Makon va vaqt - borliqning fundamental shakllari. Bizni qurshagan
dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi bo’lgan borliq haqida so’z yuritar
ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o’tishimiz mumkin emas. Zero,
har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari
bilan yonma-yon keladi, ko’lamlilik xususiyatiga ega bo’ladi. SHuningdek ular o’z
ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o’zgartiradi va bu turli hollarda har
xil tezlik, marom, sur’at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim
yagona deb qaraladigan bu ko’rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur
beradi. Makon va vaqt o’z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida
amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |