Ma’naviy borliq sub’ektiv individuallashgan va ob’ektiv (noindividual)
ma’naviy borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq - bu insonning
ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga ko’ra,
ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma’noda esa u tafakkurdir. Ong –
inson bosh miyasining dunyo borlig’ini izchil aks ettirish, uni obrazlar va
tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar,
shuningdek g’oyalar, e’tiqodlar, qadriyatlar, mo’ljallar, andozalarning ko’rinmas
jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va bir xil bo’lmagan orqaga
qaytmaydigan xususiyatga ega. SHaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir
vaqtda unda muayyan tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va
iroda mavjud.
Inson ongi ayni vaqtda uning o’z-o’zini anglashi, ya’ni o’z tanasi, fikrlari va
tuyg’ularini, o’zining boshqa odamlarga bo’lgan munosabatini va o’zining
jamiyatdagi o’rnini anglab etishi, ya’ni o’zini o’zi bilishdir. O’zlikni anglash – bu
ongimizning o’ziga xos markazidir.
Individual ong o’zining o’limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning
ayrim qismlari noindividual ma’naviy shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek
boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari
moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo’ljallari, maqsadlari,
g’oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual ma’naviy borliqning o’ziga xos
xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy
makon va vaqtda erkin harakatlanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |