4-Mavzu: Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi Reja


Download 3.45 Mb.
bet3/7
Sana11.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1767457
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu1

Fenomenal borliq (“fenomen” – so‘zi, “tajriba orqali berilgan hodisa”) – Zohiriy borliq, ya’ni biluvchi sub’ekt qanday ko‘rishiga bog‘liq.

MATERIYA - moddiy obyektlarni birlashtiruvchi borliqning moddiy shakli bo‘lib, u olamdagi barcha moddiy obyektlarni, butun obyektiv reallikni ifoda etuvchi eng umumiy tushunchadir

Materiyaning uch tarkibiy darajasi


«...dan tashkil topadi» tamoyili amal qilmaydigan atomlar va elementar zarralar dunyosi
MIKRODUNYO
A
C
B
koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar)
MEGADUNYO
barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan komplekslari, organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi)
MAKRODUNYO
Notirik tabiat
Ijtimoiy ko‘rinish
Tirik tabiat
ijtimoiy ko‘rinishda (odamlar – jamiyat a’zolari)
03
tirik tabiat ko‘rinishida (tirik organizmlar, jonli xujayralar, viruslar, bakteriyalar, o‘simliklar, qushlar, hayvonlar);
02
notirik tabiat ko‘rinishida (jonsiz jismlar, minerallar, moddalar);
01
Materiya ko‘rinishlari
MAKON, VAQT, HARAKAT
Materiya mavjudligining asosiy shakllari
Dunyo muqarrar tarzda faqat makon va vaqtda mavjud
Materiya kabi, mustaqil holda mavjud bo‘la olmaydi
Materiya mavjudligining atributlari

MAKON

Makon narsalarning ko‘lamini, o‘zaro joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalaydi


Makonning ko‘p o‘lchovliligi
Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi va kuchli, kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion o‘zaro ta’sirlarga nisbatan yaxlit yondashuvchi hozirgi tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch o‘lchovliligi va vaqtning bir o‘lchovliligi (u o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy jismlar borlig‘ining ehtimol tutilgan hollaridan biri sifatida talqin qiladi va bizning Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o‘zga dunyolar ham mavjudligini faraz qilib, makon va vaqtning ko‘p o‘lchovliligi g‘oyasini ilgari suradi. Boshqa olamlarda makon va vaqt butunlay o‘zgacha tuzilish, ko‘lamlilik va shakllarga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Makonning uch o‘lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi, makonning uch o‘lchovliligi, vaqtning bir yo‘nalishliligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi lozim. Biz makroskopik tajribada ko‘radigan ob’ektlar uch o‘lchovli ko‘lamlilikka – uch o‘lchovdagi o‘lchamlilikka ega. Makonning har qanday nuqtasi uch soni yordamida beriladi. Ammo makonning uch o‘lchovliligi faylasuflar uchun amalda jumboq bo‘lib qolamoqda. Ular uchun bu asoslashga urinishlar natija bermayotgan empirik postulat sifatida qabul qilinadi. Makonning uch o‘lchovliligini ta’riflab bergan Aristotel pifagorchilarning g‘oyalari yordamida uni asoslashga harakat qilgan. U uch o‘lchov eng mukammal va tugallangan bo‘lib, aynan 3 soni shunday xususiyatga ega ekanligini qayd etgan.

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling