4-Mavzu: Ilmiy nutq teхnikasi va ilmiy uslubga хos lisoniy хususiyatlar. Ilmiy tadqiqot ishlarida termin va atamalar bilan ishlash Reja


Download 0.56 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1576805
Bog'liq
ppt 4


4-Mavzu:Ilmiy nutq teхnikasi va ilmiy uslubga хos lisoniy хususiyatlar. Ilmiy tadqiqot ishlarida termin va atamalar bilan ishlash
Reja:
1.lmiy nutq texnikasi.
  • Ilmiy uslub tili xususiyatlari.
  • Ilmiy uslub standartlari.
  • Ilmiy uslubda foydalaniladigan lisoniy materiallar.e

Ilmiy uslub ilmiy tadqiqot ishining eng zarur va muhim belgilaridan biridir. Mazkur uslub fanning turli sohalariga aloqador so‘z va terminlarni (atamalarni) ko‘proq tasarruf qilish bilan bayonning ko‘proq mantiqiy dalillarga suyanishi bilan boshqa uslublardan ajralib turadi. Ilmiy uslubda tabiat va jamiyat hodisalari aniq, qandaydir qoidalar, formulalar, asosida ifodalanadi. Ilmiy bayonda, fikr mantiqiy va ashyoviy dalillar bilan mustahkamlanib boradi. Ilmiy uslubda to‘liqsiz gaplar, bir tarkibli gaplar, so‘z gaplar deyarli uchramaydi.
Ilmiy uslubning ilmiy va ilmiy-ommabop ko‘rinishlari bor. Ilmiy-ommabop bayoni, o‘zining leksik tartibi va sintaksisi bilan xalq ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi:bunga izohli lug‘atlar, sohalarga oid lug‘atlar kiradi. Ilmiy uslubda esa tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o‘zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub, ilmiy terminologiya bilan bog‘liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil etadi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topmay, unda abstrakt leksika va ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega bo‘lgan umumxalq so‘zlari ham shartli ravishda qo‘llaniladi.
Polyak olimi Leopolg‘d Infelg‘dining butun dunyoga mashhur fizik tadqiqotchi Eynshteyn haqida aytgan quyidagi so‘zlari ham bu fikrimizni tasdiqlaydi. “Eynshteyn ixcham, ajoyib qilib yozardi, uning uslubidan poeziya nafasi sezilib turardi”. Eynshteyn, hayoti va faoliyatigi oid xotiralarida yozilishicha, “olim o‘z suhbatiga bazan jonli, qiziq o‘xshatish qo‘shib yuboradi… hazil, askiya-Eynshteyn uslubida ilmiy tushintirishga xizmat qiladi.”
O‘zbek ilmiy uslubida obrazli nomlarning roli juda kattadir. Masalan: oq tuproq, qora tuproq, qizil tuproq, qo‘ng‘ir tuproq, sho‘rtuproq; vulqon gumbozi, vulqon o‘chog‘i, vulqon bombalari; muzlik kamari, muzlik darvozasi, muz tili, kulcha muz, marjon qirg‘oq; oy o‘tovi kabi terminlar ham aslida obrazli ifodalardan kelib chiqqan. Geografiya va astronomiyada ham shunga o‘xshash atamalarni uchratish mumkin: Qush bozorlari («bazarq ptichg‘i» yozda tundrada qushlarning to‘planadigan joylari), qo‘y peshonalari (barang‘i lbq-qadimgi muzlik silliqlanib ketgan do‘ngliklar), ilon izi (meandr), uchar yulduz (meteor), quyruqli yulduz (kometa), somon yo‘li va boshqalar.
E’tiboringiz uchun rahmat!...
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling