Rahbar yoki liderning superliderga aylanishini bosqichlari
1. Bosqich. Bu bosqichda lider-raxbar o„zi uchun lider bo„lishi, ya‟ni shaxsiy maqsad va
maslaklar, o„zini o„zi kuzatish, o„zini o„zi rag„batlantirish, hayoliy mashqlar va kognitiv tahlillar
orqali o„zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o„zida boshqalarga o„rnak bo„luvchi sifatlar
borligini anglashi va kamchiliklarni bartaraf etishga qodir bo„la boradi
Bosqich.'>2. Bosqich. Leder yuqorida qayd etilgan o„zidagi fazilatlarning afzalliklarini o„zgalarga
namoyish etib, aynan shunday sifatlar sohibi bo„lishning kuchli tomonlariga xodimlarni, birinchi
navbatda norasmiy liderlarni ishontiradi.
3. Bosqich. Xodimlariga o„zlarida tashabbus va o„ziga ishonchni namoyon etish uchun
sharoit yaratadi, tashabbuslar ko„rsatilishini tinimsiz rag„batlantiradi. Norasmiy liderlar bilan
sog„lom raqobat muhitida konkret amaliy ishlar qilinadi.
4. Bosqich. Mustaqil qobiliyat egasi bo„lgan xodimlarni rag„batlantirish, kerak
bo„lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish yo„liga o„tib oladi. Norasmiy liderlarga mustaqil
faoliyat uchun imkoniyatlar eshigini kattaroq ochadi
5. Bosqich. O„z-o„zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va
ishlarga hadeb aralashaverishdan o„zini tiyish yo„lining afzalliklariga o„zini ishontiradi.
Norasmiy liderlar orqali ularga ihlos qilgan har bir jamoadoshlarni o„zlari uchun liderga
aylantirishning turfa xil yo„llarini qidiradi, topadi va xodimlarni shu sifatlari uchun ma‟naviy,
moddiy jihatdan rag„batlantiradi. Jamoada sog„lom ijtimoiy psixologik muhit yaratilishiga
erishiladi.
Nazorat savollari
1. Guruh tushunchasini ta‟riflang.
2. Kichik guruhlar va ularning klassifikasiyasi.
3. Katta guruhlar va ularning klassifikasiyasi.
4. Konformizm nima ?
5. Referent guruh tashunchasini izohlang.
6. Liderlik va superliderlik fenomenlarini izohlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |