4-mavzu: Ijtimoiy guruhlar psixologiyasi, ekstremal vaziyatlarda omma bilan ishlashda tibbiyot xodimlarni o‘rni. Reja


Download 421.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana22.02.2023
Hajmi421.64 Kb.
#1220336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
konformlilik - individ guruh fikriga nomigagina qo„shiladi, aslida ruhan u guruhda qarshi turadi: 
ichki konformlilik – individ guruh fikriga to„lig„icha qo„shiladi va ruhan qabul qiladi. Ana 
shunday hollarda individ bilan boshqalar o„rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo„lmaydi. Bu 
o„rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo„lsa “negativizm”  tushunchasidir, bu individning 
har qanday sharoitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o„zicha mustaqil fikr, mavqeni 
namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqulay, lekin mustaqil fikr, odil harakatlar doimo 
hurmat qilinadigan jamoalarda negativizm hodisasi yomon illat sifatida qabul qilinmaydi. 
Guruhlardagi yana bir jarayon - bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh 
a‟zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashliri, hayotiy prinsiplari
qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi 
asosiy omil - bu o„sha gurhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo„nalishi va 
mazmunini bilishdagi g„oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan 
guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushqoqlikka ijobiy zamin hisoblanadi. 
Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, 
lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi bhlimlarda 
o„rganamiz.
Etnik guruhlar psixologiyasi 


Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya‟ni 
etnopsixologiya bo„yicha ko„proq tadqiqotlar o„tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir 
respublikalar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin boshqa tomondan qaraganda, 
hamdo„stlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o„rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan 
kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida 
qo„yilmoqda. Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko„proq e‟tibor 
berishni lozim topdik, bunday e‟tiborning yana bir boisi – O„zbekistonda bu sohada nisbatan 
tadqiqotlarning ko„proq o„tkazilganligi, lekin ular ko„p hollarda milliy psixologiya darajasiga 
olib chiqilmaganligidandir. 
Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o„rganish mumkin? Bu hozirda, ya‟ni 
mustaqil O„zbekiston sharoitida, ko„pgina tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan masaladir. Chunki 
davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma‟lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga 
taalluqli bo„lgan hozirgi va o„tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi 
qaysi tomonga o„zgarishini, millatlararo sodir bo„ladigan jarayonlarni bashorat qilmog„i lozim. 
Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak. O„zbekiston 
olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e‟tibor bermoqdalar. Chunki 
sobiq Ittifoq sharoitining o„zi ana shunday kuchli nazariyaning bo„lishi uchun anchagina 
to„g„anoq bo„lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta‟kidlaganidek, tor guruhlar doirasidan
avvalo, oilalar doirasidan chiqmagan edi.

Download 421.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling