4-mavzu. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologiyaning ahamiyati Reja
Download 326.04 Kb. Pdf ko'rish
|
4-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hid bilish
Taktil va titrash analizatori – insonning teri yuzasiga turli xil mexanik
ta’sirlarni sezish qobiliyati. Haroratni sezish – inson tanasi doimiy haroratda bo‘lganligi sababli atrof muhitning o‘zgaruvchan haroratini sezadi va unga bog‘liq holda organizmning xavfni sezish imkoniyatlari o‘zgaradi. Hid bilish – turli xil yoqimli yoki yoqimsiz hidlarni ajrata olish imkoniyati. Ta’m bilish – turli xil moddalarni ta’mini (achchiq, chuchuk, sho‘r, nordon, tuzsiz va b.) bilish imkoniyati. 1 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. 2011. Barcha sezgi a’zolari va analizatorlarning asosiy xarakteristikasi sezish darajasi bilan baholanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, ko‘pincha ta’sirni sezish darajasi qarshi reaksiya uyg‘otish (his qilish) kuchiga nisbatan sekin o‘zgaradi. Ushbu bog‘lanish Veber-Fexner psixofizik empirik qonuni orqali quyidagicha ifodalanadi: E= K lg(I)+C, Bu yerda, E - sezish intensivligi; I - his qilish intensivligi; K va C - konstanta (o‘zgarmas birliklar). Inson yashaydigan muhit – insonning hayotiy faoliyati, sog‘ligi va nasliga ta’sir etuvchi fizikaviy, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va turli axborotlar ko‘rinishidagi omillar bilan xarakterlanadi. Ularni “Inson-yashash muhiti”, “Inson- ishlab chiqarish muhiti”, “Inson-shahar muhiti”, “Inson-tabiiy muhit”, “Inson- maishiy muhit” kabi guruhlarga ajratish ham mumkin. Inson u yoki bu muhitda o‘zining moddiy yoki ma’naviy manfaatlarini (birinchi galdagi maqsadi) qondirish maqsadida faoliyat olib boradi va yuqorida ta’kidlangan omillar bilan to‘qnash keladi. Shu sababli, insonda o‘zini ushbu xavfli va zararli omillardan himoyalash maqsadi (ikkinchi galdagi) hosil bo‘ladi. Birinchi maqsad ikkinchi maqsaddan ustun kelgan hollarda tavakkalchilikka yo‘l qo‘yadi, ya’ni xavfga qarshi boradi. Download 326.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling