4-mavzu: Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi Reja
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu Borliq – falsafaning fundamental kategoriyasi
Tabiat borlig’i. U mufassallashtiriladi va o’z navbatida ,birlamchi tabiat
borlig’i (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo’lgan narsalar va jarayonlar borlig’i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig’i)ga bo’linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig’i – bu butun tabiiy va sun’iy dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, yer, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko’zgudagi aks va sh.k.)dir. Birlamchi tabiat borlig’i ikki darajani o’z ichiga oladi. Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya’ni ko’payish qobiliyatiga ega bo’lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo’lmagan barcha narsalar, ya’ni sayyoramiz hayvonot va o’simliklar dunyosini o’z ichiga olgan butun biosferadan iborat. Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig’i bo’lib, bu: ikkilamchi tabiat inson yaratgan yoki o’zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog’liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda ob’ektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o’z ifodasini to’gan. Ikkilamchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling