ma’lumot va bizning 
nukleotidlar solishtirilishidan qo’lgan kiritilgan 
dastlabki 100 ta eng o’xshash natijalarning diagramma 
holatidagi tasviri ko’rsatiladi. Agar tekshirilayotgan 
nukleotidlar ketma-ketligidagi 200 tadan ortiq 
nukleotidlar o’zaro o’xshash chiqsa natijalar qizil 
rangda tasvirlanadi. Yuqoridagi rasmda 1 dan 450 
tagacha bo’lgan moviy tasvir bu bizning nukleotidlar, 
pastdagilari esa biznikiga mos tushgan natijalarning 
ko’rinishi. Oynaning pastrog’iga tushsak, natijalarning 
barcha ko’rsatgichlarini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling