4-mavzu. Boshqaruv maqsadi va funksiyalari. Reja: Boshqarishning maqsadi va ularga qo’yiladigan talablar


Boshqaruv maqsadi turlari, joriy va istiqboldagi maqsadlar, muammoli va innovatsion maqsadlar, maqsadga qo’yiladigan sifatlar, maqsadlar shajarasi, maqsad daraxti


Download 67.01 Kb.
bet3/10
Sana06.04.2023
Hajmi67.01 Kb.
#1277577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-MAVZU. BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKSIYALARI.

2. Boshqaruv maqsadi turlari, joriy va istiqboldagi maqsadlar, muammoli va innovatsion maqsadlar, maqsadga qo’yiladigan sifatlar, maqsadlar shajarasi, maqsad daraxti.
Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda turkumlashni taqozo etadi (4.2-jadval).
4.2-jadval
Maqsad turlari



Maqsadni turkumlash belgilari

Maqsadlar

1

2

3

1.

Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishiga qarab

 siyosiy maqsadlar
 iqtisodiy maqsadlar
 ijtimoiy maqsadlar
 ma’rifiy-ma’naviy maqsadlar
 xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshqalar

2.

Boshqaruv pog’onalari (darajalari)ga qarab

Hududiy boshqarish maqsadlari:
 mamlakat maqsadlari
 viloyat maqsadlari
 tuman maqsadlari
qishloq maqsadlari
 ishlab chiqarish maqsadlari
 xalq xo’jaligi maqsadlari
 tarmoq (sektor) maqsadlari
 korxona (firma) maqsadlari
yakka shaxs maqsadi

3.

Amalga oshirish muddatiga qarab

 joriy maqsadlar
 istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar

4.

Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab

 uzluksiz (kundalik) maqsadlar
fursatli maqsadlar
 bir martalik maqsadlar

5.

Kutiladigan natijalarga qarab

 pirovard maqsadlar
 oraliq maqsadlar

6.

Murakkablilik darajasiga qarab

 oddiy, an’anaviy maqsadlar
 muammoli maqsadlar
 innovatsion maqsadlar

Mazkur turkumlanishdan ko’rinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq bo’lib, muayyan iyerarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga bo’ysunishi mumkin.


Konkret va aniq o’lchamlarga ega bo’lgan maqsadlar. Boshqaruv maqsadlarini bu xilda belgilash, tashkilot rahbariyatiga jarayon davomida navbatdagi tashkiliy qarorlarni qabul qilish va ishning borishini baholashga, tashkilot faoliyatining pirovard natijaga nisbatan nechog’lik samarali hamda to’g’riligini belgilashga imkon yaratadi.
Maqsadlarni vaqt o’lchovini hisobga olib belgilash. Mazkur tamoyilga ko’ra, eng avvalo, uzoq muddatga, so’ngra o’rtacha va qisqa vaqt oralig’iga mo’ljallangan maqsadlar belgilab olinadi. Maqsadlarning real tarzda qo’yilishi, ya’ni mavjud shart-sharoitlarda ularga erishish mumkin bo’lishi lozim. Turli tashkiliy maqsadlarning bir-biriga zid kelmasligiga alohida e’tibor berish shart.
Vazifalar pirovard natijaga erishish uchun avvalroq bajarilishi lozim bo’lgan aniq tadbirlardir.
Alohida xususiyatlari. Tashkiliy vazifalar faoliyatning bevosita maqsadlarini ifodalaydi. Ularni miqdoriy jihatdan o’lchash mumkin. Odatda vazifalar deb, aniq ijrochining zimmasiga yuklangan va bajarilish muddatlari aniq belgilangan ish(lar)ni nazarda tutishadi.
Texnik jihatdan olganda, tashkiliy vazifalar konkret lavozimga nisbatan belgilanadi. Har bir lavozim doirasida bajarilishi shart bo’lgan ishlar majmui pirovard natijaga erishish yo’lidagi muhim bosqich sanaladi.

Download 67.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling