4-mavzu: Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аsоsiy mаqsаdi tаlаbаlаrgа quyidаgi tаyanch ibоrаlаr vа tushunchаlаr to’g’risidаgi bilimlаrni bеrish hisоblаnаdi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/16
Sana28.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1136165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4-mavzu Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аs

taqsimlash usullari 
Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri bo‘yicha 
hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan materiallar qiymatiga kiritiladi: 
a) transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-
to‘g‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga kiritilgan badalning pul 
bahosiga qo‘shish, tekinga olingan va h.k. joriy qiymatiga qo‘shish). 
Transport-tayyorlov xarajatlarini materiallar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) 
kiritish usulini ko‘p bo‘lmagan nomenklaturadagi tovar-moddiy zaxiralarga ega bo4gan 
tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlari va guruhlarining 
qiymati katta ahamiyatga ega bo’lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq; 
b) yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov 
xarajatlarini alohida sintetik 1510-“Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotiga olib 
borib, keyinchalik ularni “Materiallar” elementi bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar 
tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga va (yoki) davr 
xarajatlariga kiritish. 
7. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi 


Ishlab chiqarish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tayyor mahsulot 
yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar qilinadi. 
Mazkur xarajatlar tarkibi esa, “Mahsulot (ishlar, xizmatlarjni ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarinieg tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi” 
nizomda keltirilgan. 
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010 - “Asosiy 
ishlab chiqarish” schyotida asta-sekinlik bilan yig‘ilib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida 
buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi: 
- ishlab chiqarish haqiqiy hajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulot, 
hamda mahsulotning har bir turi bo‘yicha miqdor ko‘rsatkichlarga ega bo‘linadi. Olingan 
ma’lumotlar ham natura, ham pul oichov birligida bodadi; 
- mahsulot haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan barcha 
mahsulot va uning har bir turi bo‘yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar haqidagi 
ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi
materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan asosiy vositalarga 
hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va 
umumishlab chiqarish xarajatlari. 
Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schyotlar qoTlanilib, ulardan 
asosiysi 2010 - “Asosiy ishlab chiqarish” aktiv schyotidir. Mazkur schyot yordamida ishlab 
chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bodganidan so‘ng esa, 2010 schyoti 
kretidan 2800-“Tayyor mahsulotlar” schyotining debetiga o‘tkaziladi. 
Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo‘lsa, har oyning 
oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi. Tugallanmagan 
ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan o‘tmagan texnika nazorati 
to’lonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, ya’ni ular texnologik 
jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010-
“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti debetida qoldiq siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya 
usuli orqali aniqlanishi yoki normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha 
baholanishi mumkin. 
Ishlab chiqarishning haqiqiy tannarxini aniqlashda quyidagi formuladan 
foydalaniladi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling