4-mavzu: Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja


Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/33
Sana08.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#242133
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
4-mavzu Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi

Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Geotsentrik dunyo haqidagi 

tasavvur  yer  miqyosidagi  ob'ektlarga  daxldor  nazariyalarning  umumlashtirilishi 

natijasida  yuzaga  kelgan.  Unda,  aynan  “yer”  andoza  va  negiz  sifatida  qabul 

qilinadi.  Geotsentrizm  ta'limotiga  ko‘ra,  moddiy  tizimlarning  atributlari  barcha 



darajalarda  yer  sharoitida  mavjud  atributlar  bilan  bir  xil  bo‘ladi.  Geotsentrizm 

makon,  vaqt,  sifat,  sababiyat  va  boshqa  atributlar  ontologik  ma'noda  yagonadir, 

degan  tasavvurga  asoslanadi.  Lekin  materiyaning  cheksizligi  g‘oyasidan  kelib 

chiqib,  atributlarning  amaliyot  bizni  hozirgacha  tanishtirgan  turidan  tashqari, 

«geotsentrik obraz»dan farq qiluvchi ko‘plab boshqa turlari ham mavjudligini faraz 

qilish o‘rinli bo‘ladi. Bu atributlarning boshqa turlari, o‘zga makon, vaqt, harakat 

bilan  tavsiflanuvchi  ob'ektiv  borliqning  alohida  turi  sifatidagi  nogeotsentrik 

tizimlar,  ya'ni  geotsentrik  dunyoga  uncha  o‘xshamaydigan  dunyolar  to‘g‘risida 

so‘z yuritish imkonini beradi.  

Atributlari universal mazmunining, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida 

namoyon  bo‘luvchi  atributlarning  universal  mazmuniga  mos  kelishi  geotsentrik 

dunyodir . Bu Nyuton vaqti (zamoni), Evklid makoni dunyosidir.  

Atributlarning  universal  mazmuni  inson  tanasining  mavjudlik  shart-

sharoitlarida  namoyon  bo‘luvchi  atributlarning  universal  mazmunidan  farq 

qiluvchi  moddiy  ob'ekt  nogeotsentrik  dunyo  deb  ataladi.  «Nogeotsentrik  dunyo» 

tushunchasi  nonyuton  vaqti  (zamoni),  noevklid  makoni,  umuman,  borliqning 

nogeotsentrik  turini  nazarda  tutadi.  Mikrodunyo  va  megadunyoni  nogeotsentrik 

dunyolar  tomon  mavjud  bo‘lgan  «darcha»lar  deb  faraz  qilish  uchun  asoslar 

mavjud.  Ularning  qonuniyatlari  bizga  o‘zaro  ta'sirlarning  o‘zga  turini  uzoq 

darajada  bo‘lsa  ham  tasavvur  qilish  imkonini  beradi.  Ayni  vaqtda,  makrodunyo 

bog‘lanishlari va o‘zaro ta'sirlari borliqning geotsentrik turini aks ettiradi. Shunga 

qaramay,  universal  mazmunning  «geotsentrik  andoza»dan  og‘ish  xususiyati 

to‘g‘risidagi  masalani  faqat  amaliyotda  yechish  mumkin.  Bu  yerda  falsafadan 

ko‘ra aniq fanlarga asoslanish lozim.  

Hozirgi  zamon  metodologlari  pirovard  maqsadga  asoslanadigan  va  azaldan 

maqsadga muvofiq xususiyatga ega bo‘lgan tizimlar bilan stixiyali xususiyatlarni 

namoyish  etuvchi  mutlaqo  ochiq  tizimlarni  farqlashni  taklif  qiladi.  Mazkur  tasnif 

yangi  narsa  paydo  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  maqsadni  belgilash  mexanizmiga 

yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi.  

Noorganik,  organik  va  ijtimoiy  tizimlar  moddiy  tizimlarning  eng  ko‘p 

uchraydigan  turlari  hisoblanadi.  Moddiy  tizimning  noorganik  turini  tasniflashda 

uning  elementar  zarralar  va  maydonlar,  atom  yadrolari,  atomlar,  molekulalar, 

makroskopik  jismlar,  geologik  tuzilmalar  kabi  elementlari  qayd  etiladi.  Moddiy 

tizim  organik  turining  tuzilishi  bir  necha  darajadan  iborat:  hujayrasiz  daraja  - 

DNK,  RNK,  nuklein  kislotalar,  oqsillarni;  hujayrali  daraja  –  mustaqil  mavjud 

bo‘lgan  bir  hujayrali  organizmlarni;  ko‘p  hujayrali  daraja  –  to‘qimalar,  organlar, 

funksional  tizimlar  (asab  tizimsi,  qon  aylanuvchi  tizim),  ya'ni  organizmlar 



(o‘simliklar  va  hayvonlar)ni  o‘z  ichiga  oladi.  Organizmlardan  yuqori  tuzilmalar 

ham  farqlanadi:  bu  umumiy  genofond  bilan  bog‘langan  bir  turga  mansub 

jonzotlarning  populyasiyalari  –  biologik  birliklar  (o‘rmondagi  bo‘rilar  to‘dasi, 

ko‘ldagi  baliqlar  galasi,  chumoli  uyasi  yoki  butazor  va  boshqalar)dir. 

Populyasiyaning yaxlitlik darajasi uning tarkibiga kiruvchi ayrim organizmlarning 

xususiyatlari  va  ko‘payishini  tartibga  soladi.  Masalan,  chigirtkalar  biomassasi 

muayyan  chegaradan  oshib  ketsa,  ularning  ko‘payishini  sekinlashtiruvchi 

mexanizmlar  ishga  tushadi.  Jonli  materiya  tuzilishining  organizmlardan  yuqori 

darajasiga  populyasiyalardan  tashqari  biotsenozlar  kiradi.  Biotsenozlarning  yaxlit 

tizimida  populyasiyalar  shunday  bog‘langanki,  ulardan  birining  hayot  faoliyati 

mahsulotlari  boshqasining  yashash  shart-sharoitlariga  aylanadi.  Masalan,  o‘rmon 

muayyan  biotsenoz  hisoblanadi:  unda  yashovchi  o‘simliklar,  shuningdek 

hayvonlar,  qo‘ziqorinlar,  lishayniklar  va  mikroorganizmlarning  populyasiyalari 

o‘zaro ta'sirga kirishib, yaxlit tizimni vujudga keltiradi.  

Biosfera  doirasida  moddiy  tizimning  alohida  turi  -  kishilik  jamiyati 

rivojlangan.  Bu  ijtimoiy  tizim  ham  alohida  kichik  tizimlar  individ,  oila,  guruh, 

jamoa, davlat, millat va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Materiya tuzilishining alohida 

turi sifatidagi jamiyat odamlar faoliyati tufayligina mavjud bo‘la oladi. Shu sababli 

jamiyatga  o‘z  ehtiyojlarini  qondirish  va  rivojlanish  imkonini  beruvchi  ijtimoiy 

ishlab chiqarish bilan bog‘liq inson faoliyati substansional negiz hisoblanadi.  

Moddiy  tizimlar  turlarining  tasnifini  davom  ettirib,  L.Gumilevning 

«Etnogenez  va  yer  biosferasi»  asaridagi  fikr-mulohazalarini  esga  olish  mumkin. 

Muallif taklif qilgan tasnifning mantiqi quyidagicha: siz yer sayyorasida yashaysiz. 

Bir qobiq ostida harakat qilasiz – bu litosfera. Moddiy tizimlarning boshqa bir turi 

organizmingizning barcha hujayralariga kirib boradi – bu gidrosfera. Uchinchi turi 

bilan siz nafas olasiz  – bu atmosfera. To‘rtinchisi – biosfera. Bu yerda siz barcha 

tirik  o‘simliklar,  mikroorganizmlar  bilan  yashaysiz.

4

  Bu  tasnifda  geo-,  bio-  va 



noosferalarni ajratishni taklif qilgan V.I.Vernadskiy tasnifiga yaqinlashishni sezish 

mumkin.  

Asosiy muammo shundan iboratki, ilgari surilgan nazariyalar va ularni amalda 

sinash,  ya'ni  ularning  ishonchliligini  tasdiqlashi  yoki  pirovard  natijada  ularni  rad 

etishi  mumkin  bo‘lgan  tegishli  eksperimentlar  o‘tkazish  yo‘li  bilan  tekshirish 

imkoniyatlari o‘rtasida ulkan tafovut mavjud.  

 Dunyoning birligi, chekliligi  va cheksizligi.  Falsafada olamning chekliligi 

va cheksizligi bilan bog’liq masalalar muhim ahamiyat kasb  etadi. Bunda har bir 

konkret  narsaning  chekli  ekanligi,  umumiy  olamning  cheksiz  va  chegarasizligi 

e’tirof etiladi. CHeksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) 




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling