4-mavzu: Ijtimoiy guruhlar psixologiyasi, ekstremal vaziyatlarda omma bilan
ishlashda tibbiyot xodimlarni o‘rni.
Reja:
1. Katta ijtimoiy guruhlar psixologiyasi.
2. Kichik guruh psixologisi va klassifikatsiyasi.
3. Ektremal vaziyatlarda omma bilan ishlashda tibbiyot xodimlarni o„rni.
4. Lider va superliderlik fenomeni.
GURUHLAR PSIXOLOGIYASI
Tayanch iboralar: jamoa, guruh,
katta guruh, kichik guruh, rasmiy guruh,
norasmiy
guruh, referen guruh, konformizm,
liderlik, superliderlik, fasilitatsiya,
ingibitsiya, negativizm,
uyushqoqlik, etnik guruh, etnopsixologiya...
Mavzuning qisqacha mazmuni va dolzarbligi: Jamoa va guruh tushunchalari. Katta va
kichik guruhlar klassifikatsiyasi. Guruhda o„zaro moslik va psixologik muhit.
Guruhiy qaror
qabul qilish va uning omillari. Guruhda boshqaruv muammosi. Muloqot jarayonidagi nizoli
vaziyatlar. Konformizm va uning oqibatlari. Ijtimoiy ta‟sir (fasilitatsiya va ingibitsiya) hodisasi.
Liderlik. Liderlik usullari va nazariyalari. Superliderlik tushunchasi. Superliderlikni shakllanish
bosqichlari.
Jamoa va guruhlarga xos qonuniyatlar va ulardagi shaxslararo
munosabatlar haqida
bilimga ega bo„lish.
Har bir shaxs o„z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta‟sirida amalga
oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo„shilmaydigan
individning o„zi yo„q, inson jamiyatda yashar ekan, u doimo turli o„ziga o„hshash shaxslar bilan
muloqotda, o„zaro ta‟sirda bo„ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro„y
beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o„rganish va guruhlarning shakllanishiga
oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan
va muammolaridan
biridir.
Psixologik ma‟noda
guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda