4-mavzu. Diqqat va Xotira – psixik jarayon sifatida Reja
Download 69.71 Kb.
|
matem 4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diqqat turlari.
- Diqqatning aktivligiga qarab
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qo`zg`alishning har doim ustun turadigan hukmron o`chog`i mavjud bo`ladi, bu hukmron qo`zg`alish o`chog`i aynan shu damda miyaga ta`sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg`alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg`alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qo`zg`alishning hukmron bo`lishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.
Bu hol psixologik jihatdan biror qo`zg`atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog`da ta`sir qilib turgan boshqa qo`zg`atuvchilardan diqqatning chalqishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda o`ziga xarakterli bo`lgan tashqi ifodalari bilan bog`liq bo`ladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tikilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni to`xtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bo`lgan yuz harakatlari bilan bog`liq bo`ladi. Diqqat turlari. Odam ayrim narsalarga o`z diqqatini ongli ravishda o`zi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya`ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob`ektga yo`naltirilishi va to`planishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga bo`linadi. Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so`nggi diqqat. Diqqatning ob`ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat. Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb ko`rsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so`nggi diqqat turlaridan iboratdir. Diqqat turlarida insonda yuzaga keladigan holatlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan. Download 69.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling