4-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funksiyalari. Reja: Boshqarishning maqsadi va ularga qo’yiladigan talablar


Dasturiy – maqsadli yondashuvning o’ziga xos jihatlari


Download 67.01 Kb.
bet10/10
Sana06.04.2023
Hajmi67.01 Kb.
#1277577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-MAVZU. BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKSIYALARI.

Dasturiy – maqsadli yondashuvning o’ziga xos jihatlari
Mazkur yondashuv mazmunan maqsadga yo’naltirilganlik, belgilanayotgan tadbirlarning majmuaviyligi, vazifalarning adresliligi, ularning majburiy ravishda ijro etilishi talabining qo’yilishi, ijro muddatlarining aniq belgilanishi, resurslarning aniq manbalari ko’rsatilishi kabi elementlarning uzviy bog’liqligini ifoda etadi.
Alohida xususiyatlari:

  • bu xil yondashuv tizimli-majmuaviy yondashuv bilan uzviy aloqador;

  • faoliyatni dasturlashtirish davomida qo’llaniladi;

  • maqsadga yo’naltirilgan dasturlar majmuasini ishlab chiqish vaqtida qo’llaniladi.

Mazkur yondashuv nuqtai nazaridan menejmentga nisbatan qo’yiladigan talablar:

  • muammoning aniq qo’yilishi;

  • maqsadni aniq va to’g’ri ifodalash;

  • belgilangan maqsadga erishish uchun muhim bo’lgan resurslarni va ijro muddatlarini o’zaro bog’lay bilish.

Dasturiy-maqsadli yondashuvni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar:

  • ilmiy jihatdan asoslangan maqsadlarni belgilash;

  • maqsadga erishishning turli variantlarini ishlab chiqish;

  • qo’yilgan maqsadga erishish uchun zarur resurslarning hajmi va tuzilishini aniqlash;

  • tizimning amal qilish tamoyilini ifodalovchi modelni yaratish. Bu model real mavjud va kelgusida jalb etilishi mumkin bo’lgan resurslardan qay tarzda va qay miqdorda foydalanish imkoniyati borligini hisobga olib tayyorlanadi;

  • taklif etilayotgan muqobil qarorlardan birini tanlab olish prinsipi uchun asos bo’ladigan mezonlarni ishlab chiqish.


1 Sharifxo’jaev M., Abdullaev Yo. Menejment. T., “Mehnat”, 2000.

Download 67.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling