Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig’i va ma’naviy borliq,
ijtimoiy borliq va inson borlig’i. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan
butunlay farq qilishiga qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib
ketgan. O’z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o’rin egallaydi. U
barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning
ongida, ideal obrazlar bilan ish ko’rish, ya’ni abstrakt fikrlash va o’zini fikrlovchi
jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo’ladi.
SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik
tabiat o’rin oladigan o’ziga xos ‘iramida hosil bo’ladi. ya’ni borliqning shakllari
notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig’i kabilardir. So’nggi
yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda. Borliqning bu umumiy
shakllari o’ziga xos xususiyatga, o’zining betakror mohiyatiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |