Inson borlig’ining. tahlilida insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy
mavjudligini va alohida inson borlig’ini farqlash o’rinli bo’ladi.
Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma’noda uning qonunlariga
bo’ysunadi. Tananing mavjudligi inson o’limga mahkum ekanligini belgilaydi.
Inson borliq va yo’qlik dialektikasi bilan bog’lanadi, barcha tabiat jismlari kabi
vujudga kelish, shakllanish va halok bo’lish holatlaridan o’tadi. Barcha tabiat
jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning saqlanish qonunlari o’z
ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga
o’tadi. Inson tanasi mavjud bo’lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish,
sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi. Fikrlash uchun inson
tanasining tirikligini ta’minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o’z-
o’zini saqlashi va insoniyatning yashovchanligini ta’minlash zaruriyati kelib
chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof atrof muhitga ega
bo’lish ehtiyojida o’z ifodasini to’adi;
Do'stlaringiz bilan baham: |