4-mavzu: Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аsоsiy mаqsаdi tаlаbаlаrgа quyidаgi tаyanch ibоrаlаr vа tushunchаlаr to’g’risidаgi bilimlаrni bеrish hisоblаnаdi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana28.01.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1136165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu Biznes jarayonlari va ularni hisobga olish Mаvzuning аs

 
 
 
1. Biznes jarayonlarining aharniyati 
Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z faoliyati 
jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun birinchi 
navbatda ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin esa uni sotish 
jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir-birlarining o’rnini egallaydi va shu 
bilan korxonada mablag’larning uzluksiz aylanishini hosil qiladi. 
Biznes korxonalarining shakllari
1
. Biznes tashkilotlarining uchta turi mavjud. Yakka 
tadbirkor, hamkor korxona va ko’lpaniya. 
Korxona xususiy yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida bo‘ladi. 
Yakka tadbirkor. Yakka tadbirkor biznesi yagona jismoniy shaxs to’lonidan 
yuritiladi. Biznesning bu turi oson tugatiladigan, bitta jismoniy shaxs to’lonidan 
1
Wan Madznah Wan Ibrahim va Molid Rizal Palil. Fundamentals of business accounting. Oxford university 
Press, 2014.8 b.


boshqarilganligi bois hukumatning ko‘p qonun-qoldalariga xalaqit qilmaydi. Kapital 
kichik miqdorda bo‘lishi kerak va moliyaviy manbalar cheklangan. Biznes foyda keltira 
boshlaganda, boshliq foydani boshqalar bilan bo‘lishmaydi. Solig‘i maqsadlarida, faqat 
qat’iy belgilangan soliq to‘laydi va firma foyda solig‘i to‘larnaydi. 
Boshliq barcha amalga oshiriladian faoliyatdan xabardor bo‘ladi va buxgalteriya 
maqsadlarida ko‘p ma’lumotlar talab qilinmaydi. Buxgalteriya ma’lumotlarini Inland 
Daro’lad boshqarmasi to’lonidan soliq solish talablari amalga oshirilishini buxgalter 
tayyorlaydi. Boshliq bankdan kredit olmoqchi bo‘lsa, korxona moliyaviy hisoboti taqdim 
etiladi. Boshqa daro’ladni ko‘faytirishga qiziqadigan tashlikotlar moliyaviy hisobotlarni 
moliyaviy ahvolini yaxshilash va biznesni amalga oshirishni yaxshilaydi. 
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir 
boiadigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat 
tashqi ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq qiladigan yangi 
mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish 
vositalarining’xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan 
tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga 
qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar – tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida 
hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o‘lchov birligida ifodalash, tayyor 
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig‘ma ko‘rsatkichni olish uchun zarur. Pul 
shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda 
natura va mehnat o’lchovlarda ham ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos 
hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi 
mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiqarish jarayonining 
boshqa to’lonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi. 
Ta’minot doirasida korxona pul mablag’lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan moddiy 
boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan 
mahsulotning iste’molchilarga sotishi sodir bo’ladi. Bu bosqichning yakunida korxona 
zaxiralari yana pul shakliga kiradi. 
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi 
quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ishlab 
chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan xarajatlar; ta’minot 
jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo‘ljallangan va sotish jarayonida 
joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar 
to’lonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k. 
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar summasidan 
korxona to’lonidan belgilangan sof daro’lad miqdoriga ko‘p bo‘ladi. 
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida 
yaratilgan sof daro’ladni taqsimlash imkonini beradi. 
Bu yerda buxgalteriya hisobi davlat daro’ladiga o‘tkazilishi lozim bo’lgan, korxona 
to’lonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i 
aniqlanadi va qayd qilinadi. 
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak bo‘lgan 
summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling